U.M. Mustafoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi etib saylash toʻgʻrisida (KQ-315-V-son)
27.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi 1462-sonli qaroriga asosan Ulugʻbek Mavlonovich Mustafoyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi etib saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 27-fevral,
KQ-315-V-son
