Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3783-son)
28.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3783]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor B. YULDASHEV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-fevral,
8-son
Kelishildi:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2026-yil 17-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2026-yil 6-fevraldagi 8-son buyrugʻiga ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
hisobot yili — oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi natijalarini shakllantirishda inobatga olinadigan kalendar yil;
indikator – oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi obyekti hisoblangan taʼlim tashkiloti faoliyatining muayyan mezon boʻyicha sifat va miqdor koʻrsatkichini ifodalovchi hamda raqamli qiymatga ega boʻlgan oʻlchov birligi;
koʻrsatkichning solishtirma ogʻirlik koeffitsiyenti — muayyan indikator boʻyicha ballni hisoblab chiqarishda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning oʻzaro bir-biriga nisbatan ahamiyatini belgilovchi raqamli koʻrsatkich;
maxsus platforma — oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish uchun moʻljallangan, maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va natijalarni avtomatik hisoblash imkonini beruvchi Agentlikning dasturiy taʼminoti;
milliy reyting obyekti hisoblangan taʼlim tashkiloti (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar tashkil etilganligiga uch yil toʻlgan hamda bitiruvchilarga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari mustasno;
oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi (bundan buyon matnda milliy reyting deb yuritiladi) — taʼlim tashkilotlarining faoliyati samaradorligini mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan indikatorlar asosida baholash natijasida ularning reyting tizimida egallagan oʻrnini aniqlash tizimi;
taʼlim tashkilotining toifasi — taʼlim tashkilotini uning taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) va talabalar kontingenti xususiyatidan kelib chiqib guruhlash;
umummilliy soʻrovnoma — taʼlim sifati va sharoitlarini baholash maqsadida talabalar, professor-oʻqituvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan sotsiologik tadqiqot;
verifikatsiya — maxsus platformada shakllangan maʼlumotlarning asoslanganligi va ishonchliligini turli manbalar hamda hujjatlar yordamida tasdiqlash jarayoni;
xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma — taʼlim tashkilotining xalqaro miqyosdagi nufuzini aniqlash maqsadida xorijiy hamkorlar va ekspertlar tarmogʻi oʻrtasida oʻtkaziladigan sotsiologik tadqiqot.
2. Quyidagilar milliy reytingni yuritishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
taʼlim tashkilotlari oʻrtasida natijaga yoʻnaltirilgan sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish orqali taʼlim va ilmiy faoliyat sifatini uzluksiz oshirish;
taʼlim tashkilotlarining xalqaro darajadagi nufuzini yuksaltirish, xalqaro miqyosdagi reytinglarga kirishini jadallashtirish hamda talaba va professor-oʻqituvchilarning akademik mobilligini ragʻbatlantirish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga ish beruvchilarni faol jalb etish hamda bitiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini real iqtisodiyot ehtiyojlariga muvofiqlashtirish;
taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini xolis va shaffof baholash orqali keng jamoatchilikka ishonchli axborot taqdim etish hamda sohani rivojlantirish boʻyicha strategik qarorlar qabul qilish uchun asos yaratish;
ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va tijoratlashtirish koʻrsatkichlarini tizimli baholash orqali oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish.
3. Xalqaro miqyosda tan olingan THE (The Times Higher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Synonds World University Rankings) va ARWU (Academic Ranking of World Universities) tashkilotlarining xalqaro oliy taʼlim tashkilotlari reytingida (sohalar boʻyicha reytinglar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan oʻrinlarni egallagan taʼlim tashkilotlari boʻyicha milliy reyting alohida yuritilishi mumkin.
Bunda, taʼlim tashkilotiga xalqaro miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatida keltirilgan ketma-ketlik boʻyicha oʻrinlar belgilanadi. Xalqaro miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarida taʼlim tashkilotlarining egallagan oʻrni teng boʻlib qolgan taqdirda ularning xalqaro reytingdagi umumiy baliga asosan oʻrinlar belgilanadi.
Taʼlim tashkiloti xalqaro miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining bir nechta roʻyxatiga kirgan taqdirda eng yuqori oʻrin inobatga olinadi.
4. Milliy reytingni yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Milliy reyting maʼlumotlarini shakllantirish
5. Milliy reyting maʼlumotlari hisobot yilining oxirgi ish kuni holati boʻyicha ushbu yilning yakuniy natijalariga asosan shakllantiriladi.
Bunda hisobot yilidagi “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha koʻrsatkichlarning, istisno tariqasida, oʻquv yili yakunlanganidan keyingi oʻn ikki oy yakuni boʻyicha holati hisobga olinadi.
6. Milliy reyting maʼlumotlari maxsus platformada quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar;
taʼlim tashkilotlari tomonidan maxsus platformaga kiritiladigan maʼlumotlar;
xalqaro maʼlumotlar bazalaridan olinadigan maʼlumotlar;
Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan umummilliy soʻrovnoma hamda xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma natijalari.
Agentlik milliy reytingni shakllantirish davomida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan tijorat siri va boshqa konfidensial maʼlumotlarni oshkor etmasligi shart.
7. Vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar maxsus platformaga ularning tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar olinadi.
Maxsus platformaga axborot tizimlarini integratsiya qilish imkoni boʻlmagan hollarda maʼlumotlar vazirlik va idoralardan soʻrov asosida olinib, Agentlik tomonidan maxsus platformaga kiritiladi.
Maxsus platformada vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar aks ettirilganda ushbu maʼlumotlarning manbasi va ularni taqdim etgan vazirlik yoki idora nomi taʼlim tashkilotiga koʻrsatilishi shart.
8. Taʼlim tashkiloti hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar maxsus platformaga hisobot yili boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda kiritadi:
asosiy shtatda yoki ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning Scopus maʼlumotlar bazasidagi ID raqamlari;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek mahalliy tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan va indikatorlar bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalar hamda ushbu shartnomalar boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarning bank kvitansiyalari (elektron bank koʻchirmalari). Bunda gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan taʼlim tashkilotlari uchun shartnomalar boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarning bank kvitansiyalarini (elektron bank koʻchirmalari) maxsus platformaga kiritish talab etilmaydi;
xorijiy almashinuv dasturlarida ishtirok etgan asosiy shtatda yoki ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar va talabalar boʻyicha transkriptlar, taʼlim tashkilotining buyruqlari va kelishuvlari;
xorijiy hamkor hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlari va ushbu xodimlar bilan bogʻlanish usullari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
9. Taʼlim tashkiloti tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar kiritilmagan maʼlumotlar milliy reytingni shakllantirishda inobatga olinmaydi.
10. Agentlik taʼlim tashkiloti tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tanlov asosida verifikatsiyadan oʻtkazadi, bundan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.
11. Umummilliy soʻrovnoma talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning taʼlim sifatidan qoniqish darajasi, professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ish beruvchilar oʻrtasida bitiruvchilarning nufuzi hamda taʼlim va boshqaruv faoliyatini raqamlashtirish yoʻnalishlarida oʻtkaziladi.
12. Umummilliy soʻrovnoma hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyuniga qadar hisobot yili boʻyicha tashkil etiladi hamda ushbu soʻrovnomada quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
taʼlim shaklidan qatʼiy nazar taʼlim tashkilotining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar;
taʼlim tashkilotida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar;
hisobot yilida oʻqishni yakunlagan taʼlim tashkilotining bitiruvchilarini ishga qabul qilgan ish beruvchilar.
13. Umummilliy soʻrovnoma boʻyicha taʼlim tashkilotining natijalari ushbu tashkilotning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar birgalikdagi jami sonining hamda asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar birgalikdagi jami sonining kamida 20 foizi umummilliy soʻrovnomada ishtirok etgan taqdirda hisobga olinadi.
20 foizdan past ishtirok kuzatilgan taqdirda taʼlim tashkilotiga umummilliy soʻrovnoma asosida aniqlanadigan tegishli indikatorlar boʻyicha ball berilmaydi.
14. Xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma hisobot yilidan keyingi yilning fevral-may oylari oraligʻida quyidagilar oʻrtasida ovoz berish orqali oʻtkaziladi:
Agentlikning ekspertlar tarmogʻiga kiritilgan xorijiy mutaxassislar;
Agentlik tomonidan THE, QS va ARWU tashkilotlari orqali bogʻlanilgan xorijiy mutaxassislar;
taʼlim tashkilotining xorijiy hamkori hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlari.
15. Agentlik taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan xorijiy hamkor hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlari va ushbu xodimlar bilan bogʻlanish usullari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mavjud imkoniyatlar asosida verifikatsiya qilinadi.
Bunda verifikatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan xorijiy hamkor hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlari roʻyxati shakllantiriladi.
16. Agentlik ekspertlar tarmogʻiga kiritilgan xorijiy mutaxassislar va taʼlim tashkilotining xorijiy hamkori hisoblangan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlariga Agentlik tomonidan elektron pochta orqali maxsus platformada ovoz berish imkoniyatini beruvchi havola yuboriladi.
Bunda ovoz berish imkoniyati oʻn ish kuni davomida faol holatda saqlab turiladi. Ushbu muddat yakuniga yetganidan soʻng ovoz berish imkoniyati cheklanadi.
17. THE, QS va ARWU tashkilotlari orqali bogʻlanilgan xorijiy mutaxassislarning ovoz berishi ushbu tashkilotlar va Agentlik oʻrtasida tuzilgan kelishuvlarda koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Milliy reytingni yuritishda taʼlim tashkilotlarini toifalarga ajratish
18. Taʼlim tashkilotlari amaliy fanlar, tibbiyot fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar va ijod (sport) oliy taʼlim tashkilotlari toifalariga ajratiladi.
19. Taʼlim tashkilotlarining toifalari ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha tasniflanadi.
20. Milliy reyting taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari) va talabalar kontingenti boʻyicha ularni toifalarga ajratgan holda yuritiladi.
21. Taʼlim tashkilotining talabalari soni hisobot yilining oxirgi ish kuni holatiga koʻra inobatga olinadi hamda ayni bir toifaga tegishli taʼlim sohalari boʻyicha hisoblanganda eng koʻp talabaga ega boʻlgan toifa taʼlim tashkilotining toifasi deb topiladi.
22. Taʼlim tashkilotida bir nechta toifa boʻyicha talabalar soni teng kelib qolgan taqdirda taʼlim tashkilotiga ushbu toifalardan birini tanlash huquqi beriladi.
23. Taʼlim tashkilotlarining qaysi toifaga mansubligi Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar mazkur Nizomning 21-bandiga asosan aniqlanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
4-bob. Milliy reyting natijalarini shakllantirish
24. Milliy reyting natijalari ushbu Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi indikatorlari hamda ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibiga muvofiq koʻrsatkichning solishtirma ogʻirlik koeffitsiyentini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
25. Milliy reyting indikatorlari boʻyicha ballarni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan koʻrsatkichlarni shakllantirish formulalari asosida barcha indikatorlar kesimida taʼlim tashkilotlarining koʻrsatkichlari shakllantiriladi;
2) boshqa taʼlim tashkilotlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan taʼlim tashkilotiga indikator boʻyicha ushbu Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan eng yuqori ball beriladi (“ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning oʻrtacha yoshi” indikatorida eng kichik koʻrsatkichga eng yuqori ball beriladi);
3) boshqa taʼlim tashkilotlarining ballari ushbu indikator boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichiga nisbatan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bunda
It — indikator boʻyicha baholanayotgan taʼlim tashkilotiga berilgan ball;
Bm — indikator boʻyicha ushbu Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan eng yuqori ball;
Km — indikator boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega taʼlim tashkilotining koʻrsatkichi;
Bt — indikator boʻyicha baholanayotgan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichi;
4) har bir indikator boʻyicha hisoblangan ballarning yigʻindisi asosida taʼlim tashkilotining milliy reytingdagi oʻrni aniqlanadi;
5) indikatorlar boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi teng boʻlgan taʼlim tashkilotlarining milliy reytingdagi oʻrinlari “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha toʻplangan balldan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mazkur indikator boʻyicha ham ballar teng boʻlgan taqdirda ularning har biriga milliy reytingda bir xil oʻrin beriladi.
26. Agentlik tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-sentabriga qadar milliy reyting natijalarini shakllantirish uchun yigʻilgan maʼlumotlar tahlil qilinadi hamda mazkur maʼlumotlarning haqiqiy ekanligiga shubha tugʻilgan hollarda ushbu maʼlumotlar qayta verifikatsiyadan oʻtkaziladi.
27. Agentlik milliy reyting ballarini hisobot yilidan keyingi yilning 1-oktabriga qadar shakllantiradi hamda mazkur Nizomning 5-bobiga muvofiq shikoyatlarni taqdim etish imkoniyatini berish maqsadida taʼlim tashkilotlariga maxsus platforma orqali yuboradi.
28. Milliy reyting natijalari hisobot yilidan keyingi yilning 1-noyabriga qadar Agentlikning rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
29. Milliy reytingni yuritish jarayonida taʼlim tashkiloti yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etgan yoki indikatorlarni sunʼiy ravishda oshirgan taqdirda ushbu taʼlim tashkiloti uchun tegishli hisobot yili boʻyicha shakllantirilgan milliy reyting natijalari bekor qilinadi.
5-bob. Milliy reyting natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
30. Taʼlim tashkiloti milliy reyting natijalari maxsus platforma orqali kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida milliy reyting natijalari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Shikoyat Agentlikka maxsus platforma orqali elektron shaklda beriladi.
31. Shikoyatda aks ettirilgan masalalar bilan bogʻliq boʻlgan indikatorlar taʼlim tashkiloti tomonidan aniq koʻrsatilishi lozim.
32. Taʼlim tashkiloti shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Bunda, Agentlik taʼlim tashkilotini shikoyat koʻrib chiqilishidan uch kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida maxsus platforma orqali ogohlantiradi.
33. Agentlik shikoyatni oʻn besh kun ichida koʻrib chiqadi hamda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
eʼtiroz asossiz deb topilganda milliy reyting natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish
eʼtiroz asosli deb topilganda milliy reyting natijalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.
34. Agentlikning shikoyat koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni maxsus platforma orqali taʼlim tashkilotiga yuboriladi.
6-bob. Yakuniy qoida
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish
SXEMASI
Izoh
Mazkur sxemaning 1 — 3-bosqichlari 2026-yil uchun, istisno tariqasida, 1-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlarini taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha toifalarga ajratish
TASNIFI
T/rTaʼlim tashkilotining toifalariBakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari mansub boʻlgan taʼlim sohalari1.Amaliy fanlar oliy taʼlim tashkiloti1. Biologik va turdosh fanlar2. Atrof-muhit3. Fizika va tabiiy fanlar4. Matematika va statistika5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari6. Muhandislik ishi7. Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari8. Qishloq xoʻjaligi9. Oʻrmon xoʻjaligi10. Baliq xoʻjaligi11. Veterinariya12. Transport xizmatlari13. Arxitektura va qurilish2.Tibbiyot fanlari oliy taʼlim tashkilotiSogʻliqni saqlash3.Ijtimoiy-gumanitar fanlar oliy taʼlim tashkiloti1. Taʼlim2. Gumanitar fanlar (tillardan tashqari)3. Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar4. Jurnalistika va axborot5. Biznes va boshqaruv6. Huquq7. Ijtimoiy taʼminot8. Xizmat koʻrsatish sohasi*9. Gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi10. Tillar4.Ijod (sport) oliy taʼlim tashkiloti1. Sanʼat2. Xizmat koʻrsatish sohasi**
Izoh:
* turizm va mehmondoʻstlik, logistika, kosmetologiya taʼlim yoʻnalishlari hamda turizm va mehmondoʻstlik, logistika, transport logistikasi, kosmetologiya mutaxassisliklari;
** sport faoliyati, adaptiv jismoniy tarbiya va sport taʼlim yoʻnalishlari hamda sport faoliyati, ommaviy sportni rivojlantirish va sportni targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish, adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassisliklari.
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi indikatorlari hamda ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi
Т/rMezonlar va indikatorlarAmaliy fanlarTibbiyot fanlariIjtimoiy-gumanitar fanlarIjod (sport)Koʻrsatkichlarni shakllantirish formulasiI. Akadеmik faoliyat303030301.Ilmiy daraja (unvon)ga ega professor-oʻqituvchilar ulushi9999K1.1 = 2T1+T2+T3TPBunda:K1.1 — baholash oʻtkazilayotgan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichi;T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi akademiklar soni;T2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi DSc (fan doktori) ilmiy darajasi yoki professor unvoniga ega professor-oʻqituvchilar soni;T3 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi PhD (fan nomzodi) ilmiy darajasi yoki dotsent unvoniga ega professor-oʻqituvchilar soni;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.2.Ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning oʻrtacha yoshi2222K1.2 = TYTIBunda:TY — ilmiy darajaga (PhD yoki DSc) ega boʻlgan asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning yoshlari yigʻindisi;TI — ilmiy darajaga (PhD yoki DSc) ega boʻlgan asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning umumiy soni.*3.Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida olingan ilmiy daraja va magistratura diplomiga ega professor-oʻqituvchilar ulushi3333K1.3 = 10T1+6T2+4T3+2T4+T5TPBunda:T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-100” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soni;T2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-300” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soni;T3 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soni;T4 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-1000” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soni;T5 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-300” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan magistratura diplomiga ega professor-oʻqituvchilar soni;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.4.Taʼlim va ilmiy jarayonlarga jalb qilingan xorijiy professor-oʻqituvchilar ulushi1111K1.4 = 3T1+2T2+T3TPBunda:T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda Jahon bankining Yuqori daromadli iqtisodiyotga ega rivojlangan mamlakatlar roʻyxatiga kirgan chet ellik professor-oʻqituvchilar soni;T2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega xorijiy professor-oʻqituvchilar soni;T3 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda boshqa xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega xorijiy professor-oʻqituvchilar soni;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.5.Professor-oʻqituvchilar sonining talabalar soniga nisbati6666K1.5 = TPTTBunda:TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni;TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.6.Talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar3333Mazkur indikatorlar umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida shakllantiriladi.7.Talabalarning taʼlim sifatidan qoniqish darajasi33338.Professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar3333II. Ilmiy faoliyat252520109.Scopus maʼlumotlar bazasining indekslanuvchi jurnallarida nashr etilgan maqolalar5532K2.1 = 12T1+10T2+8T3+6T4+4T5+T6TPBunda:T1 — iqtiboslik soni boʻyicha eng nufuzli (Top 1% most cited papers) jurnallarda qayd etilgan maqolalar soni;T2 — iqtiboslik soni boʻyicha eng nufuzli (Top 10% most cited papers) jurnallarda qayd etilgan maqolalar soni;T3 — Q1 kvartilida qayd etilgan jurnallarda chop etilgan maqolalar soni;T4 — Q2 kvartilida qayd etilgan jurnallarda chop etilgan maqolalar soni;T5 — Q3 kvartilida qayd etilgan jurnallarda chop etilgan maqolalar soni;T6 — Q4 kvartilida qayd etilgan jurnallarda chop etilgan maqolalar soni;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.10.Xalqaro maʼlumotlar bazalarida iqtiboslik koʻrsatkichi4441K2.2 = TSTPBunda:TS — Scopus maʼlumotlar bazasida oliy taʼlim tashkilotining affiliatsiya manzili boʻyicha aniqlangan iqtiboslar soni;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.11.Professor-oʻqituvchilarning “Xirsh” indeksi(h-index)3321K2.3 = TxTPBunda:Tx — Scopus maʼlumotlar bazasida qayd etilgan hamda asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning individual “Xirsh” indekslari (h-index) yigʻindisi;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.12.Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun patentlar ulushi221-K2.4 = 3T1+T2TPBunda:T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar tomonidan ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar soni;T2 — litsenziya shartnomasiga ega intellektual mulk obyektlari soni;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.13.Scopus maʼlumotlar bazasida qayd etilgan patentlar222-K2.5 = TmTPBunda:Tm — Scopus maʼlumotlar bazasida oliy taʼlim tashkilotining affiliatsiyasi manzili boʻyicha koʻrsatilgan patentlar soni;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.14.Jalb etilgan mablagʻlar6654K2.8 = 6T1+3T2+T3TTBunda:T1 — xorijiy va xalqaro tashkilotlardan olingan mablagʻlar;T2 — ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tadqiqotlardan olingan mablagʻlar;T3 — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari asosida olingan mablagʻlar;TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.15.Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha kadrlar tayyorlash samaradorligi3332K2.9 = TITDBunda:TI — falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan izlanuvchilar soni;TD — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda ilmiy darajaga ega boʻlmagan professor-oʻqituvchilar soni.III. Xalqaro faoliyat1515151016.Xalqaro reputatsiya5553K3.1 = 3TXAL+2TTA+TXHBunda:TXAL — xalqaro miqyosda tan olingan reyting (THE, QS va ARWU) tashkiloti orqali bogʻlanilgan xorijiy mutaxassislar (respondent) tomonidan berilgan ovozlar soni;TTA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining ekspertlar tarmogʻiga kiritilgan xorijiy mutaxassislar (respondent) tomonidan berilgan ovozlar soni;TXH — oliy taʼlim tashkilotining xorijiy hamkori hisoblangan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotining xodimlari (respondent) tomonidan berilgan ovozlar soni.17.Xorijiy davlat fuqarosi hisoblangan talabalar ulushi3332K3.2 = 3T1+2T2+T3TTBunda:T1 — Jahon bankining Yuqori daromadli iqtisodiyotga ega rivojlangan mamlakatlar roʻyxatiga kirgan davlatlarning talabalari soni;T2 — Markaziy Osiyo davlatlarining talabalari soni;T3 — boshqa davlatlarning talabalari soni;TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.18.Talabalarning xalqaro akademik mobilligi3332K3.3 = 4T1+3T2+2T3+T4TТBunda:T1 — “TOP-100” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound, inbound) oflayn ishtirok etgan talabalar soni;T2 — “TOP-300” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound, inbound) oflayn ishtirok etgan talabalar soni;T3 — “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound, inbound) oflayn ishtirok etgan talabalar soni;T4 — “TOP-500” roʻyxatga kirmaydigan xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound, inbound) oflayn ishtirok etgan talabalar soni;TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.19.Professor-oʻqituvchilarning xalqaro akademik mobilligi2222K3.4 = 2T1+T2TPBunda:T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound) ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilar soni;T2 — xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (inbound) ishtirok etuvchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotning professor-oʻqituvchilari soni;TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.20.Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari samaradorligi2221K3.5 = 5T1+4T2+3T3+2T4+T5TTBunda:T1 — “TOP-100” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;T2 — “TOP-300” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;T3 — “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;T4 — “TOP-1000” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;T5 — “TOP-1000” roʻyxatga kirmaydigan xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.IV. Bitiruvchilar sifati va raqamlashtirish3030355021.Ish beruvchilar oʻrtasida bitiruvchilarning nufuzi5555Mazkur indikatorlar umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida shakllantiriladi.22.Bitiruvchilarning bandlik holati10101530K4.2 = 2T1+T2TBBunda:T1 — yakka tartibdagi tadbirkor yoki taʼsischi sifatida faoliyat koʻrsatayotgan, davlat organi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektda ishlayotgan bitiruvchilar soni;T2 — taʼlimning keyingi bosqichi bilan qamrab olingan, ikki yoshgacha bola parvarishi bilan band boʻlgan, 1-2 guruh nogironligi boʻlgan, oʻzini oʻzi band qilgan bitiruvchilar soni;ТB — bitiruvchilarning umumiy soni.23.Bitiruvchilarning ishga joylashish muddati5555K4.3 = 3T1+2T2+T3TBBunda:T1 — bitirganidan soʻng 3 oy ichida ishga joylashgan bitiruvchilar soni;T2 — bitirganidan soʻng 6 oy ichida ishga joylashgan bitiruvchilar soni;T3 — bitirganidan soʻng 12 oy ichida ishga joylashgan bitiruvchilar soni;ТB — bitiruvchilarning umumiy soni.24.Bitiruvchilarning oʻrtacha daromadi5555K4.4 = ToʻrtTrefBunda:Toʻrt — ishga joylashgan bitiruvchilarning oʻrtacha oylik daromadi (ish haqi);Tref — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi.25.Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim va boshqaruv faoliyatini raqamlashtirish5555Mazkur indikatorlar umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida shakllantiriladi.
Izoh:
1) Indikatorlar boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblashda xorijiy oliy taʼlim tashkiloti xalqaro miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining (THE, QS va ARWU) bir nechta roʻyxatiga kirgan taqdirda, eng yuqori oʻrin hisobga olinadi;
2) * Formula natijasiga koʻra, eng kichik koʻrsatkichga ega oliy taʼlim tashkilotiga eng yuqori ball beriladi.
