Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish jarayonida aniqlangan dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida (KQ-309-V-son)
16.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament nazorati doirasida hududlarda huquqni qoʻllash amaliyoti, shu jumladan, korrupsiyaviy omillarning vujudga kelishi ehtimoli boʻlgan holatlar yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan muammoli masalalarni bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish jarayonida aniqlangan dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda “Chora-tadbirlar dasturi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Chora-tadbirlar dasturining bajarilishi boʻyicha yil yakuniga qadar har chorak yakuni bilan Oliy Majlis Senatiga axborot taqdim etsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 16-fevral,
KQ-309-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2026-yil 16-fevraldagi KQ-309-V-sonli qaroriga ILOVA
Hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish jarayonida aniqlangan dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar
DASTURI
