Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3558-4-son)
20.02.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3558-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 168-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3558, 2024-yil 7-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 10/24/3558/0803-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-yanvar,
326-son
Kelishildi:
Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
2026-yil 29-yanvar
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari M. ABDULLAYEV
2026-yil 19-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 326-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish kiritilayotgan qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish — ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadini inobatga olgan holda soliq-budjet siyosatini yuritish va davlat budjetini shakllantirish, tasdiqlash, ijrosini taʼminlash va hisobot taqdim etish jarayoni;
“yashil” budjetlashtirish — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini inobatga olgan holda soliq-budjet siyosatini yuritish va davlat budjetini shakllantirish, tasdiqlash, ijrosini taʼminlash va hisobot taqdim etish jarayoni;”;
oʻn beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 15-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yashil” budjetlashtirish va genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish boʻyicha erishilgan natijalar va kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni;”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 42-banddagi “maʼlumotlar” degan soʻz “hamda ularning gender boʻyicha ajratilgan maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 49-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjet mablagʻlarini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari boʻyicha rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari va vazifalarini, shuningdek, sifat va miqdor, shu jumladan, ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini inobatga olgan koʻrsatkichlarini;”.
5. 80-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yashil” budjetlashtirish va genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish boʻyicha erishilgan natijalar va kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni;”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
6. 5 va 13-ilovalar mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga 5-ILOVA
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va budjet tashkilotlarining joriy xarajatlaridagi sifat va miqdor koʻrsatkichlarining oʻzgarishiga doir
MAʼLUMOTLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga 13-ILOVA
Budjet tashkilotining, budjet mablagʻlari oluvchining va budjet mablagʻlarini taqsimlovchining budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oluvchi, oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy
HISOBOT
