«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha Bitimiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-159-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilikning Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha bitimiga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida») (1651-V-son)
19.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 23-dekabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan «Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilikning Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha bitimiga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi QL-159-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha Bitimiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida» degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-yanvar,
1651-V-son
