«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi QL-176-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1649-V-son)
19.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi QL-176-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2026-yil 9-yanvarda kiritilgan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi QL-176-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-yanvar,
1645-V-son
