Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlashni davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish tartibini joriy etish toʻgʻrisida (60-son)
16.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlashni davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmonida shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlashni davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi ikki oy muddatda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalarini tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-fevral,
60-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16 fevraldagi 60-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “13” raqami “14” raqami bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 14-ilova bilan toʻldirilsin:
“Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 14-ILOVA
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish
PASPORTI
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-fevraldagi 60-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarorining 2-bandi va unga ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga ilovaning 50-bandi “b” kichik bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 22-oktabrdagi 666-son qaroriga ilovaning 8-bandi “d” kichik bandi.
