Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 2026-yilda “hukumat soati”ni oʻtkazish jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida (1623-V-son)
07.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 332-moddasiga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 101-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 2026-yilda “hukumat soati”ni oʻtkazish jadvali Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga navbatdagi oyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “hukumat soati”ga taklif etiladigan hukumat aʼzolariga beriladigan savollarni har oyning 20-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimiga umumlashtirish uchun taqdim etish tavsiya qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi (J. Jumayev) siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan taqdim etiladigan savollarni umumlashtirgan holda har oyning 25-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi muhokamasiga kiritib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni (B. Radjabov) 2026-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan har bir “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq zarur choralarni koʻrib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati 2026-yilda oʻtkaziladigan “hukumat soati” tadbirlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-yanvar,
1623-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 7-yanvardagi 1623-V-sonli Qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 2026-yilda “hukumat soati”ni oʻtkazish
JADVALI
