“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QT-6-sonli qonunchilik taklifi toʻgʻrisida (1619-V-son)
06.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2025-yil 19-dekabrda qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QT-6-sonli qonunchilik taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi mazkur qonunchilik taklifidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash hamda deputatlarning qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish masalasini koʻrib chiqsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-yanvar,
1619-V-son
