QL-159 va QL-175-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida (1666-V-son)
20.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha Bitimiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-159-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Fitosanitar zararsizlantirish boʻyicha faoliyat litsenziyalanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-175-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha Bitimiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-yanvar,
1666-V-son
