“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlament nazorati faoliyati asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QT-7-sonli qonunchilik taklifi haqida (1611-V-son)
05.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlament nazorati faoliyati asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QT-7-sonli qonunchilik taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2025-yil 19-dekabrda qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlament nazorati faoliyati asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QT-7-sonli qonunchilik taklifiOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-yanvar,
1611-V-son
