“Raqamli markirovkalash tizimining samaradorligi oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-169-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1607-V-son)
05.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Raqamli markirovkalash tizimining samaradorligi oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-169-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 22-dekabrda kiritilgan “Raqamli markirovkalash tizimining samaradorligi oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-169-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-yanvar,
1607-V-son
