Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (51-son)
11.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda mehnatga haq toʻlashning alohida tartibi joriy etilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda:
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻining bazaviy tarif stavkasi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosarining bazaviy tarif stavkasiga;
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi oʻquv-uslubiy va metodik taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassisining bazaviy tarif stavkasi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasiga;
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi sifat va nazorat boʻyicha bosh mutaxassisi, registrator ofisi mutaxassisi va marketing boʻyicha menejerining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining oliy maʼlumotli oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari, texnikum direktori va bosh buxgalteri mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, ustama belgilash va ularni ragʻbatlantirish tartibi;
mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish tartibi;
xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarning direktori va Xalqaro taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari faoliyatini baholash mezonlari;
faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini ragʻbatlantirish.
4. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qaror ijrosi boʻyicha talab etiladigan xarajatlar 2026-yilda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchisi sifatida ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-fevral,
51-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-fevraldagi 51-son qaroriga ILOVA
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda (keyingi oʻrinlarda — texnikum) xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, ustama belgilash va ularni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga toʻlanadigan har oylik ustama toʻlovlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
2-bob. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ustama belgilash va ragʻbatlantirish
3. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga texnikumlar uchun belgilangan ish haqi va boshqa toʻlovlar hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va ragʻbatlantirish toʻlovlari qoʻshimcha tarzda toʻlanadi.
4. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlarining ish haqi miqdorlariga har oylik 100 foizlik ustama Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi hamda yillik xarajatlar smetalarini tuzishda shtatlar jadvali va tarifikatsiyalarni shakllantirish jarayonida ularning tarif stavkasiga qoʻshimcha tarzda belgilanadi.
5. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarning yillik xarajatlar smetasining 41 11 230-moddasida rejalashtiriladi.
6. Moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari ularning tarif stavkasiga nisbatan ushbu jamgʻarma mablagʻlari doirasida 200 foizgacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.
Bunda tarif stavkasiga har oylik ragʻbatlantirish miqdori texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida belgilanadi.
3-bob. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari faoliyatini baholash
7. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ragʻbatlantirish miqdorini belgilash boʻyicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Texnikum ishchi guruhi) tuziladi.
Texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ragʻbatlantirish miqdorini belgilash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda — Hududiy boshqarma) doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Hududiy ishchi guruhi) tuziladi.
8. Texnikum ishchi guruhi texnikum direktori tomonidan kamida besh kishidan iborat quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:
texnikum direktori — ishchi guruh rahbari;
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi — ishchi guruhning masʼul kotibi;
direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimi (tanlov asosida);
kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi.
Hududiy ishchi guruhi Hududiy boshqarma xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat tarkibda boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va ushbu ishchi guruh rahbari Hududiy boshqarma boshligʻi hisoblanadi.
9. Texnikum ishchi guruhi va Hududiy ishchi guruh yigʻilishlarini tashkil etish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uning masʼul kotiblari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ragʻbatlantirish miqdorini belgilash boʻyicha xodimlarning faoliyati natijalariga oid taqdim etilgan hujjatlar belgilangan mezonlarga muvofiq uch ish kuni ichida ishchi guruhlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ishchi guruhlar yigʻilishi, qoida tariqasida, har oʻquv semestri yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.
Ishchi guruhlar tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq barcha hujjatlar toʻliq, asoslangan holda taqdim etilgani aniqlanganda, xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ragʻbatlantirish miqdorini belgilash toʻgʻrisida, taqdim etilgan hujjatlarda kamchilik mavjudligi, hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda esa, ragʻbatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ishchi guruhlarning qarori ochiq ovoz berish orqali ishchi guruhlar yigʻilishlarida ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ishchi guruhlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
11. Bayonnomalarga asosan, uch ish kunidan kechiktirmagan holda, ragʻbatlantirish boʻyicha:
xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari boʻyicha texnikum direktorining buyrugʻi;
texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari boʻyicha Hududiy boshqarma boshligʻining buyrugʻi qabul qilinadi.
12. Xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga belgilangan ragʻbatlantirish miqdori yangi oʻquv semestri boshlangan kundan hisoblanadi.
13. Xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari ushbu texnikumda xalqaro taʼlim dasturi doirasida boshqa lavozimga oʻtkazilganda, ularga belgilangan ragʻbatlantirish miqdori saqlanib qolinadi.
14. Ragʻbatlantirish belgilangan xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari mehnat shartnomasi va ijro intizomi shartlariga hamda texnikumning ichki tartib-qoidalariga amal qilishlari shart.
Ushbu shartlarga amal qilmagan xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga belgilangan ragʻbatlantirish ishchi guruhlar qarori bilan bekor qilinadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, hisob va hisobot, ish haqi boʻyicha hisob-kitoblarning toʻgʻriligi va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishiga texnikum direktori va bosh buxgalter javobgar boʻladi.
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyatini baholash
MEZONLARI
T/rBaholash mezoniKoʻrsatkichlarBall1.Xalqaro taʼlim dasturlarida oʻqiyotgan oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichiOʻzlashtirish koʻrsatkichi — 86 — 100 foiz 30Oʻzlashtirish koʻrsatkichi — 71 — 85 foiz 20Oʻzlashtirish koʻrsatkichi — 56 — 70 foiz 102.Oʻquv jarayonini rejalashtirish va metodik taʼminotning mavjudligi“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 80 ballni tashkil etadi.Oʻquv va baholash materiallarining xalqaro taʼlim dasturlariga mosligi40Zamonaviy taʼlim texnologiyalari va elektron resurslardan foydalanishi 30Taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangani103.Oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining darslarni sifatli oʻtgani (semestr davomida xalqaro taʼlim dasturlarida oʻqiyotgan oʻquvchilar orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari asosida)Ijobiy — 80 — 100 foiz15Yaxshi — 59 — 79 foiz10Qoniqarli — 1 — 58 foiz 54.Oʻqituvchi (xorijiy til fani oʻqituvchilari bundan mustasno) yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatlari mavjudligiKamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlsa155.Yaratgan taʼlim kontentlari mavjudligi“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 40 ballni tashkil etadi.Darslik yoki oʻquv qoʻllanmalar yaratgani uchun 15Raqamli taʼlim resursini ishlab chiqqani uchun15Fanlarni (modul) oʻqitish materiallari toʻplamlarini ishlab chiqqani uchun 106.Oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining ilmiy maqolalar chop etgani “Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 ballni tashkil etadi.Semestr davomida Scopus va Web of Science maʼlumotlar bazalarida indeksatsiya qilingan jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa15Semestr davomida mahalliy va xalqaro jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa57.Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgani“Koʻrsatkichlar”ning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi. Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida PhD yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajasiga ega boʻlsa50Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida magistratura yoki unga tenglashtirilgan diplomiga ega boʻlsa30Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida bakalavr yoki unga tenglashtirilgan diplomiga ega boʻlsa 108.Oʻz fani boʻyicha oʻquvchilarni sportning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan hamda texnik va amaliy turlari boʻyicha, fan olimpiadalari, kasbiy taʼlim sohasidagi tanlovlarga tayyorlagani“Koʻrsatkichlar”ning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.Oʻquvchilarning xalqaro bosqichidagi sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrini uchun100Oʻquvchilarning respublika bosqichidagi sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrini uchun60Oʻquvchilarning viloyat bosqichidagi sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrini uchun 309.Oʻz fani boʻyicha sportning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan hamda texnik va amaliy turlari boʻyicha, fan olimpiadalari, kasbiy taʼlim sohasidagi tanlovlarda gʻolib boʻlgani “Koʻrsatkichlar”ning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.Xalqaro bosqichda sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrin uchun100Respublika bosqichida sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrin uchun60Viloyat bosqichida sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrin uchun 30
Ragʻbatlantirish miqdorini belgilash jadvaliToʻplangan ballarRagʻbatlantirish miqdori160200 foiz130 — 159150 foiz100 — 129100 foizRagʻbatlantirish berilmaydi
Izoh.
1. Ushbu baholash mezonlarining 5, 8 va 9-bandlari boʻyicha oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining toʻplagan bali keyingi 2 semestr davomida ularga ragʻbatlantirish miqdorini belgilashda inobatga olinadi.
2. Ushbu baholash mezonlariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari faoliyatini baholash
MEZONLARI
T/rBaholash mezoniKoʻrsatkichlarBall1.Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi hujjatlar mavjudligi “Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 40 ballni tashkil etadiXalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirgani uchun 10Pedagog va xodimlar malakasini oshirish dasturlarini joriy etgani uchun 10Oʻqituvchilar va oʻquvchilarni taʼlim kontentlari bilan taʼminlagani uchun 10Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etishni rivojlantirish boʻyicha ish rejasi mavjudligi hamda rejaga muvofiq amaliy ishlarni bajargani uchun102.Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingani“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 ballni tashkil etadiXalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha kvalifikatsiyalarni oʻqitishni yoʻlga qoʻygani uchun (kamida 2 ta)10Xalqaro taʼlim dasturlariga qamrab olingan oʻquvchilar ulushi uchun (kamida 2 ta guruh)103.Kasbga yoʻnaltirish ishlari tashkil etilgani “Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 30 ballni tashkil etadiKasbga yoʻnaltirish tadbirlarini tashkil etish boʻyicha zamonaviy kontentlar ishlab chiqqani uchun 10Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha treninglar va koʻrgazmalar tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 2-marta turli maktablarda)10Texnikumda maktab oʻquvchilari, yoshlar va band boʻlmagan aholi uchun “Kasb va karyera kuni” tadbirini tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)104.Bitiruvchilar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha amaliy ishlar mavjudligi “Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 25 ballni tashkil etadiIsh beruvchilar ishtirokida “Karyera kuni” tadbirlarini oʻtkazgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)10Sohasida yuqori natijalarga erishgan mutaxassislar, biznes vakillari bilan motivatsion master-klasslar tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta) 5Ish beruvchilar, xususiy bandlik agentliklari va rekruting kompaniyalari bilan bitiruvchilar oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)105.Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xalqaro va mahalliy grant loyihalari jalb etilganiXalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xalqaro va mahalliy grant loyihalarini jalb etgani uchun206.Bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishi boʻyicha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygani“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 50 ballni tashkil etadiBitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishi boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlari bilan “1+2”, “1+3” va “2+2” kabi taʼlim dasturlarini joriy etgani uchun25Bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishi boʻyicha Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari bilan “1+2”, “1+3” va “2+2” kabi taʼlim dasturlarini joriy etgani uchun15Bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishi boʻyicha xorijiy kasbiy taʼlim tashkilotlari bilan “1+2” va “2+1” kabi taʼlim dasturlarini joriy etgani uchun107.Pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi boʻyicha amaliy ishlar mavjudligi“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 ballni tashkil etadiHamkorlik shartnomalariga muvofiq pedagog kadrlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)10Pedagog kadrlarga ixtisosligi boʻyicha korxona va tashkilotlarda stajirovkalar tashkil etgani uchun 108.Xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha pedagog kadrlar dars jarayonining nazorat qilingani “Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 15 ballni tashkil etadiPedagog kadrlar dars jarayonining sifatini oʻrgangani uchun (semestr davomida har bir pedagogning dars jarayoni kamida 4-marta oʻrganiladi) 10Pedagog kadrlarning darslarni oʻtish sifati yuzasidan oʻquvchilarning fikr-mulohazalarini oʻrgangani uchun (semestr davomida kamida 2-marta)59.Oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamli platformalarga kiritilgani “Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 ballni tashkil etadiXalqaro taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli axborot tizimlariga toʻgʻri kiritgani uchun10Oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini muntazam yangilanib borgani uchun 5Oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlari boʻyicha shartnomalarni maxsus platformalar orqali oʻz mutaxassisligi boʻyicha toʻgʻri rasmiylashtirilgani monitoringi uchun 510.Taʼlim jarayoni sifati nazorat qilingani “Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 35 ballni tashkil etadiXalqaro taʼlim dasturlarida oʻqiyotgan oʻquvchilarning fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini monitoring qilib borgani uchun10Oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar va ularni amalga oshirgani uchun5Oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlarini kasb va mutaxassislik ixtisosligiga mos korxonalarda tashkil etilganini oʻrgangani uchun 10Imtihon jarayonlarining shaffof oʻtkazilishini taʼminlagani uchun (onlayn kuzatuv imkoniyati yaratilgani va nazorati) 1011.Ilmiy maqolalar chop etgani“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida “Ball” hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 balni tashkil etadi.Semestr davomida “Scopus” va “Web of Science” maʼlumotlar bazalarida indeksatsiya qilingan jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa15Semestr davomida mahalliy va xalqaro jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa512.Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olganligi“Koʻrsatkichlar”ning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi. Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida PhD yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajasiga ega boʻlsa50Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida magistratura yoki unga tenglashtirilgan diplomiga ega boʻlsa30Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida bakalavr yoki unga tenglashtirilgan diplomiga ega boʻlsa 1013.Xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatlari mavjudligiKamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlsa 15
Ragʻbatlantirish miqdorini belgilash jadvaliToʻplangan ballarRagʻbatlantirish miqdori160200 foiz130 — 159150 foiz100 — 129100 foizRagʻbatlantirish berilmaydi
Izoh.
1. Ushbu baholash mezonlari (11, 12 va 13-bandlar bundan mustasno) asosida texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi faoliyati baholanadi hamda umumiy toʻplangan ball boʻlimning barcha xodimlari va texnikum direktori uchun amal qiladi.
2. Texnikum direktori va xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari ushbu baholash mezonlarining 11, 12 va 13-bandlari boʻyicha individual tartibda baholanadi. Individual tartibda toʻplangan va umumiy faoliyatni baholash natijasida toʻplangan umumiy ballar yigʻindisi asosida texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimning har bir xodimining ragʻbatlantirish miqdori aniqlanadi.
3. Ushbu baholash mezonlariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
