Alohida militsiya batalonini chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirish toʻgʻrisida (155-son)
13.04.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chet el davlatlarining yangi diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar ochilishi munosabati bilan, ular joylashgan mamlakatning xalqaro majburiyatlariga muvofiq ularni zarur darajada himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 171-son qarori bilan tashkil etilgan alohida militsiya bataloni chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun qoʻshimcha ravishda xarajatlari respublika budjeti hisobiga qoplanadigan ilovaga muvofiq — 178 shtat ajratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shtatdagi xodimlari soni oʻzgarishi munosabati bilan uni mablagʻ bilan taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 13-aprel,
155-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-apreldagi 155-son qaroriga ILOVA
Alohida militsiya batalonini chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qoʻshimcha ravishda ajratilgan
shtatlar soni
