Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqish va toʻlash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1501-son)
02.08.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-avgustda 1501-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3620-son Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 177-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqish va toʻlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-avgust,
69-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-avgust,
45-son
