Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (47-son)
09.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada radioaktiv chiqindilarni koʻmishni xalqaro standartlar asosida muvofiqlashtirish, atrof-muhitni radioaktiv ifloslanishdan muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmish punkti negizida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Markaz respublikadagi radioaktiv chiqindilarni maxsus avtotransportda tashish, qabul qilish, saralash va uzoq muddatli xavfsiz saqlash boʻyicha yagona xizmat koʻrsatuvchi davlat muassasasi sifatida faoliyat yuritadi;
Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni 34 nafar etib belgilanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Markaz tuzilmasi va ustavi tasdiqlanadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari xodimlariga tenglashtiriladi;
Markazning shartnoma asosida bajarilgan ishlari va xizmatlaridan tushadigan mablagʻlarning kamida 50 foizi moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, koʻpi bilan 50 foizgacha boʻlgan qismi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tadbirlariga yoʻnaltirilishiga ruxsat beriladi.
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublikada ishlab chiqarilgan va unga olib kirilgan, ishlash muddati tugagan yoki ishdan chiqqan radioaktiv manbalar, radioaktiv moddalar bilan ishlash jarayonida hosil boʻlgan radioaktiv chiqindilarni saralash, qayta ishlash, uzoq muddatli saqlash;
radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va bu sohada ilmiy tadqiqot oʻtkazish;
sohada raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini qoʻllash hamda tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini taʼminlash;
xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va sohaga ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish.
4. Quyidagilar:
Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
shartnoma asosida bajariladigan ishlar va xizmatlardan tushadigan tushumlar;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant va maqsadli mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda:
2026-yilda Markazni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Markaz tomonidan budjet tashkilotlariga ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga esa xoʻjalik shartnomasi asosida xizmat koʻrsatiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Markaz hududidagi bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash, yangi maʼmuriy bino qurish, Radioaktiv chiqindilarni saralash laboratoriyasini tashkil qilish, shuningdek, Markaz hududini obodonlashtirish ishlarini 2026-2027-yillarda amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Bunda Markaz hududida rejalashtirilgan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boʻyicha:
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablagʻlar 2026-yilgi;
qurilish-taʼmirlash ishlari uchun mablagʻlar 2027-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida inobatga olinadi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv chiqindilarni koʻmish respublika punktining idoraviy mansubligi va maqomi toʻgʻrisida” 1992-yil 7-fevraldagi 52-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.A. Ayupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-fevral,
47-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 47-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazini yanada takomillashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbaiMuddatlarMasʼul ijrochilar1.Radioaktiv chiqindilarni saralash laboratoriyasini tashkil qilish.1. Laboratoriya binosi uchun joy tanlash va loyihani ishlab chiqish.Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida2026-yilFanlar akademiyasi2. Laboratoriya bino va inshootlarini qurib ishga tushirish.3. Radioaktiv chiqindilarni saralash texnologiyasini ishlab chiqish.4. Zarur uskunalarni xarid qilish, oʻrnatib ishga tushirish.5. Zarur kadrlar bilan taʼminlash.2027-yil2.Radioaktiv chiqindilar bilan ishlash boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ijtimoiy himoyasi va moddiy taʼminotini oshirish.1. Oʻquv kurslari va seminarlar oʻtkazish orqali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.2. Radioaktiv chiqindilarni saralash amaliyotlarini tashkil etish.3. Xodimlar bilimini davriy tekshirish.4. Xodimlarni sogʻlomlashtirish, ularning dam olishi, moddiy taʼminoti va ijtimoiy himoyasini yaxshilash.Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida2026-yildan boshlab — doimiyFanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi3.Markazga tegishli barcha avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash va yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish.1. Asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash boʻyicha reja-jadval tuzish.2. Reja-jadval asosida asbob-uskuna va transport vositalarini xarid qilish.3. Qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish.Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida2026-2027-yillarFanlar akademiyasi4.Markaz hududida “toza” va “zararlangan” zonalar orasidagi sanitariya nazorat punktini takomillashtirish.1. Sanitariya-nazorat punktini dush va dozimetrik jihozlar bilan jihozlash.2. Maxsus avtotransport vositalarini dezaktivatsiya qilish binosini kapital taʼmirlash.Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida2027-yilFanlar akademiyasi5.Aydarali qishlogʻidan Markazgacha boʻlgan 5 km uzunlikdagi yoʻlni mukammal taʼmirlash.1. Tender oʻtkazish orqali yoʻlni mukammal taʼmirlash uchun pudrat tashkilotini tanlash.2. Aydarali qishlogʻidan Markazgacha boʻlgan yoʻlni mukammal taʼmirlash.Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi2027-yilToshkent viloyati hokimligi6.Radioaktiv materiallarni ruxsatsiz olib kirish va olib chiqib ketishning oldini olish va uzluksiz monitoringini amalga oshirish uchun nazorat-kuzatuv postini oʻrnatish.1. Radiatsiya nazorat-kuzatuv posti uchun joy tanlash.2. Radiatsion portal monitorini oʻrnatish va ishga tushirish.3. Doimiy texnik xizmat koʻrsatish.Yadro fizikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari2026-yilFanlar akademiyasi7.Markaz hududini tabiiy gaz bilan taʼminlash.1. Eng yaqin gaz taqsimlash punktidan Markaz hududigacha gaz quvurini tortish va yillik gaz hajmini ajratish.2. Markazni isitish va issiq suv bilan taʼminlash uchun qozonxona qurish.Ijrochilarning mablagʻlari hisobidan2026-yilEnergetika vazirligi,Fanlar akademiyasi8.Binolarni rekonstruksiya qilish, Markaz hududini obodonlashtirish, ichimlik va sugʻorish suvi bilan taʼminlash.1. Umumiy maydoni 400 kv metr boʻlgan 2 qavatli maʼmuriy bino qurish.2. Garaj, omborxonalar, yoqilgʻi quyish shoxobchalari, yonginga qarshi suv hovuzlari va yordamchi binolarni kapital taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish.3. Suv drenaj tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash.4. Markaz hududini obodonlashtirish.5. Artezian quduq qazish.6. Suv minorasini qurish.Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida2027-yilFanlar akademiyasi9.Markaz hududini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish.1. Markaz hududini “toza” va “zararlangan” zonalarga ajratish hamda oʻta muhim obyekt hududini belgilab olish.2. Toifalangan obyektlar boʻyicha amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan yoʻriqnoma talablariga muvofiq obyekt perimetri boʻylab zamonaviy videokuzatuv kameralari, muhandislik yoʻlaklari, post soyabonlari, aloqa va himoya texnik vositalari, tungi yoritish moslamalari bilan jihozlash.3. Radioaktiv chiqindilarni saqlash hududida nazorat oʻtish joyi (NOʻJ)ni qurish.4. NOʻJda zamonaviy turniket hamda yuzdan tanib oluvchi vosita (Fase ID) oʻrnatish.5. NOʻJ yoniga mudofaa istehkomini (DZOT) qurish. Mudofaa istehkomida tashvish tugmasi va ichki aloqa vositasini oʻrnatish.Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida2026-yilFanlar akademiyasi,Ichki ishlar vazirligi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 47-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi xodimlari mehnatiga haq toʻlash
razryadlari va tarif koeffitsiyentlari
Lavozimlar nomiMehnatga haq toʻlash razryadlariTarif koeffitsiyentiDirektor8,748Bosh muhandis6,350Bosh buxgalter*5,545Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis*2,994Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis*4,436Yetakchi muhandis4,800Muhandislar3,290Texnologlar2,770Avtokran mashinisti51,269Elektrik61,384Haydovchilar (maxsus avtotransport)3 — 61,106 — 1,384Haydovchilar (yengil avtomobillar)*1 — 31,000 — 1,106
* Alohida mehnat sharoitlari uchun qoʻshimcha toʻlovlar tatbiq etilmaydi.
