4-modda
Ilm-fan, kasbiy va oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 02.07.2025 · Amalda
Mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishni Tomonlarning quyidagi vakolatli idoralari amalga oshiradi:
Ozarbayjon tomoni tarafidan — Ozarbayjon Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi;
Oʻzbek tomoni tarafidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Tomonlar oʻz vakolatli idoralari oʻzgargan taqdirda, bir-birlarini diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qiladilar.
Mazkur Bitim doirasidagi faoliyatlarni moliyalashtirish Tomonlarning mavjud budjeti imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
