“1331-modda. Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1118-son) · Sana: 05.02.2026 · Amalda
Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
9) 145-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
10) 1461-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
11) 1763-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
12) 1764-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
13) quyidagi mazmundagi 1989-modda bilan toʻldirilsin:
