“241-modda. Maʼmuriy ogohlantirish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida (O‘RQ-1116-son) · Sana: 04.02.2026 · Amalda
Maʼmuriy ogohlantirish maʼmuriy jazo chorasini koʻllashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdan iboratdir.
Maʼmuriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qoʻllaniladi.
Maʼmuriy ogohlantirish ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1281, 1282, 1286, 1351-moddalarida xamda 138-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, maʼmuriy jazo chorasini koʻllashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qoʻllaniladi.
Maʼmuriy ogohlantirish jazo chorasi ayni bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qoʻllanilishi mumkin emas”;
4) 36-modda:
kuyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
5) 125-modda:
birinchi qismining sanksiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 1281-moddaning sanksiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 1282-moddaning sanksiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
