2026-2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-35-son)
30.01.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Jizzax viloyati iqtisodiyotining yuqori surʼatlarda va barqaror oʻsishini taʼminlash, hududda infratuzilma va biznes muhitini yanada yaxshilash, turizm salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, “yashil” tamoyil va yondashuvlarni keng joriy qilish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar Jizzax viloyatini 2026-2027-yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik oʻrtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 4,6 foizga oʻsishini taʼminlash;
(b) 2026-yilda ishsizlik darajasini 3 foizga va kambagʻallik darajasini 2,8 foizga tushirish, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, Gʻallaorol, Doʻstlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;
(v) xorijiy investitsiyalar umumiy miqdorini 5 milliard AQSH dollari va hududiy eksport hajmini 2026-yilda 500 million AQSH dollariga yetkazish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini 30 foizga qisqartirish;
(g) 2026-yilda 182 ta mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish.
II. Viloyatda mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish
2. Quyidagilar:
(a) Jizzax viloyatida 2026-2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(b) Jizzax viloyati hokimining togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya, va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari 2026-yil yakuniga qadar:
(i) jami qiymati 1,5 milliard AQSH dollari boʻlgan 39 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishini;
(ii) togʻli hududlarda mavjud imkoniyatlarni toʻliq roʻyobga chiqarish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda zarur infratuzilmani yaratish orqali investitsiyalar keng jalb qilinishini taʼminlasin;
(v) Jizzax viloyati hokimining dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya, va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari 2026-yil yakuniga qadar:
(i) jami qiymati 1 milliard AQSH dollari boʻlgan 60 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishini;
(ii) yangi sanoat korxonalari sonini oshirish orqali yuqori qoʻshilgan qiymatga ega raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini hamda aholi daromadlari oʻsishini taʼminlasin.
3. Jizzax viloyatida mahallalar ixtisoslashuvini ularning geografik joylashuvi, mavjud xomashyo va yer resurslaridan kelib chiqib, aniqlangan qiyosiy ustunliklari asosida chuqurlashtirish maqsadida 2026-2027-yillarda quyidagilar amalga oshirilsin:
(a) Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi va Jizzax viloyati hokimligi:
(i) Baxmal, Gʻallaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta bogʻdorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bogʻ va tokzorlarni yangilasin hamda 4,6 ming gektar yer maydonida yangi intensiv sanoatlashgan plantatsiyalarni tashkil etsin;
(ii) Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Yangiobod, Zomin, Mirzachoʻl, Baxmal va boshqa tumanlarning 126 ta sabzavot va polizchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 10 ming gektar aholi tomorqasi va ijara yer maydonlarida hosildorligi yuqori va eksportbop mahsulotlar yetishtirilishini taʼminlasin;
(b) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Jizzax viloyati hokimligi Forish, Gʻallaorol, Doʻstlik, Zafarobod, Mirzachoʻl va boshqa tumanlarda chorvachilikka ixtisoslashgan 140 ta mahallada 101 ming bosh chorva mollarining naslini yaxshilash choralarini koʻrsin;
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi sanoat yoʻnalishida:
(i) 50 ta mahallani sanoatga ixtisoslashtirsin, Sharof Rashidov, Doʻstlik, Gʻallaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani oʻz faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlarini tashkil etsin;
(ii) Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tajriba-sinov tariqasida viloyatdagi erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, shu jumladan, avtomobilsozlik korxonalari atrofidagi 15 ta mahallada kooperatsiya orqali kichik ishlab chiqarishlarni kengaytirsin;
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi xizmatlar va turizm yoʻnalishida:
(i) Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda Arnasoy, Baxmal, Zafarobod, Forish va Sharof Rashidov tumanlarida 5 ta yirik turizm komplekslari hamda turizmga ixtisoslashgan 25 ta mahallada turizm xizmatlari va obyektlarini;
(ii) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda viloyat hududidan oʻtgan 158 km uzunlikdagi xalqaro hamda 1,4 ming km uzunlikdagi davlat ahamiyatidagi yoʻllar boʻyida 1 000 ta savdo, logistika va boshqa kichik xizmat koʻrsatish obyektlarini;
(iii) shahar va tuman markazlarida bittadan istirohat bogʻlari hamda 100 ta mahallaga xizmat koʻrsatuvchi gavjum koʻchalarni tashkil etsin.
4. Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jizzax viloyatida mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. Bunda qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan mahallalarda “Uzagrostar xolding” kompaniyasini jalb qilgan holda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutsin.
5. Quyidagilar:
(a) 2026-2027-yillarda Jizzax viloyatidagi mahallalarda bogʻdorchilik, sabzavotchilik va polizchilik plantatsiyalarini hamda naslli chorva mollarini koʻpaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;
(b) 2026-2027-yillarda Jizzax viloyatidagi mahallalar ixtisoslashuvi asosida tashkil etiladigan sanoat, turizm hamda xizmat koʻrsatish obyektlari boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq;
(v) Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashashi va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
(g) Jizzax viloyatida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan noruda yer qaʼri uchastkalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Sanoatni rivojlantirish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyatdagi jami 350 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqaruvchi 50 ta sanoat korxonalarida tannarxni pasaytirish dasturini tasdiqlasin. Bunda Jizzax viloyati hokimligi Dasturga kiritilgan sanoat korxonalariga mahsulot tannarxini pasaytirishga doir amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, “Oʻzavtosanoat” AJ:
(a) 2026-yilda 120 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga avtomobillar uchun kamida 200 turdagi butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysin hamda mahalliylashtirish darajasini kamida 40 foizga yetkazish boʻyicha dastur ishlab chiqsin va ijrosini taʼminlasin;
(b) 2026-yildan boshlab avtomobilsozlikda yangi ishlab chiqarilgan butlovchi qismlarga sertifikat olish (validatsiya) xarajatlarining 50 foizini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berishni yoʻlga qoʻysin.
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq har bir investitsiya loyihasi kesimida tarmoq jadvallarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda:
(a) 2026-yil 1-iyunga qadar Forish tumani “Uchquloch” MFY hududidagi qoʻrgʻoshin-rux konida geologiya-qidiruv ishlarini yakunlasin;
(b) 2026-yil 1-iyulga qadar volframni qazib olish va uni qayta ishlashni yanada kengaytirish boʻyicha 5 yillik dasturni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(v) 2026-yil 1-avgustga qadar ushbu qarorga 5-ilovaga muvofiq noruda yer qaʼri uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin;
(g) 2026-yil 1-sentabrga qadar Gʻallaorol tumani “Avliyo” konidagi 11 tonna oltin resursiga ega istiqbolli maydonga investorlarni jalb qilsin.
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jizzax viloyati hokimligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrga qadar Jizzax shahridagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki hududida boʻsh turgan 10 ming metr kvadrat oʻlchamdagi binodan joylarni tadbirkorlarga taklif qilib, istiqbolli loyihalarni shakllantirsin.
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi uch oy muddatda tajriba sinov tariqasida Jizzax viloyatidagi barcha maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini strategik rivojlantirish, muvofiqlashtirish, samarali boshqarish va investorlarga pullik xizmat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida yagona direksiyani tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
IV. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda xalqaro moliya institutlaridan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari uchun belgilangan shartlarda quyidagi kreditlarni ajratish uchun 10 million AQSH dollari miqdorida kredit resurslarini yoʻnaltirsin:
(a) Jizzax viloyatida jismoniy (oʻzini oʻzi band qilgan) shaxslarga naslli chorva mollarini xarid qilishga — 100 million soʻmgacha;
(b) Mirzachoʻl tumanida jismoniy (oʻzini oʻzi band qilgan) shaxslarga tuyachilikni rivojlantirish, turizm obyektlarini tashkil etish va ularni jihozlashga — 150 million soʻmgacha.
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi 2026-yilda:
(a) “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda olmaning yangi navlarini yaratish uchun Baxmal tumani “Muzbuloq” MFY hududida 100 gektarli intensiv bogʻ tashkil qilish;
(b) “Baxmal agrostar” MCHJ bilan birgalikda Baxmal tumanida 123 gektar yer maydonida yangi intensiv olma va nok bogʻlari hamda mevani qayta ishlash kompleksini barpo qilish;
(v) Baxmal tumanida 1,5 ming gektar eski bogʻlarni yangilashni taʼminlasin. Bunda:
(i) keyinchalik har yili eski bogʻlarning kamida 30 foizini yangilash;
(ii) aholi va fermerlarga “IN-VITRO” sharoitida koʻpaytirilgan koʻchatlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibini sertifikatlangan koʻchatlarga ham tatbiq etish nazarda tutilsin.
V. Xizmatlar va turizmni rivojlantirish
14. Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda 2026-2027-yillarda Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan 11 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga Arnasoy aeroportini kengaytirish choralarini koʻrsin.
15. Jizzax viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Turizm qoʻmitasining Baxmal, Forish, Zafarobod, Sharof Rashidov, Gʻallaorol va Arnasoy tumanlarida turizm majmualarini tashkil etish maqsadida quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilik vazifasini bajarish uchun Jizzax viloyati hokimligi huzurida “Jizzax viloyatida turizm loyihalari va infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti” davlat muassasasini tashkil etish;
(b) Jizzax viloyatining turizmga ixtisoslashgan tumanlarida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlarni 2027-yil 31-dekabrga qadar (sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirilgan holda) turizm majmualarini infratuzilma bilan taʼminlash va Departament faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirish;
(v) buyurtmachilik va boshqa vazifalarni bajarishda, jumladan, loyihalar, master rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, loyiha (texnik) topshiriqlarini ishlab chiqish, loyiha hujjatlarini qabul qilish va texnik nazoratni amalga oshirish yuzasidan kompaniya va konsultantlarni jalb etish.
VI. Yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda 2026-yil 1-dekabrga qadar:
(a) Zomin va Baxmal tumanlarini bogʻlovchi umumiy foydalanishdagi “D-052” Dashtobod sh. — Zomin sh. — Baxmal q. — Gʻallaorol sh. avtomobil yoʻlining 24 — 182 km qismini;
(b) Forish tumanidan oʻtuvchi “D-048” Jizzax sh. — Yangi qishloq q. — Qizilcha q. — Qizilqum q. yoʻlining 7 — 114 km qismini;
(v) Sharof Rashidov tumanidagi Uchtepa q. — Oqtom q. “D-051” yoʻlining 0 — 26 km qismini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha konsepsiyasi va baholash hujjatini ishlab chiqish hamda loyihani amalga oshirish uchun qarz mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi 2026-yil yakuniga qadar Jahon banki ishtirokidagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” 2-bosqich loyihasi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi 9 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash uchun 8 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon bankining “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida ikki oy muddatda Jizzax viloyatini hududiy rejalashtirish strategiyasi hamda “Yangi Oʻzbekiston” qiyofasi maqomi berilgan Gʻallaorol va Zafarobod tumanlari, shuningdek, Baxmal tumani boʻyicha fazoviy va master rejalarni ishlab chiqish uchun nufuzli xorijiy kompaniyani jalb etsin. Bunda ishlab chiqiladigan fazoviy va master rejalar ushbu tumanlarda amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarini tanlash va ularga oʻzgartirish kiritishga asos boʻladi.
19. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Jizzax viloyati hokimligi 2026-yil 1-aprelga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish boʻyicha bosh reja va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritishni taʼminlasin. Bunda:
(a) Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani oʻrtasidagi 40 gektar boʻsh yer maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1 200 xonadonli 50 ta koʻp qavatli uylarni qurish;
(b) Jizzax shahri ichidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida 10 km uzunlikda aylanma yoʻl qurish;
(v) hududda zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish va ijtimoiy soha obyektlarini qurish;
(g) Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini bogʻlaydigan yagona jamoat transporti tizimini yoʻlga qoʻyish;
(d) hududda yagona maʼmuriy markaz qurish, tumandagi davlat muassasalarini shu yerga koʻchirish hamda boʻshaydigan binolarni xususiy sektorga berish boʻyicha aniq loyihalarni kiritish nazarda tutilsin.
VII. Moliyaviy resurslar
20. Jizzax viloyati hududida maʼnan eskirgan taʼmirtalab obyektlarni, jumladan, mahallalardagi ijtimoiy soha obyektlari, olis va chekka hududdagi mahallalarni bogʻlovchi yoʻllar, ichimlik suvi tarmoqlari, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari, oqova suv tarmoqlarini taʼmirlash hamda barpo etish maqsadida:
(a) Jizzax viloyati hokimligi 2026-2027-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan yillik 4 foiz stavkada 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 40 mln AQSH dollari ekvivalentidagi kredit mablagʻlari milliy valyutada jalb etilishini taʼminlasin. Bunda:
(i) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan infratuzilma obyektlarining manzilli roʻyxati Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda shakllantirilib, Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashida maʼqullanadi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritiladi;
(ii) Vazirlar Mahkamasi Rayosati taʼmirlanadigan infratuzilma obyektlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi;
(iii) ajratilgan mablagʻlar 2027 — 2032-yillarda teng ulushlarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga Jizzax viloyati mahalliy budjetidan ularni har yilgi budjet parametrlarida nazarda tutgan holda qaytariladi;
(iv) mazkur kichik bandda koʻzda tutilgan mablagʻlarning 30 mln AQSH dollari 2026-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan mablagʻlardan iqtisod qilingan qismi hisobidan va 2027-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi parametrlarida rejalashtirilgan 10 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha arizalarga muvofiq ajratiladi;
(v) Jizzax viloyati hokimligi infratuzilma obyektlarini oʻz vaqtida taʼmirlash hamda barpo etish, shuningdek, kredit mablagʻlarini jalb qilish hamda ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 200 milliard soʻm Jizzax viloyati hokimligiga ajratilsin. Bunda:
(i) sanoat zonalari infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqova suvni (tegishli xulosa asosida) tozalash inshootini qurish uchun 100 milliard soʻm;
(ii) Jizzax shahrida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida 10 km uzunlikda aylanma yoʻl qurish uchun 60 milliard soʻm;
(iii) Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish boʻyicha bosh reja ishlab chiqish va infratuzilma bilan taʼminlash uchun 40 milliard soʻm ajratiladi.
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
21. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosi:
(a) har oyda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan viloyatning tuman (shahar) hokimliklari ishtirokida;
(b) har chorakda Vazirlar Mahkamasida Jizzax viloyati hokimi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
22. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev va A.J. Ramatov hamda Jizzax viloyati hokimi U.M. Mustafoyev belgilansin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-yanvar,
PQ-35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga 1-ILOVA
Jizzax viloyatida 2026-2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga 2-ILOVA
2026-2027-yillarda Jizzax viloyatidagi mahallalarda bogʻdorchilik, sabzavotchilik va polizchilik plantatsiyalarini tashkil etish hamda naslli chorva mollarini koʻpaytirish boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga 3-ILOVA
2026-2027-yillarda mahallalar ixtisoslashuvi asosida tashkil etiladigan sanoat, turizm hamda xizmat koʻrsatish obyektlari boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga 4-ILOVA
Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashashi va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbaiIjro muddatiMasʼullarSanoatni rivojlantirish1.Viloyatdagi mavjud sanoat zonalarini optimallashtirish hamda boʻsh yer maydonlaridan samarali foydalanish.Kichik va yoshlar sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlarini 5 yil muddatga ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblamagan holda boʻlib toʻlash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.Mablagʻ talab etilmaydi2026-yil yakuniga qadarJizzax viloyati hokimligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Kadastr agentligi2.Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” MFYdagi “Jizzax suv taʼminoti” AJga qarashli sobiq oqova suv tozalash inshooti hududida elektrotexnika va charm-poyabzalga ixtisoslashgan sanoat zonasini tashkil qilish.1. Loyihani ishlab chiqish va lotlarga ajratish.Tashabbuskorlar mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar, tijorat banklari kreditlari2026-yil yanvarSavdo-sanoat palatasi,“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi2. Yer maydonlarini tashabbuskor tadbirkorlarga ajratib berish.2026-yil mart3. Elektrotexnikada — 6 ta, charm-poyabzal sohasida 11 ta loyihani amalga oshirish.2026-yil iyun4. Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zarur infratuzilma bilan taʼminlash.5. Loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish.2026 — 2027-yillar3.Sharof Rashidov tumanining Zarbdor tumaniga tutash boʻlgan “A-376” avtomobil yoʻli boʻyidagi 118 gektar boʻsh yer maydonini “Jizzax” EIZ tarkibiga kiritish yuzasidan taklif kiritish.1. “A-376” avtomobil yoʻli boʻyida 118 gektar boʻsh yer maydonini “Jizzax” EIZ tarkibiga kiritish masalasini oʻrganish.2. “Jizzax” EIZ tarkibini kengaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2026-yil mayInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Jizzax viloyati hokimligi4.Gʻallaorol tumanidagi maxsus sanoat zonasi faoliyati samaradorligini oshirish.1. Maxsus sanoat zonasi imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil martInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Jizzax viloyati hokimligi,Boshqaruv kompaniyasi2. Alohida sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirilgan loyihalarni joylashtirish.2026-yil davomida5.Sharof Rashidov tumani “Gʻazgʻontepa” QFYda chiqindilarni birlamchi saralangan holda yigʻish hamda qayta ishlashni joriy qilish.1. Loyihani amalga oshirish uchun investorlarni jalb etish.2. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Poligonda chiqindini qayta ishlab, kuniga 500 kv/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish.Tashabbuskor mablagʻlari2026 — 2027-yillarEkologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi6.“Asakabank” AJ balansidagi bazalt toshini qayta ishlash korxonalari misolida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish dasturini ishlab chiqish.1. Xalqaro tajribaga ega “BCG” xorijiy ekspert kompaniyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish va shartnoma imzolash.2. Qurilish materiallari bozorini tahlil qilish, xorijiy tajriba asosida sohani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil mart“Asakabank” AJ,“Oʻzsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi7.Sharof Rashidov tumani Saroylik mahallasidagi 3,2 gektar maydonda mebelchilik mikrosanoat markazini tashkil etish.1. Yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ajratishda Eski Toshkentlik, Saroylik, Yaxtanlik, Taraqqiyot mahallalarida faoliyat koʻrsatayotgan mebelchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlarga ustuvorlik berish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil davomidaJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi2. Tanlov savdosi gʻoliblariga oʻn yil davomida faoliyat turini saqlash hamda boshqa yoʻnalishdagi tadbirkorlarga sotishga taqiq qoʻyish.2026-yil davomida3. Mikrosanoat markazining infratuzilmasi uchun zarur mablagʻlarni “drayver” loyihalar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan ajratish.2026-yil martTadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash8.Jizzax shahrining Oqqoʻrgʻonlik mahallasida joylashgan Oqqoʻrgʻonlik koʻchasidagi 1 km yoʻl boʻyida 38 ta turar joyda milliy uygʻunlikdagi zamonaviy hunarmandlar koʻchasi barpo etish loyihasini amalga oshirish.1. Hunarmandlar koʻchasini tashkil etish uchun turar va noturar joylarni xatlovdan oʻtkazish hamda ushbu koʻchmas mulk obyektlarini bozor qiymatida baholash.Hisob-kitoblarga asosanTijorat banklari kreditlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari2026-yil iyunIqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi2. Tijorat banklari tomonidan har bir oilaga kamida 2 qavatli turar va noturar joylarni qurish uchun 880 mln soʻm miqdorgacha kredit ajratish. Bunda:(a) tadbirkorlik faoliyatiga moʻljallangan qavatlarni qurish va jihozlash uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilga 500 mln soʻm resurs joylashtiriladi;(b) turar joy uchun moʻljallangan qavatlarni qurish uchun tijorat banklari mablagʻlari hisobidan 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yilga 380 mln soʻm kredit ajratiladi.2026-2027-yillar3. Hunarmandlar koʻchasi tashkil etiladigan hududdagi turar va noturar joylar mulkdorlariga yetkaziladigan zararlarni 2026-2027-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash.2026-2027-yillar4. Avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni 2027-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.2026-yil oktabr81.Jizzax shahri markazini Forish tumani bilan bogʻlovchi yangi halqa yoʻlini qurish.1. “D-048” Jizzax sh. — Yangi qishloq q. — Qizilcha q. — Qizilqum q. avtomobil yoʻlining Jizzax shahrining Turon va Shodlik mahallalaridan oʻtuvchi 2,2 km qismida joylashgan turar va noturar joylar mulkdorlariga tegishli obyektlarini bozor qiymatida baholash.Hisob-kitoblarga asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan2026-2027-yillarIqtisodiyot va moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi2. Avtomobil yoʻlining qurilish hududidagi turar va noturar joylar mulkdorlariga yetkaziladigan zararlarni 2026-2027-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash.9.Iqtisodiyot va moliya tizimi tashkilotlarini bir joyga (binoga) maqbul tarzda joylashtirish.1. Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining sobiq binosini viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi balansiga begʻaraz oʻtkazib berish.Mablagʻ talab etilmaydi2026-yil fevralQishloq xoʻjaligi vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Jizzax viloyati hokimligi2. Mazkur binoga iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi va Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining viloyat boshqarmasini joylashtirish.2026-yil mart3. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining viloyat boshqarmasini Xalq qabulxonasi binosining 2-qavatiga joylashtirish.2026-yil mart4. Pensiya jamgʻarmasi hamda Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining viloyat boshqarmalarining boʻshaydigan bino va yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.2026-yil iyun10.“Koʻk saroy” savdo majmuasi misolida viloyatning boshqa tuman markazlarida ham savdo va koʻngilochar markazlar tashkil etish.1. Savdo va koʻngilochar markazlar tashkil etish reja-grafigini tasdiqlash.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil yanvarJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Tumanlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, namunaviy loyihalarni ishlab chiqish.2026-yil mart3. Tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash va ularga zarur kredit mablagʻlarini ajratish.2026 — 2027-yillar11.Jizzax viloyatining barcha tuman markazlarida istirohat bogʻlari tashkil qilish.1. Mavjud istirohat bogʻlarini xatlovdan oʻtkazish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil yanvarJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Viloyatning har bir hududida istirohat bogʻlarini tashkil qilish, mavjudlarini kengaytirish yuzasidan dastur ishlab chiqib, tasdiqlash.2026-yil mart3. Istirohat bogʻlarini infratuzilma bilan taʼminlash ishlarini viloyat mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshirish.2026 — 2027-yillar12.“Ozarbayjon namunasi” asosida yangi “Jizzax Ekspomarkazi”ni barpo qilish.“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududining 2 gektar yer maydonida “Ozarbayjon namunasi”da yangi “Jizzax Ekspomarkazi”ni qurib foydalanishga topshirish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil dekabrSavdo-sanoat palatasi,Jizzax viloyati hokimligiTurizmni rivojlantirish13.2026-yilda Jizzax viloyatida “Jizzakh Open Air” xalqaro turizm festivalini tashkil etish va oʻtkazish.1. “Jizzakh Open Air” xalqaro festivalini oʻtkazish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.Mahalliy budjet mablagʻlari2026-yil martJizzax viloyati hokimligi,Turizm qoʻmitasi,Madaniyat vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Tadbir oʻtkaziladigan hududlarni va oʻtkazish vaqtini belgilash.2026-yil may3. Vazirlar Mahkamasining bayoni loyihasini ishlab chiqib tasdiqlash.2026-yil may4. Festival doirasida har bir hududning oʻziga xos milliy urf-odatlarini aks ettiruvchi koʻrgazma pavilyonlarini tashkil qilish.5. Festival doirasida birinchi bor “Plyaj voleyboli” boʻyicha Osiyo chempionatini tashkil qilish.2026-yil iyun14.Sangzor daryosini tozalash, suv bilan toʻldirish hamda “Istiqlol” bogʻiga tutash hududda piyodalar oʻtish koʻprigi va amfiteatr qurish.1. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.20 mlrd soʻmOʻzbekiston Respublikasining budjeti mablagʻlari2026-yil fevralJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va foydalanishga topshirish.2026-yil mart — iyul15.Zafarobod tumani “Chimqoʻrgʻon” MFY hududida Aydar-Arnasoy koʻllari boʻyida uzoq yillardan beri boʻsh turgan tuman hokimligi zaxirasidagi 115 gektar yer maydonida zamonaviy ekoturizm maskanini tashkil etish.Zafarobod tumanining “Chimqoʻrgʻon” MFY hududidagi Aydar-Arnasoy koʻllari boʻyida “Ekoturizm maskani” tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:Tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari 2026-yil iyulJizzax viloyati hokimligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Turizm qoʻmitasi“Chimqoʻrgʻon” MFY hududidagi 115 gektar yer maydonining toifasini oʻzgartirish yuzasidan Hukumat komissiyasiga taklif kiritish;2026-yil iyulAydar-Arnasoy koʻllari boʻyida himoya zonasini amaldagi 200 metrdan 100 metrgacha qisqartirishga ruxsat berish;master reja ishlab chiqish va yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish;“ekoturizm maskanini zarur infratuzilma bilan taʼminlash.2026 — 2027-yillar16.Viloyatning turizm salohiyatini keng targʻib qilish.1. Zomin tumani “Dashtobod” bekati nomini “Zomin turizm bekati” nomiga oʻzgartirish.Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari2026-yil aprel“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,Turizm qoʻmitasi,Jizzax viloyati hokimligi2. Turizm salohiyatini doimiy ravishda turli platformalar, ommaviy axborot vositalari va bloger-inflyunserlar tomonidan targʻibot ishlarini olib borish.2026-yil davomida17.Zomin tumani “Duoba” QFY va “Qayirma” MFY hududida joylashgan “Oʻrmon” agentligi balansidagi oʻrmon bilan qoplanmagan 81,7 ga boʻsh yer maydonida master reja asosida turistik zona tashkil etish.1. Salohiyatli hududlarni chegaralarini belgilash.Tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari2026-yil martJizzax viloyati hokimligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Turizm qoʻmitasi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi,tijorat banklari2. Loyihaoldi izlanishlarni amalga oshirish.3. Hududning master rejasini ishlab chiqish.4. “Oʻrmon” agentligi balansidagi 81,7 ga yer maydonlarining toifasini oʻzgartirish.2026-yil may5. Turistik zonani tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabr6. Master rejaga asosan yer maydonlarini auksionga chiqarish.2026 — 2027-yillar18.Baxmal, Forish, Zafarobod, Sharof Rashidov, Gʻallaorol va Arnasoy tumanlarida turizm komplekslarini tashkil etish.1. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilik vazifasini bajarish uchun Jizzax viloyati hokimligi huzurida “Jizzax viloyatida turizm loyihalari va infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — departament) tashkil etish.Bunda davlat muassasasi rahbari xodimlar tarkibini shakllantirish, lavozimga tayinlash va ozod qilish Turizm qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.2. Jizzax viloyatining turizmga ixtisoslashgan tumanlarida auksion savdolariga chiqariladigan yer maydonlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni 2027-yil 31-dekabrga qadar (sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirilgan holda) turizm komplekslarini infratuzilma bilan taʼminlash va departament faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirish.3. Buyurtmachilik va boshqa vazifalarni bajarishda, jumladan loyihalar, master rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, loyiha (texnik) topshiriqlarini ishlab chiqish, loyiha hujjatlarini qabul qilish va texnik nazoratni amalga oshirish yuzasidan kompaniya va konsultantlarni jalb etish. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PQ-245-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni bilan Baxmal, Forish hamda Arnasoy tumanlarining master-rejasi ishlab chiqilishi inobatga olinsin.Tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari2026 — 2027-yillarJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Turizm qoʻmitasi19.Forish tumani Egizbuloq mahallasining Tuzkon koʻli qirgʻoqlarigacha boʻlgan 22 ming gektar qismini Arnasoy tumaniga oʻtkazish.1. Arnasoy tumaniga yer maydonlarini oʻtkazish loyihasini ishlab chiqish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil fevralJizzax viloyati hokimligi,Kadastr agentligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil mart20.Aydar-Arnasoy koʻllari boʻyidagi 207 gektar yer maydonida turizm obyektlarini tashkil etish.1. Loyihaning master rejasini ishlab chiqib, Turizm qoʻmitasi hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlash.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil iyunJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Turizm qoʻmitasi2. Yer maydonlarini lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.3. Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlaridan salohiyatli tadbirkorlarni, xorijiy investorlarni jalb qilish.4. Turizm obyektlarini tashkil etish.2026-yil sentabr201.Arnasoy tumani Baxtli mahallasida joylashgan “Navroʻz” qoʻrgʻonining 40 gektar yer maydonida milliy uygʻunlikdagi 100 ga yaqin uy mehmonxona hamda 20 dan ortiq savdo va servis shoxobchalarini qamrab olgan turizm qishlogʻini tashkil etish.1. AT “Xalq banki” tomonidan uy mehmonxonalari tashkil etish hamda zarur tovarlarni xarid qilish uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir oilaga naqd pul koʻrinishida garovsiz (sugʻurta kafilligi asosida) imtiyozli kredit ajratish.Hisob-kitoblar asosida AT “Xalq banki” mablagʻlari (100 mln soʻmgacha)2026-yil may — iyulJizzax viloyati hokimligi, AT “Xalq banki”, Turizm qoʻmitasi, Markaziy bank2. Uy mehmonxona loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushirish.2026-yil dekabr202.Mirzachoʻl tumanida joylashgan Bogʻbon, Yerjan va Ipak yoʻli mahallalaridagi xonadonlarda tuya suti bilan davolash xizmatlarini koʻrsatuvchi uy mehmonxonalari hamda 100 gektar yer maydonida tuya boqish maskanini tashkil etish.1. Uy mehmonxonalarini taʼmirlash va tashkil etish hamda tuya xaridi uchun AT “Xalq banki” tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida naqd pul koʻrinishida (sugʻurta kafilligi asosida) imtiyozli kredit ajratish.Hisob-kitoblar asosida Tijorat banklarning kreditlari (Uy mehmonxonani taʼmirlash va tashkil etishga — 150 mln soʻmgacha; tuya xarid qilishga — 100 mln soʻmgacha)2026-yil may — iyulJizzax viloyati hokimligi, AT “Xalq banki”, “Agrobank” ATB, Turizm qoʻmitasi, Markaziy bank2. 100 gektar yer maydonida tuya boqish maskanini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga “Agrobank” ATB tomonidan imtiyozli shartlarda kredit ajratish.2026-yil may — iyul3. Uy mehmonxona va tuya boqish maskani loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushirish.2026-yil dekabrIjtimoiy sohani rivojlantirish va qurilish ishlarini jadallashtirish21.Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali uchun davlat-xususiy sheriklik asosida 400 oʻrinli talabalar turarjoyini qurish.1. Jizzax shahri hududidan yotoqxona qurish uchun yer maydonini ajratish.2. Yotoqxona qurilishi konsepsiyasini ishlab chiqish.3. Qurilish-taʼmirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.Tashabbuskor mablagʻlari va oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari2026-yil davomidaOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Jizzax viloyati hokimligi 22.Jizzax shahri Alisher Navoiy koʻchasida transport vositalari tirbandliklarining oldini olish maqsadida savdo majmuasi yaqinidagi yer maydonlarini, jamoat ehtiyojlari uchun olishiga ruxsat berish.1. Savdo majmuasi uchun avtoturargoh barpo etilishi munosabati bilan hududdagi savdo doʻkonlari mulkdorlariga 7,2 mlrd soʻm kompensatsiya toʻlovlarini qoplab berish.2. Avtoturargoh hududidagi mulk egalariga kompensatsiya toʻlovlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining budjetidan Jizzax viloyati mahalliy budjetiga 3,6 mlrd soʻm ajratish hamda qolgan qismini hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash.7,2 mlrd soʻmOʻzbekiston Respublikasining budjeti mablagʻlari2026-yil fevralIqtisodiyot va moliya vazirligi23.Viloyatdagi koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda aholini qiynab kelayotgan boshqa muammolarni bartaraf etish uchun respublika budjetidan ajratilgan 100 mlrd soʻm budjet ssudasini qoplash.1. Budjet ssudasini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 2025-yilda nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan Jizzax viloyat mahalliy budjetiga 100 milliard soʻm ajratish.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 2025-yilda nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan Jizzax viloyat mahalliy budjetiga 100 milliard soʻm ajratish 2026-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2025-yilgi hisobotlarda aks ettirish.100 mlrd soʻmOʻzbekiston Respublikasining budjeti mablagʻlari2026-yil yanvarJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi24.Mirzachoʻl tumani hududidagi Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikalari oʻrtasidagi faoliyati toʻxtatilgan sobiq oʻtish punkti negizida yangi Davlat chegarasi oʻtkazish punktini barpo etish choralarini koʻrish.1. Oʻtkazish punktini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi, amaliy ahamiyati, rejalashtirilayotgan oʻtkazuvchanlik imkoniyati, ochilish muddati, davlat nazorati organlari uchun qoʻshimcha shtat birliklari ajratish va Qozogʻiston Respublikasi tomoni bilan muzokaralar oʻtkazish masalasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil martBojxona qoʻmitasi,Tashqi ishlar vazirligi,DXX Chegara qoʻshinlari2. Oʻtkazish punkti faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish.2026-yil aprel25.Jizzax shahrida quvvati 30 ming m3 boʻlgan oqova suv tozalash inshootining quvvatini 80 ming m3 ga oshirish boʻyicha DXSH asosida loyihani amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik bilan tegishli shartnomalarni imzolash;2. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani DXSH asosida ishga tushirish.Xususiy sherik mablagʻlari 2026 — 2027-yillar“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi26.Baxmal tumani “Temirqadam” MFY hududida “Oqqoʻrgʻonsoy” sel-suv omborini qurish.1. Loyiha institutlarini jalb qilgan holda Oqqoʻrgʻonsoy sel-suv omborini qurish loyihasini ishlab chiqish.Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan2026-yil mayJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Suv xoʻjaligi vazirligi2. Loyiha natijalariga asosan sel-suv omborlari qurilishining moliyalashtirish manbalarini aniqlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritish.2026-yil iyul3. Sel suv omborini qurish maqsadga muvofiqligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish choralarini koʻrish.Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidanQishloq xoʻjaligini rivojlantirish27.Hududlardan oʻtgan zovur boʻylarida yengil konstruksiyali naslli chorva mollarini saqlash punktlarini qurish.1. Yengil konstruksiyali chorvachilik punktlari quriladigan zovur yoqalarini belgilab olish.2. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun 10 yil muddatga elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil martSuv xoʻjaligi vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 3. Qurilish ishlarini amalga oshirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2026-yil avgust28.Viloyatda sanoatlashgan intensiv mevali bogʻlarni tashkil etish.1. Forish tumani Mustaqillik, Yassikechuv, Garasha mahallalarida 100 gektar tokzorlarni tashkil etish.2. Gʻallaorol tumanida 50 gektar zamonaviy tokzorlar tashkil etish.3. Zomin nogironligi boʻlgan ayollar uchun “Gʻamxoʻrlik” markaziga qarashli 35 gektar hamda unga yaqin hududda boʻsh turgan 50 gektargacha yer maydonida Ijtimoiy himoya milliy agentligining budjetdan tashqari va homiylik mablagʻlari hisobidan “IN-VITRO” usulida zamonaviy bogʻ tashkil etish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil dekabrgaAT “Xalq banki”,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi 29.Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.1. Viloyatdagi baliqchilik xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil mart“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi,“Turonbank” ATB,Jizzax viloyati hokimligi 2. Sohani rivojlantirish boʻyicha dastur ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil aprel3. Zafarobod tumani “Chimqoʻrgʻon” MFYda baliq mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish hamda chuqur qayta ishlash loyihasini yakuniga yetkazish.2026-yil 1-avgustga qadar4. Baliqchilik xoʻjaliklarini tashkil qilishda yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil avgust291.Arnasoy tumanining Gʻoliblar mahallasi hududidagi 12 gektar yer maydonida daromadi oʻrta va past boʻlgan 400 ta oila bilan 1 ming bosh chorva mollarini boqish loyihasini amalga oshirish.1. AT “Xalq banki” tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir oilaga chorva mollari xaridi uchun naqd pul koʻrinishida (sugʻurta kafilligi asosida) imtiyozli kredit ajratish.Hisob-kitoblar asosida AT “Xalq banki” mablagʻlari (100 mln soʻmgacha)2026-yil may — iyulJizzax viloyati hokimligi, AT “Xalq banki”, Markaziy bank2. Chorva mollari boqish uchun kompleks qurish.Bunda chorva mollari uchun kompleks qurish hamda oilalarga kredit mablagʻlari hisobidan ustamasiz chorva mollari olib kelib berish “Navoiy — Agro Star” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.2026-yil dekabr292.Paxtakor tumanida joylashgan Janubiy Mirzachoʻl kanali va zovur oʻrtasidagi 22 gektar yer maydonida yengil konstruksiyali chorva mollarini saqlash punktlari asosida 150 ta oila bilan 1,5 ming bosh chorva mollarini boqish loyihasini amalga oshirish.1. AT “Xalq banki” tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir oilaga chorva mollari xaridi uchun naqd pul koʻrinishida (sugʻurta kafilligi asosida) imtiyozli kredit ajratish.Hisob-kitoblar asosida AT “Xalq banki” mablagʻlari (100 mln soʻmgacha)2026-yil may — iyulJizzax viloyati hokimligi, AT “Xalq banki”, Markaziy bank2. Chorva mollarini boqish loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish.2026-yil dekabr293.Doʻstlik tumani markazidan olisdagi Manas, Navroʻz, Qahramon, Oltin vodiy, Bunyodkor, Saritepa va Bogʻzor mahallalaridagi 500 ta xonadonda 1,5 ming bosh chorva mollari boqishni yoʻlga qoʻyish hamda ushbu mahallalarda 1 tadan sutni yigʻish shoxobchasi tashkil etish.1. AT “Xalq banki” tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir oilaga chorva mollari xaridi uchun naqd pul koʻrinishida (sugʻurta kafilligi asosida) imtiyozli kredit ajratish.Hisob-kitoblar asosida AT “Xalq banki” mablagʻlari (100 mln soʻmgacha)2026-yil may — iyulJizzax viloyati hokimligi, AT “Xalq banki”, Markaziy bank2. Chorva mollarini boqish loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish.2026-yil may — noyabrMahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish30.Baxmal, Zomin, Yangiobod tumanlarining qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh boʻlgan 28 ta alohida nuqtalariga (qishloq va ovullarga kirib kelish joylari) 28 dona yuz tanuvchi va 7 ta transport raqamini aniqlovchi kuzatuv kameralarini oʻrnatish va “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilish.1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2. Qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish.3. Kuzatuv kameralarini “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilish.Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz shahar” markazi mablagʻlari2026-yil sentabrIchki ishlar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,Jizzax viloyati hokimligi31.Jizzax shahrida zamonaviy IT park barpo etish.1. IT park majmuasini qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarni teng ulushlarda moliyalashtirish.2. IT park hududining majmuasining istiqbolda kengayishini inobatga olib, Jizzax shahri hududidan 2 gektar yer maydoni ajratish.Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi2027-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Jizzax viloyati hokimligi32.Gʻallaorol tumanidagi “Marjonsuv” sanatoriyasini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorga berish.1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tashabbuskorni aniqlash.2. Loyiha hujjatlarini tayyorlash va konsepsiyasini tasdiqlash.3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish va roʻyxatdan oʻtkazish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil dekabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi33.Jizzax shahrida Yagona migratsiya xizmatlari markazini barpo etish.1. Markaz qurilishi uchun Jizzax shahridan 15 sotix yer maydoni ajratish.2. Migratsiya agentligining mablagʻlari hisobidan qurilish ishlarini amalga oshirish.Hisob-kitoblarga asosan,Migratsiya agentligining mablagʻlari2026-yil fevralMigratsiya agentligi, Kasbiy taʼlim agentligi,Kadastr agentligi,Jizzax viloyati hokimligi3. Markazda nemis, xitoy, koreys, yapon, arab va boshqa tillar boʻyicha oʻquv kurslari va xalqaro sertifikat berish tizimini yoʻlga qoʻyish.Doimiy34.Viloyat shifoxonasining eski binosi oʻrnida Jizzax shahri markaziy shifoxonasi va poliklinikasini barpo etish.1. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.20 mlrd soʻmOʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari2026-yil avgustSogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Jizzax viloyati hokimligi2. Mazkur binoni taʼmirlash va jihozlash uchun 2027-yilga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.2026-yil dekabr3. Qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish va foydalanishga topshirish.2027-yil dekabr35.Doʻstlik tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivi Xalqobod koʻchasini Oqdaryo koʻchasiga ulash hamda ushbu hududda eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy uy-joylar qurish.1. Doʻstlik tumani “Chinobod” MFYdagi mavjud eskirgan uylarni renovatsiya asosida buzib, oʻrnida koʻp qavatli zamonaviy uy-joylar qurish ishlarini amalga oshirish.2. Xalqobod koʻchasini Oqdaryo koʻchasiga ulash boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.20 mlrd soʻmOʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari2026-yil davomidaJizzax viloyati hokimligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 36.Sharof Rashidov tumanida sobiq harbiy qismning bino va inshootlari negizida Abdulla Avloniy nomidagi viloyat pedagogika mahorat markazini tashkil etish. 1. Qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan zarur mablagʻ ajratib berish.3. Qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.Hisob-kitoblarga asosan2026-yil davomidaJizzax viloyati hokimligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga 5-ILOVA
Jizzax viloyatida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan noruda yer qaʼri uchastkalari
ROʻYXATI
