“Faol hayotga qadam” dasturi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (36-son)
29.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda bir marotaba yashash sharoitlari ishchi guruh tomonidan qayta baholanishi talabini bekor qilish;
multidissiplinar guruh tomonidan monitoring oʻtkazishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash sharoitlarini qayta baholash, ijtimoiy xizmatlar samarasini baholash hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasini qayta koʻrib chiqish va (yoki) tugatish;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish jadvalini tuzish amaliyotini bekor qilish;
ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucherni bekor qilish, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarish asoslarini aniq belgilash.
3. “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish jarayonida elektron davomat tabelini shakllantirish uchun quyidagilarga ruxsat berilsin:
a) 2026-yil 1-fevralga qadar:
xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning texnik xatoliklar bilan kiritilgan yoki toʻliq kiritilmagan biometrik maʼlumotlarini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining masʼul xodimi va ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan oy yakunida tuzilgan dalolatnoma asosida qabul qilishga;
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olmaydigan shaxsga shakllantirilgan vaucher asosida xizmat koʻrsatilganiga;
b) 2026-yil 1-fevraldan boshlab xizmat koʻrsatuvchi tomonidan xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlarini tasdiqlash imkoni boʻlmagan hollarda, ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda xizmat koʻrsatuvchi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining masʼul xodimi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida elektron shaklda tuzilgan dalolatnoma asosida qabul qilishga;
v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos hisoblangan band boʻlish yoki taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatini bajarganini tekshirishga.
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 29-yanvar,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2024-yil 11-martdagi 123-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ijtimoiy xodim, tuman tibbiyot birlashmasining maxsus monitoring guruhi vakili” soʻzlari “oilaviy shifokor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“oilaviy shifokorning multidissiplinar guruhdagi faoliyati uning ish yuklamasiga kiritiladi”;
v) 6-banddagi “monitoring qilish va qayta baholashda ishchi va” soʻzlari “monitoring qilishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. “Inson” markazi xodimi, oilaviy shifokor va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisidan iborat multidissiplinar guruh oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini (keyingi oʻrinlarda — yashash sharoitlari) baholaydi, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini monitoring qiladi hamda ularning natijalari toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi”;
8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shu kunning oʻzida “Inson” markazi direktori multidissiplinar guruh tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash sharoitlarini baholash uchun uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatni belgilaydi va multidissiplinar guruh aʼzolarini ular mehnat faoliyatini olib boradigan tashkilotlarga “Ijtimoiy himoya” AT orqali oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini baholash boʻyicha multidissiplinar guruhga jalb qilish haqida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan talabnomani yuboradi”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Ushbu Reglamentning 8-bandiga muvofiq talabnoma kelib tushgan tashkilot multidissiplinar guruh aʼzosi boʻlgan xodimini, u boʻlmagan vaqtda boshqa masʼul xodimni talabnomada koʻrsatilgan muddatda multidissiplinar guruh tarkibida ishtirok etishini taʼminlashi shart”;
13-band, 15-bandning ikkinchi xatboshisi, 22-bandning birinchi xatboshisi, 24-band, 25-bandning oltinchi xatboshisi va 30-banddagi “ishchi guruh” soʻzlari “multidissiplinar guruh” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlari, doʻstlari va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini (muloqot va dam olish xizmatiga ehtiyojini) baholash uning muloqot va dam olishga boʻlgan ehtiyojlarining qondirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni nazarda tutadi”;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Yashash sharoitlarini baholashning natijalari multidissiplinar guruh tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi xulosada aks ettiriladi.
Yashash sharoitlarini baholash natijalari boʻyicha multidissiplinar guruhning xulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda, “Ijtimoiy himoya” ATda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi shakllantiriladi.
Bunda individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga multidissiplinar guruh tomonidan zaruratga koʻra qoʻshimcha xizmatlar kiritilishi mumkin.
Multidissiplinar guruh xulosasi va individual ijtimoiy xizmatlar rejasi multidissiplinar guruhning barcha aʼzolari tomonidan ularning “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabineti orqali yoki “Ijtimoiy himoya” AT orqali multidissiplinar guruh aʼzolarining imzosi ularga SMS-xabarnoma orqali yuborilgan kod orqali tasdiqlanadi”;
27-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish”;
33-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ishchi guruhning” soʻzlari “multidissiplinar guruhning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-bob. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini monitoring qilish”;
36 va 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs Reyestrga kiritilgan paytdan boshlab har olti oyda bir marotaba multidissiplinar guruh tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi monitoring qilinadi.
Monitoring quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash sharoitlarini qayta baholash — mazkur Reglamentning 14-bandi va 4-ilovasiga muvofiq;
ijtimoiy xizmatlar samarasini baholash — ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish hosil qilganlik darajasi, elementar yoki murakkab harakatlarni (Bartel va Lauton) amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish.
37. “Inson” markazi tomonidan monitoring oʻtkazish kuni belgilanadi hamda monitoring oʻtkazish kunidan uch ish kuni oldin multidissiplinar guruh aʼzolariga ushbu Reglamentning 8-bandida belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi”;
38-banddagi “Qayta baholash” soʻzlari “Monitoring” soʻzi bilan almashtirilsin;
39 — 43-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Ushbu Reglamentning 36-bandida koʻrsatilgan monitoring amalga oshirilganidan soʻng uning natijalari boʻyicha “Ijtimoiy himoya” AT orqali ushbu Reglamentga 5 va 9-ilovalarga muvofiq xulosalar shakllantiriladi va multidissiplinar guruh aʼzolari tomonidan tasdiqlangan holda “Inson” markazi direktoriga kiritiladi.
“Inson” markazi direktori monitoring yakuni boʻyicha multidissiplinar guruhning xulosasiga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning individual ijtimoiy xizmatlar rejasini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan, unga tuzatishlarni yoki yangi tadbirlarni kiritish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi”;
49-banddagi “Ishchi guruh va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
52-banddagi “Ishchi guruh,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, Reyestrga kiritish, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish, ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatilishini belgilash hamda uning samaradorligini baholash
SXEMASI
3-ilovaning nomidagi “ishchi (multidissiplinar)” soʻzlari “multidissiplinar” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-ilovada:
2-boʻlimning izoh qismidagi “ishchi” soʻzi “multidissiplinar” soʻzi bilan almashtirilsin;
3-boʻlimning 14-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
4-boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-boʻlim. Oʻzgalarning parvarishiga muhtojlikni baholash
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi F.I.O
5 — 7-boʻlimlardagi “Ishchi” soʻzi “Multidissiplinar” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-ilovada:
nomidagi “Ishchi guruhining” soʻzlari “Multidissiplinar guruhning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
jadvalning ikkinchi ustuni nomidagi va izohdagi “Ishchi” soʻzi “Multidissiplinar” soʻzi bilan almashtirilsin;
6-ilovadagi “ishchi” soʻzi “multidissiplinar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentiga 9-ILOVA
d) 2-ilovada:
3-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilik hujjatlarida belgilangan ijtimoiy xizmatlar;”
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar tegishliligi boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”;
5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) tomonidan individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq tashkil etiladi”;
6, 7, 9, 13-bandlar, 2 va 3-paragraflar hamda 62 — 64-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yil davomida individual ijtimoiy xizmatlar rejasi asosida tegishliligi boʻyicha oilaviy poliklinikalar tomonidan amalga oshiriladi”;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Oilaviy poliklinika har oy yakunida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar haqidagi maʼlumotlarni “Inson” markaziga yuboradi”;
12-banddagi “Tasdiqlangan jadvalga” soʻzlari “Individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Inson” markazi xodimi individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga asosan 5 ish kuni ichida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uyiga borib, moslashtirish boʻyicha talablarni shakllantiradi va “Inson” markazi direktoriga kiritadi”;
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. “Inson” markazi moslashtirish boʻyicha talablarni shakllantirganidan keyin 3 ish kuni ichida unga kiritilgan ishlarning amalga oshirilishini tashkil etish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani tayyorlaydi”;
34-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. “Inson” markazi moslashtirish ishlarini amalga oshirilishini tashkil etish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani tuman (shahar) hokimligiga kiritadi”;
35-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda moslashtirish tadbirlariga talab etiladigan mablagʻlarni “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan jalb etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
38-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Quyidagi holatlarda “Inson” markazi tomonidan 2 ish kuni ichida tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs yoki uning qonuniy vakilining dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaati ijtimoiy xodim yoki “Inson” markazi tomonidan qabul qilinganda;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini oʻtkazish kiritilgan taqdirda”;
41-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
54-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “maʼlumotlar bazasini” soʻzlari “maʼlumotlarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
55-banddan “yoki ijtimoiy xodim assistenti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
65-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 11-bandda:
“a” kichik bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligini aniqlaydi va bu haqida “E-himoya orderi” elektron tizimiga maʼlumot kiritadi”;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) bir ish kuni ichida ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholaydi. Bunda murojaat “E-himoya orderi” elektron tizimi orqali kelib tushgan hollarda faqat ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan shaxslarning holati dastlabki baholashdan oʻtkaziladi.
Baholash natijalariga koʻra xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari roziligi asosida birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiradi.
Bunda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari profilaktika inspektori tomonidan birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilganda, ijtimoiy xodim 24 soat ichida ularning holatini dastlabki tarzda baholash choralarini koʻradi”;
b) ilovaning 5-bosqichi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga maʼlumot kiritilib, biroq ushbu kunda tegishli xizmat amalda koʻrsatilmaganligi aniqlanganda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari qoplab berilmaydi yoki toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa, keyingi toʻlovlardan qayta hisob-kitob qilib chegirib qolinadi”;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar haqidagi maʼlumotlar hamda ushbu xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari xizmat koʻrsatilgan kunda xizmat koʻrsatuvchi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi. Bunda:
ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tomonidan xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlarini tasdiqlash imkoni boʻlmagan hollarda, ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda xizmat koʻrsatuvchi hamda “Inson” markazining masʼul xodimi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda elektron shaklda tasdiqlangan dalolatnomaga (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) asosan koʻrsatilgan xizmatlar elektron davomat tabelida hisobga olinadi;
xizmat koʻrsatish dam olish yoki bayram kunlarida amalga oshirilganda, dalolatnoma keyingi ish kunida rasmiylashtirilishi mumkin”;
v) 6-band “mazkur Nizomga 2g-ilovada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. “Inson” markazining masʼul xodimi tomonidan soʻrovnomani koʻrib chiqishda mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq “Ijtimoiy himoya” ATda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsning yoki u bilan birga yashab, unga qarab turuvchi mehnatga layoqatli shaxsning:
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestri) yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi holati oʻrganiladi;
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda Bartel va Lauton shkalalarini rasmiylashtirish orqali oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi baholanadi;
xizmatdan foydalanuvchiga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxsning haqiqatda xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashashi oʻrganiladi;
mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq soʻrovnomani rasmiylashtirish orqali oilasi yoki oʻzini ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji aniqlanadi”;
d) 16-bandda:
birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda xizmatdan foydalanuvchi tomonidan uy sharoitida qarab turish xizmati yoki kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati tanlangan hollarda xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs ham shartnomaning uchinchi tomoni sifatida ishtirok etadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tomonlar shartnomani mobil telefon raqamiga SMS-xabar orqali yuboriladigan maxsus kodni maʼlum qilish, Face-ID yoki imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) yoxud imzo qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi”;
e) quyidagi mazmundagi 161-band bilan toʻldirilsin:
“161. Shartnoma faqat vaucher olish boʻyicha birinchi marta murojaat qilinganda tuziladi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan shaxslar qayta baholanganda, ularning “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetida vaucher avtomatik shakllanadi”;
j) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Shartnoma maʼlumotlari asosida “Ijtimoiy himoya” ATda tegishli ijtimoiy xizmatdan 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda foydalanish huquqi bilan vaucher:
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholangan shaxslarga uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati uchun;
mazkur nizomga muvofiq boshqa toifadagi ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilarga faqat bitta ijtimoiy xizmat uchun beriladi.
Bunda xizmatdan foydalanuvchi vaucher asosida bir kunda faqat bitta ijtimoiy xizmatdan foydalanishi mumkin”;
z) quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi ikki va undan ortiq shaxslar birgalikda yashagan taqdirda uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati hamda xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati uchun vaucher ulardan har biri Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 62 ballgacha baholanganda, ularning har biri uchun alohida beriladi. Bunda mazkur toifadagi shaxslar bilan birga yashaydigan hamda Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 62 balldan yuqori baholangan shaxslar uchun alohida vaucher berilmaydi”;
i) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. “Ijtimoiy himoya” ATda vaucher shakllantirilganligi haqida shu kunning oʻzida ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining mobil telefon raqamiga SMS-xabar hamda YIDXPdagi yoki “Oila hamkori” platformasidagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi yoki ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan xabardor qilinadi”;
k) 20-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi vaucher berilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida xizmat koʻrsatuvchini tanlashi lozim”;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Quyidagi hollarda xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucher bekor qilinadi va bu haqida xizmatdan foydalanuvchiga yoki uning oila aʼzolariga xabar beriladi:
xizmatdan foydalanuvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida “Ijtimoiy himoya” AT orqali xizmat koʻrsatuvchini tanlamaganda;
xizmatdan foydalanuvchi vafot etganda;
xizmatdan foydalanuvchi tomonidan ijtimoiy xizmatdan vaucher asosida foydalanish rad etilganda;
xizmatdan foydalanuvchi bir oydan ortiq muddatga chet elga chiqqanda;
mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan shaxsga vaucher berilganligi aniqlanganda;
mazkur Nizomga 2b va 2g-ilovalariga muvofiq band boʻlish yoki taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqishga doir majburiyat belgilangan muddatda bajarilmaganda;
xizmatdan foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari xizmatdan foydalanuvchi tomonidan bajarilmaganda.
Bunda ushbu bandning yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan shart bajarilmaganligi aniqlangan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucher bekor qilinadi”;
l) quyidagi mazmundagi 201 va 202-bandlar bilan toʻldirilsin:
“201. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan tanlangan xizmat koʻrsatuvchi “Oila hamkori” platformasi orqali kelib tushgan vaucherni bir ish kuni muddatda qabul qilishi yoki qabul qilishni rad etishi zarur.
Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan vaucher qabul qilingan hollarda, u xizmatdan foydalanuvchiga bir ish kuni ichida tegishli ijtimoiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlashi lozim.
202. Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan vaucher qabul qilinib, biroq xizmatdan foydalanuvchiga bir ish kuni ichida tegishli ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi taʼminlanmaganda, xizmat koʻrsatuvchining tanlanganligi avtomatik tarzda bekor qilinadi va xizmatdan foydalanuvchi tomonidan boshqa xizmat koʻrsatuvchi tanlanadi”;
m) 23-band quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat qamrovi doirasida vaucherlarni qabul qilishga ruxsat etiladi”;
n) 25-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy xizmatni (xizmatlarni) koʻrsatishga tayyorligi toʻgʻrisida xulosa tasdiqlanib, roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin xizmat koʻrsatish joyi, quvvati va tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, uch ish kuni ichida qayta xulosa olish uchun soʻrovnoma yuborish talab etiladi”;
o) quyidagi mazmundagi 251 va 252-bandlar bilan toʻldirilsin:
“251. Quyidagi hollarda xizmat koʻrsatuvchi “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqariladi:
xizmat koʻrsatuvchi “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;
xizmat koʻrsatuvchi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga xizmat koʻrsatilganligi haqida maʼlumot kiritilib, ushbu kunda tegishli xizmat amalda koʻrsatilmaganligi, shu jumladan, xizmatdan foydalanuvchining biometrik maʼlumotlari, fotosurat yoki boshqalarni kiritishda yolgʻon yoki haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlardan foydalanilganligi bir kalendar yili davomida uch martadan ortiq holatda aniqlanganda. Bunda aniqlangan har bir holat bir yoki bir nechta xizmatdan foydalanuvchi bilan bogʻliqligidan qatʼiy nazar bitta holat deb hisoblanadi;
xizmat koʻrsatuvchi tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilmaganligi aniqlanganda;
xizmat koʻrsatish joyi, xizmat koʻrsatuvchining quvvati va tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda uch ish kuni ichida qayta xulosa olish uchun soʻrovnoma yubormaganligi aniqlanganda.
Oʻrganish guruhi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarish uchun asos boʻlgan holatni tasdiqlovchi dalolatnoma rasmiylashtirilib, tizimga kiritiladi.
252. Xizmat koʻrsatuvchi “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarilganda, xizmatdan foydalanuvchiga boshqa xizmat koʻrsatuvchini tanlash imkoniyati beriladi”;
p) 26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda multidissiplinar guruh tomonidan har olti oyda bir marotaba baholab boriladi.
27. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati samaradorligini har olti oyda bir marotaba baholashda koʻrsatilgan xizmatning kamida ellik foizi tanlov yoʻli bilan oʻrganiladi. Bunda:
oʻrganish tegishliligi boʻyicha Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari, shuningdek markaz mavjud boʻlmagan hududlarda Agentlikning hududiy boshqarmalaridagi tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha masʼul xodimi tomonidan amalga oshiriladi;
oʻrganishda shaxsning ehtiyojlari asosida individual reabilitatsiya rejasi va koʻrsatilgan xizmatlar baholanadi;
oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar multidissiplinar guruhga taqdim etiladi”;
r) 28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
s) 29-banddan “Ishchi guruh tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
t) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. “Inson” markazining ijtimoiy xodimi uch oyda kamida bir marotaba xizmatdan foydalanuvchining koʻrsatilgan xizmatdan qoniqish darajasini soʻrovnoma asosida oʻrganadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boradi. Bunda maʼlumotlar soʻrovnoma oʻtkazilgan kunda xizmatdan foydalanuvchining biometrik maʼlumoti bilan tasdiqlanadi”;
u) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar haqidagi maʼlumotlar hamda ushbu xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari yoki dalolatnomani “Ijtimoiy himoya” ATga kiritish orqali ushbu maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda elektron davomat tabeli shakllanib, “Inson” markazi direktori tomonidan qabul qilinadi va ushbu elektron davomat tabeli asosida ajratiladigan subsidiyaning oylik miqdori avtomatik hisob-kitob qilinadi.
Elektron davomat tabelida notoʻgʻri yoki xato maʼlumotlar kiritilganligi aniqlanganda, “Inson” markazi direktori tomonidan qabul qilinmaydi va maʼlumotlarning notoʻgʻri yoki xato ekanligi asoslantiruvchi asoslarni koʻrsatgan holda, qayta koʻrib chiqish uchun qaytariladi.
Bunda davomat mobil ilova yoki maxsus qurilmalar yordamida jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi”;
f) 1-ilovada:
3-bosqichning “Tadbirlar” ustuni ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestri) yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi holati oʻrganiladi”;
10-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “telefon raqamiga hamda YIDXPdagi” soʻzlari “telefon raqamiga SMS-xabar hamda YIDXPdagi yoki “Oila hamkori” platformasidagi shaxsiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
x) 2a-ilovada:
5-pozitsiyaning ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi**”;
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:”;
11-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Quyidagi hollarda ijtimoiy xizmatni koʻrsatish toʻxtatiladi:
xizmatdan foydalanuvchi Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi yoki “Muruvvat” internat-uyiga joylashtirilganda — mazkur muassasalarga joylashtirilgan davrda;
Sanatoriy yoki davolash muassasasida boʻlganda — mazkur muassasalarda boʻlgan davrida”;
izoh qismi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“**Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi ikki va undan ortiq birgalikda yashaydigan har biri Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 62 ballgacha boʻlgan shaxslarga berilgan vaucherlarning faqat bittasi boʻyicha belgilangan xizmat koʻrsatish soatlari toʻliq hajmda, qolganlari boʻyicha esa, belgilangan soatlarning teng yarmi hajmida xizmat koʻrsatiladi. Bunda mazkur shaxslar tomonidan faqat bitta xizmat koʻrsatuvchi tanlanadi”;
s) 2b-ilovada:
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs”;
6-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “yashaydigan oila aʼzosiga” soʻzlari “yashovchi shaxsga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha baholanganligi;
oila yoki shaxsning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;
xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turuvchi mehnatga layoqatli shaxs uch oy ichida band boʻlish yoki taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatini olganligi***;
xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi****;
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:”;
10-pozitsiyaning uchinchi ustuni sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi “qayta baholashdan” soʻzlari “monitoring oʻtkazishdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2026-yil 1-fevralga qadar xizmatdan foydalanish uchun shakllantirilgan vaucherlar mazkur pasport talablariga toʻgʻri kelganda, xizmatdan foydalanish mazkur vaucherning muddati tugagunga qadar davom ettiriladi”;
izoh qismining oʻninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn birinchi xatboshilar bilar almashtirilsin:
“*** Oʻzini oʻzi band qilganligi yoki uch oy ichida band boʻlish, taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatlari bajarilganligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida tekshiriladi. Bunda mazkur maʼlumotlar axborot tizimlari orqali aniqlanmagan yoki mavjud boʻlmaganda, ular “Ijtimoiy himoya” ATda “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan elektron imzodan foydalangan holda hamda xizmatdan foydalanuvchi tomonidan biometrik maʼlumot bilan tasdiqlangan holda tuziladigan dalolatnoma (tasdiqlovchi hujjatlar dalolatnomaga ilova qilinadi) asosida tasdiqlanadi.
**** Xizmatdan foydalanish uchun vaucher berilgandan soʻng, xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan taqdirda, xizmatdan foydalanish Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan vaqtdan boshlab mazkur vaucherning muddati tugagunga qadar davom ettiriladi”;
ch) 2v-ilovada:
2-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish)*;”
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
3-pozitsiyaning uchinchi ustuni birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi**;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari**”;
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi jarohatlanish yoki bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi qoʻyilgan shaxs”;
5-pozitsiyada:
ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi***”;
uchinchi ustuni toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan jarohatlanish yoki bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi qoʻyilgan shaxsga haftada 3-martagacha 1 soatdan, biroq 1 ta shaxs uchun bir marta 6 oydan koʻp boʻlmagan davrda”;
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:”;
10-pozitsiyaning uchinchi ustuni sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi “qayta baholashdan” soʻzlari “monitoring oʻtkazishdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmatidan foydalanayotgan shaxslarga koʻrsatiladi.
** Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan viloyatlarda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlari Agentlikning hududiy boshqarmalari va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
*** Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi ikki va undan ortiq birgalikda yashaydigan har biri Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 62 ballgacha boʻlgan shaxslarga berilgan vaucherlarning faqat bittasi boʻyicha belgilangan xizmat koʻrsatish soatlari toʻliq hajmda, qolganlari boʻyicha esa, belgilangan soatlarning teng yarmi hajmida xizmat koʻrsatiladi. Bunda mazkur shaxslar tomonidan faqat bitta xizmat koʻrsatuvchi tanlanadi”;
sh) 2g-ilovada:
2-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) xulq-atvor buzilishlari boʻlmagan ruhiy kasallik boʻyicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qoʻyilgan maxsus parvarishga muhtoj shaxslarga agressiya va bezovtalikni kamaytirish hamda xavfsiz toʻsiqsiz moslashgan muhitni taʼminlashga qaratilgan xizmatlar (maxsus markaz tipi uchun)”;
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs;
b) xulq-atvor buzilishlari boʻlmagan ruhiy kasallik boʻyicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qoʻyilgan maxsus parvarishga muhtoj shaxs”;
6-pozitsiyaning uchinchi ustuni ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 foizi;
yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi”;
7-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) mazkur Pasportning 4-pozitsiyasi “a” kichik bandida koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilar uchun:
shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi;
oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;
xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turuvchi mehnatga layoqatli shaxs uch oy ichida band boʻlish yoki taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatini olganligi*;
Xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi**;
b) mazkur Pasportning 4-pozitsiyasi “b” kichik bandida koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilar uchun:
tuman tibbiyot birlashmasi shifokor-psixiatrining xulq-atvor buzilishi boʻlmagan dispanser nazoratida turuvchi demensiya yoki Alsgeymer kasalliklari tashxisi boʻyicha, shifokor-nevropatologning Parkinson kasalligi tashxisi boʻyicha xulosasi;
Xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turuvchi mehnatga layoqatli shaxsning uch oy ichida band boʻlish yoki taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatini olganligi*”;
8-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Maxsus markaz tipida alohida binoda (mazkur Pasportning 4-pozitsiyasi “b” kichik bandida koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilar uchun) — kamida 7 nafar shaxslarga”;
9-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:”;
uchinchi xatboshi “haqiqatda foydalangan shaxsning” soʻzlaridan keyin “xizmatdan foydalanish uchun tashrif buyurgan vaqtdagi hamda xizmat koʻrsatish tugagan vaqtdagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
10-pozitsiyaning uchinchi ustuni sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi “qayta baholashdan” soʻzlari “monitoring oʻtkazishdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xizmat markaz tipida yoki maxsus markaz tipida tashkil etilganda kamida 1 nafar hamshira faoliyati yoʻlga qoʻyiladi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati markaz tipida va maxsus markaz tipida aralash tarzda tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini koʻrsatish markaz tipida yoki maxsus markaz tipida yoʻlga qoʻyilgan vaqtdan boshlab tegishliligi boʻyicha Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari, shuningdek markaz mavjud boʻlmagan hududlarda Agentlikning hududiy boshqarmalaridagi tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha masʼul xodimi tomonidan har 3 oyda bir marotaba markaz ishining minimal talablarga muvofiqligi va xizmat koʻrsatish holati monitoring qilinadi”;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Oʻzini oʻzi band qilganligi yoki uch oy ichida band boʻlish, taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatlari bajarilganligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida tekshiriladi. Bunda mazkur maʼlumotlar axborot tizimlari orqali aniqlanmagan yoki mavjud boʻlmaganda, ular “Ijtimoiy himoya” ATda “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan elektron imzodan foydalangan holda hamda xizmatdan foydalanuvchi tomonidan biometrik maʼlumot bilan tasdiqlangan holda tuziladigan dalolatnoma (tasdiqlovchi hujjatlar dalolatnomaga ilova qilinadi) asosida tasdiqlanadi.
** Xizmatdan foydalanish uchun vaucher berilgandan soʻng, xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan taqdirda, xizmatdan foydalanish Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan vaqtdan boshlab mazkur vaucherning muddati tugagunga qadar davom ettiriladi”.
e) 2d-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustuni birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:”;
yu) 3-ilova quyidagi mazmundagi 3-boʻlim bilan toʻldirilsin:
ya) 4-ilovada:
7 — 9-pozitsiyalarning “Savollar” ustunidagi “bir oy” soʻzlari “olti oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ya1) 5-ilovada:
2-bobda:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kunduzgi qatnov asosida yoki xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida xizmat koʻrsatishda shifokor va hamshira faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi. Bunda shifokor va hamshira qonunchilikda tibbiyot xodimlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda malakasini oshirgan boʻlishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi”;
3-bobda:
quyidagi mazmundagi 13 va 14-bandlar bilan toʻldirilsin:
“13. Maxsus markaz tipida kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini koʻrsatishda shifokor-psixiatr nazorati va hamshira faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi.
14. Xulq-atvor buzilishlari boʻlmagan ruhiy kasallik boʻyicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qoʻyilgan maxsus parvarishga muhtoj shaxslar uchun xavfsiz va toʻsiqsiz moslashgan muhitni taʼminlash”.
