Binolar va inshootlar majmuini toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazish toʻgʻrisida (547-son)
02.11.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarma vakolatxonasining Toshkent shahrida va Nemis iqtisodiyoti uyi vakolatxonasining Oʻzbekiston Respublikasida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik H.Abdullayev, 47-uyga joylashgan binolar va inshootlar majmuini yon-atrofidagi joylar bilan Toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazsin.
2. Toshkent shahar hokimligi Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarma vakolatxonasi va Nemis iqtisodiyoti uyi vakolatxonasini koʻrsatib oʻtilgan binolar va inshootlar majmuiga shartnoma asosida joylashtirsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 2-noyabr,
547-son
