Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida (KQ-291-V-son)
15.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasi (keyingi oʻrinlarda Ish rejasi) 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati boʻyicha hisobotlarini eshitish reja-jadvali 2-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2026-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari hamda Senat devonining tegishli tarkibiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Ish rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, sifatli bajarilishini taʼminlasin.
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
KQ-291-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 15-yanvardagi KQ-291-V-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan
ISH REJASI
Izoh: zaruratga koʻra mazkur ish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 15-yanvardagi KQ-291-V-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati boʻyicha hisobotlarini eshitish
REJA-JADVALI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 15-yanvardagi KQ-291-V-sonli qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyaning 2026-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan
ISH REJASI
