Hindiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasini ochish toʻgʻrisida (133-son)
11.03.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlarni oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 18-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hindiston Respublikasining Dehli shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonani xodimlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-mart,
133-son
