Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonovga “Mamlakatimizda eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari hajmini koʻpaytirish va maqsadli eksport koʻrsatkichlarining bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (1563-V-son)
17.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining hamda Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonovga “Mamlakatimizda eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari hajmini koʻpaytirish va maqsadli eksport koʻrsatkichlarining bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-dekabr,
1563-V-son
