Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axboroti taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1379-son)
01.07.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 1-iyulda 1379-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7, 17-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-apreldagi 197-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axboroti taqdim etish tartibi toʻgʻrisida” nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-may,
12/1-son
