2004/2005 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida (294-son)
24.06.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, oliy taʼlim muassasalariga iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish hamda taʼlim muassasalari, ayniqsa umumtaʼlim maktablarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan taʼminlashni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2004/2005 oʻquv yilida:
bakalavrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 51175, shu jumladan 19975 davlat grantlari va 31200 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1-ilovaga muvofiq taqsimlansin;
magistrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 5400, shu jumladan 1400 davlat grantlari va 4000 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va mutaxassisliklar boʻyicha 2-ilovaga muvofiq taqsimlansin;
oliy taʼlim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi boʻlimlarga oʻrta maxsus maʼlumot va tegishli taʼlim turi boʻyicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlardan, jumladan bolalar sporti murabbiylaridan bakalavrlar tayyorlash uchun umumiy qabul soni 5000, shu jumladan 1200 davlat grantlari va 3800 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 3-ilovaga muvofiq taqsimlansin.
2. Oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida oʻzlariga qarashli taʼlim muassasalarida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistratura boʻyicha oʻrinlar kvotasini taʼlim tillari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
3. Davlat komissiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish test sinovlari natijalaridan kelib chiqib, belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida, qabul koʻrsatkichlariga zarur oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Davlat test markazining, 2004/2005 oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalarining sirtqi boʻlimlariga, oʻquv jarayonini tashkil etish va kadrlar tayyorlashning sifati zamon talabiga javob bermayotganligi uchun, oʻqitishning samarasiz shakli sifatida, talabalar qabulini toʻxtatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda pedagogika va kasbiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini, ularni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan taʼlim muassasalariga, birinchi navbatda umumtaʼlim maktablariga ishga taqsimlashni 2004-yildan boshlab amaliyotga joriy etsinlar va bu toʻgʻrisidagi Nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004/2005 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga hamda maxsus sirtqi boʻlimlarga belgilangan qabulni hisobga olgan holda budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-iyun,
294-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 294-son qaroriga 1-ILOVA
2004/2005 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari
* - Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼdod” jamgʻarmasi grantlari hisobiga (umumiy qabul miqdorida hisobga olinmagan)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 294-son qaroriga 2-ILOVA
2004/2005 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida magistrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 294-son qaroriga 3-ILOVA
2004/2005 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimlarida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari
