Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1113-son)
15.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 8-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 4-sentabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizning oʻrta va uzoq muddatli strategiyalariga muvofiq Oʻzbekistonning xalqaro iqtisodiyotga toʻliq integratsiyasini taʼminlash, monopol sohalarni izchil ravishda bozor tamoyillariga oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish, yirik davlat korxonalariga berilgan maxsus (eksklyuziv) huquqlarni bekor qilish hamda qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilishda, shuningdek tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali ochiq va raqobatbardosh bozor muhitini shakllantirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish, tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibini joriy etish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun qora va rangli metall parcha va chiqindilari, tabiiy gaz savdosi sohasiga xususiy sektorni va innovatsiyalarni jalb etishga, shuningdek raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar, № 5, 648-modda) ilovasiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 56-band bilan toʻldirilsin:
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-ilova:
48-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 62, 63 va 64-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
2) 4-ilovaning I boʻlimi quyidagi mazmundagi 58, 59 va 60-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
OʻRQ-1113-son
