“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi QL-162-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1544-V-son)
15.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi QL-162-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Jumayev, T. Yoqubov, Sh. Yakubov, V. Fayziyeva va D. Artiqov tomonidan 2025-yil 13-dekabrda kiritilgan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi QL-162-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-dekabr,
1544-V-son
