Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish toʻgʻrisida (5-son)
09.01.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasining xulosasiga koʻra foydali qazilma konlari nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlari talablari asosida davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilgan hamda yangi nom berilgan quyidagi 757 ta geografik obyekt nomini oʻz ichiga olgan:
Davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilayotgan foydali qazilma konlari nomlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Yangi nom berilgan foydali qazilma konlari nomlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
normativ-huquqiy hujjatlar, ish hujjatlari va rasmiy yozishmalarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 766-son va 2025-yil 18-iyundagi 379-son qarorlari bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi;
foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha geologik hisobotlar Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etilgunga qadar foydali qazilma konlari nomlari Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasining xulosasi asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.
3. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi:
ikki oy muddatda togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi geografik obyektlar nomlarining davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi, yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar hamda maʼlumotlar bazalariga oʻzgartirishlar kiritilishini hamda peshlavhalar, axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlasin;
geologik qidiruvlar natijasida yangi topilgan foydali qazilma konlariga nom berish boʻyicha geologiya, geografiya, filologiya, tarix sohasining yetuk olimlari va mutaxassislari hamda tegishli boshqa mutaxassislarni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlarida belgilangan talablar asosida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib borsin.
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-yanvar,
5-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 5-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilayotgan foydali qazilma konlari nomlari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 5-son qaroriga 2-ILOVA
Yangi nom berilgan foydali qazilma konlari nomlari
ROʻYXATI
