Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash haqida (3755-son)
13.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3755]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-dekabr,
29-son
Kelishildi:
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2025-yil 12-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 29-son buyrugʻiga ILOVA
Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar
ROʻYXATI
Izoh: Ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha QR-kodli (matrik shtrixli kod) elektron tibbiy maʼlumotnoma mazkur roʻyxatga ilovada keltirilgan shaklda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki bemor davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul beriladi.
Tibbiy maʼlumotnoma bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan u davolangan nodavlat tibbiyot tashkilotining tegishli xulosasi asosida ham berilishi mumkin.
Tibbiy maʼlumotnoma 1 yil muddatga beriladi, bundan mazkur izohning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida belgilangan muddatlar mustasno.
* Tibbiy maʼlumotnoma ushbu kasalliklar yuzasidan qoʻyilgan tashxislar boʻyicha belgilangan muddatlar (2 oy, 4 oy, 6 oy, 1 yil) doirasida beriladi.
** Tibbiy maʼlumotnoma ushbu kasalliklar uchun doimiy muddatga beriladi.
Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxatiga ILOVA
