3-modda. Pirotexnika buyumlari
Pirotexnika buyumlarining muomalasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1111-son) · Sana: 13.01.2026 · Amalda
Pirotexnik tarkibning yonishi (portlashi) yordamida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun moʻljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlaridir.
Pirotexnik tarkib gazsimon va kondensatsiyalangan mahsulotlarning yonishi (portlashi) jarayonida issiqlik energiyasini hamda mexanik energiyani ishlab chiqaruvchi komponentlar aralashmasidir.
Pirotexnika buyumlari ularning xavflilik zonasi, shu jumladan atrofdagi fazoning zararlanish darajasidan kelib chiqib, xavflilikning I — V sinflariga boʻlinadi.
Pirotexnika buyumlarini xavflilikning sinflari boʻyicha tasniflash mezonlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
