Aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga yangi nom berish toʻgʻrisida (3-son)
09.01.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilgan aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Yangi nom berilgan aeroport, avtovokzallar va avtostansiyalarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, normativ-huquqiy hujjatlar, ish yuritish hujjatlari, xaritalar va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.
3. Transport vazirligi “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalar nomlarining davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi hamda yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar, maʼlumotlar bazalariga oʻzgartirishlar kiritilishini;
aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalarda oʻrnatilgan peshlavhalar hamda axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026 yil 9 yanvar,
3-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 3-son qaroriga 1-ILOVA
Nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilgan aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalar
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 3-son qaroriga 2-ILOVA
Yangi nom berilgan aeroport, avtovokzallar va avtostansiyalarning
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 3-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
13-ilovada:
a) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “и” kichik band bilan toʻldirilsin:
“и) автовокзалнинг (автостанциянинг) номи**”;
b) 10-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“**Автовокзал, автостанцияга Транспорт вазирлигининг таклифига кўра Вазирлар Маҳкамаси томонидан ном берилади ҳамда уларнинг номлари ўзгартирилади”.
