Mamlakatimizdagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish toʻgʻrisida (4-son)
09.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasining xulosasiga koʻra mamlakatimizdagi ayrim togʻ tizmalari, togʻ va choʻqqilar nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mamlakatimizdagi ayrim togʻ tizmalari, togʻ va choʻqqilar nomlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, normativ-huquqiy hujjatlar, xaritalar, ish yuritish hujjatlari va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.
3. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda togʻ tizmalari, togʻ va choʻqqilar nomlarining davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi, yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar hamda maʼlumotlar bazalariga oʻzgartirishlar kiritilishini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda togʻ tizmalari, togʻ va choʻqqilarda oʻrnatilgan peshlavhalar hamda axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026 yil 9 yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga ILOVA
Mamlakatimizdagi ayrim togʻ tizmalari, togʻ va choʻqqilar nomlari
ROʻYXATI
