“Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5-son)
12.01.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Fargʻona tumanining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, togʻli hududlarning zaxira imkoniyatlarini ishga tushirish, aholini xizmat koʻrsatish va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, turistlar va tadbirkorlik subyektlari uchun infratuzilma yaratish, master reja asosida xizmat koʻrsatish majmualarini tashkil qilish, xalqaro kurort zonasini rivojlantirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida qaror qilaman:
I. Turistik zona tashkil etish
1. Fargʻona viloyati hokimligi va Turizm qoʻmitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) umumiy maydoni 2 396 gektar boʻlgan, 1-ilovadagi loyihalarni oʻz ichiga oluvchi “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasini (keyingi oʻrinlarda — Turistik zona) tashkil etish;
(b) Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Shohimardon — Yordon” turizmni rivojlantirish direksiyasi faoliyati tugatilib, uning negizida Fargʻona viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
(v) Fargʻona viloyatining turistik salohiyatga ega boshqa hududlarini, shu jumladan, loyihalarni Direksiya maʼmuriy-xoʻjalik boshqaruviga berish;
(g) Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida joylashgan Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi hududida yer toifasini oʻzgartirmagan holda 20 gektar yer maydonida ekoturizm maskani va ovchilik xoʻjaligini tashkil etish uchun investor jalb etish. Bunda investorga hududda joylashgan Yozyovon tabiiy yodgorligi atrofini sim toʻsiq bilan oʻrash orqali ov qilish uchun yopiq boʻlgan yovvoyi hayvonlarni takror koʻpaytirish uchastkasini tashkil etish majburiyatini belgilash.
2. Quyidagilar:
(a) Turistik zona chegaralarining tavsifi:
(i) “Shohimardon — Yordon” umummavsumiy xalqaro kurort zonasi boʻyicha 1.1-ilovaga muvofiq;
(ii) “Chimyon” sanatoriy-kurort zonasi boʻyicha 1.2-ilovaga muvofiq;
(iii) “Vodil” agroturizm klasteri boʻyicha 1.3-ilovaga muvofiq;
(iv) “Avval” koʻngilochar turizm majmuasi boʻyicha 1.4-ilovaga muvofiq;
(b) Turistik zonani rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, manzilli va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha:
(i) “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq;
(ii) 2026 — 2028-yillarda “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasi uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish boʻyicha manzilli dastur 3-ilovaga muvofiq;
(iii) 2026 — 2029-yillarda “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasi hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) Turistik zona faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi va ushbu davr mobaynida:
(i) Turistik zonaga tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, yoʻllarni qurish va taʼmirlash, infratuzilma obyektlarini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
(ii) Turistik zona infratuzilmasining qurilishini moliyalashtirish xarajatlari belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshiriladi;
(b) Turistik zonada quriladigan obyektlar hududiga qadar tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yetkazib berish, koʻchirish hamda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq quyidagilar:
(i) elektr tarmoqlarini qurish ishlari — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ;
(ii) ichimlik va oqova suv tizimini qurish ishlari — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” UK;
(iii) aloqa va internet tarmoqlarini qurish ishlari — “Oʻzbektelekom” AK;
(iv) avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash ishlari — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining tizim korxonalari buyurtmachiligida amalga oshiriladi;
(v) Turistik zonadagi turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) investorlarga realizatsiya qilish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan Direksiyaga oʻtkaziladi va ushbu yer uchastkalarini:
(i) realizatsiya qilishdan va ijaraga berishdan kelib tushgan mablagʻlar auksion xarajatlari chegirib tashlangan holda Direksiyaning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(ii) realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari) toʻliqligicha Direksiyaga yoʻnaltiriladi;
(iii) realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish hamda togʻ turizmi loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
(g) Turistik zona hududida turistik obyektlarni qurish va ulardan foydalanish, ushbu obyektlarning Turistik zonaning bosh rejasiga muvofiqligi Direksiya tomonidan nazorat qilinadi.
II. Turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasini barpo etish
4. Fargʻona viloyati hokimligi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(a) Turistik zonada turistik infratuzilmani yaratish maqsadida:
(i) ikki oy muddatda Turistik zona hududidagi yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda daraxt va butalar toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini, mavjud daraxt va butalar belgilangan tartibda muhofazaga olinishini;
(ii) uch oy muddatda yer uchastkalari olib qoʻyilishi va (yoki) bino hamda inshootlari buzilishi natijasida mulkdorlarga yetkaziladigan zararlar miqdoriga aniqlik kiritilishini;
(iii) baholash ishlarini tashkil etish uchun zarur hujjatlar, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻplami tayyorlanishi, baholovchi tashkilotlar jalb qilinishi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar ekspertizadan oʻtkazilishini;
(iv) yer uchastkalari olib qoʻyilishidan avval mulkdorlarga kompensatsiya toʻlovlari toʻliq hajmda toʻlab berilishini taʼminlasin. Bunda:
yer uchastkalari egalariga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi;
Turistik zona hududida amalga oshiriladigan loyihalar uchun ajratiladigan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari loyiha tashabbuskorlari tomonidan qoplab beriladi;
(b) 2026-yil 1-martga qadar Turistik zonaning batafsil rejalashtirish loyihalari, 2026-yil 1-aprelga qadar Direksiya tomonidan Turistik zonani rivojlantirish master rejasi quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin:
(i) Turistik zona hamda uni boshqa hududlar bilan bogʻlovchi yoʻllarda maxsus piyodalar va velosiped yoʻlaklarini belgilash;
(ii) elektromobillar va boshqa turdagi transport vositalari (quvvat oluvchi gibrid transport vositalari) uchun quvvatlanish stansiyalari nuqtalarini belgilash;
(iii) hududda oʻrnatilgan tartibda aeronavigatsiya vositalari va kichik sigʻimdagi havo kemalari (vertolyotlar) uchun uchish-qoʻnish maydonchalarini, shuningdek, zamonaviy dor yoʻllarini joylashtirishni belgilash;
(iv) sportning ekstremal turlari (paraplanlar va deltaplanlar), shu jumladan, ziplayn, fotosuratlar olish uchun manzarali joylarda selfi zonalar kabi obyektlarni joylashtirish;
(v) yoʻl koʻrsatkichlari va sanitariya-gigiyena shoxobchalarini joylashtirish;
(vi) turistik, ijtimoiy, xizmat koʻrsatish va sanoat obyektlarini barpo etish joylari, transport-logistika yoʻnalishlarini belgilash;
(vii) qattiq maishiy chiqindilarni tashlash, ularni yigʻish nuqtalarini belgilash va tashib ketish yoʻnalishlarini koʻrsatish;
(viii) quriladigan piyodalar yoʻlakchalari boʻyida tungi yoritish chiroqlari (quyosh panelli) oʻrnatish nuqtalarini belgilash;
(ix) tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE turizm) oʻtkazishga moʻljallangan kongress xoll, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek, turistlarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan “Visitor center” joylarini belgilash;
(x) turistik koʻchalarni, shu jumladan, zamonaviy suvenir va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi, ovqatlanish obyektlari joylashuvini belgilash;
(v) ikki oy muddatda Turistik zona faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Belgilansinki, Turistik zona hududidagi 291 gektar yer maydoni uchun dastlabki master reja Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-245-son qaroriga muvofiq ishlab chiqiladi.
6. Fargʻona viloyati hokimligi bir oy muddatda Direksiya faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar va transport vositalari bilan taʼminlash uchun qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan zarur mablagʻlarni ajratsin.
III. Turistik zonada turizm xizmatlarini rivojlantirish
7. Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov):
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Direksiya bilan birgalikda:
(i) ikki oy muddatda Fargʻona tumani Turistik zona hududi doirasida 5-ilovada belgilangan yer uchastkalarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin;
(ii) Fargʻona tumanida “Vodil” malina agroturizm klasterini turistik obyektga aylantirish uchun zarur infratuzilmani yaratsin va salohiyatli tadbirkorlarni jalb etgan holda malina bogʻlari (plantatsiyalari) hududida yengil konstruksiyali xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil qilsin;
(b) 2026-2027-yillarda Yozyovon tumani Markaziy Fargʻona suv ombori atrofidagi yer maydonlarida turizm xizmatlarini tashkil qilish orqali ish oʻrinlarini yaratsin.
8. Fargʻona viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Turonbank” ATBning:
(a) Fargʻona tumani “Sanoat” va “Hosilot” MFY hududlarida xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi asosida malina plantatsiyalarini tashkil qilish, muzlatkichlar va chuqur qayta ishlash sexlarini qurish orqali agroturizm xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
(b) Fargʻona tumani hokimligi zaxirasidagi 25 gektar yer maydonini “Turonbank” ATBga qonunchilikda belgilangan tartibda 30 yilga ijara huquqi asosida berish;
(v) “Turonbank” ATB ushbu yer maydonida tomchilatib sugʻorish texnologiyasi yordamida malina plantatsiyalarini tashkil qilib, ishsizlar, kambagʻal oilalarga 15 sotixdan 5 yil muddatga belgilangan tartibda biznes ijarasi asosida ajratish choralarini koʻrishi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
IV. Turistik zonaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish
9. Turizm qoʻmitasi va Fargʻona viloyati hokimligi:
(a) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
(i) Turistik zona hududida turistik infratuzilma obyektlarini barpo etish, shu jumladan, ikki bosqichda Shohimardon — Yordon va Yordon — Dugoba yoʻnalishlarida zamonaviy kabinali dor yoʻllari, osma koʻprik, ziplaynni loyihalashtirish va qurish uchun nufuzli tashkilotlarni, salohiyatli xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish;
(ii) istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish, Turistik zona hududida, birinchi navbatda, yoʻl-transport infratuzilmasi hamda kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va grantlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
(b) Tashqi ishlar vazirligi hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar Turistik zona brendini yaratib, respublika hududida hamda xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish choralarini koʻrsin;
(v) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Turistik zonadagi obyektlarning qurilishiga salohiyatli investorlarni jalb etish maqsadida ushbu hududlarning turistik jozibadorligi va imkoniyatlariga oid videorolik va targʻibot materiallarini tayyorlab, mediarejaga muvofiq mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin;
(g) alohida reja-grafik asosida Turistik zona hududida tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun mehmondoʻstlik va xizmat koʻrsatish etikasi boʻyicha, shu jumladan, masofaviy oʻquv seminarlarini tashkil etsin.
10. Fargʻona viloyati hokimligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi va Energetika vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin:
(a) “Shohimardon” va “Yordon” MFY hududidan oqib oʻtadigan Shohimardonsoyning qirgʻoqlari va oʻzanlarini mustahkamlash, shu jumladan, turizm obyektlari va aholi yashash punktlarini sel xavfidan himoyalash;
(b) “Shohimardon” va “Yordon” MFYdagi aholiga xizmat koʻrsatish obyektlaridan chiqadigan maishiy chiqindilarni reja-grafik asosida tashish xizmatini yoʻlga qoʻyish;
(v) aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun “Shohimardon” MFY Porsin koʻchasida joylashgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansidagi (sobiq “Vodiygaztaʼminot” UK) dam olish maskani hududida boʻsh turgan 30 sotix yer maydonini “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali balansiga mulk huquqi asosida oʻtkazish va “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari hisobidan gaz toʻldirish shoxobchasini qurish;
(g) “Avval” va “Mozortagi” MFYlar hududida 4 km uzunlikda kanalizatsiya tarmogʻini tortish;
(d) Turistik zonada energiya saqlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (mini va mikro quyosh stansiyalari) qurish;
(j) aholi va boshqa isteʼmolchilarni (tibbiy muassasalar, mehmonxonalar va turizm obyektlari) elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash uchun podstansiya, transformatorlar va tarmoqlarni moslashtirish;
(z) Turizm axborot markazini tashkil qilish, turizm xaritasini va yoʻl belgilarini oʻrnatish.
11. Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va Bojxona qoʻmitasi Fargʻona tumanining “Vodil” va “Oqqiya” chegara oʻtkazish punktlariga xalqaro maqom berish masalasida takliflar ishlab chiqishda Shohimardon, Yordon qishloqlariga hamda Qurbon koʻli va “Dugoba” dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilarning toʻsiqsiz oʻtishlarini taʼminlashni nazarda tutsin.
12. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov):
(a) Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda 2026 — 2028-yillarda Turistik zonada Xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasi doirasida “Xavfsiz turizm” apparat-dasturiy kompleksini toʻliq joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirsin;
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ichki ishlar boʻlimining bino-inshootlari holatini va moddiy-texnika taʼminotini zamonaviy yechimlarni tatbiq etish orqali tubdan yaxshilashga qaratilgan dastur ishlab chiqib, 2026 — 2028-yillar davomida Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish choralarini koʻrsin.
13. Turistik zonada obyektlarni loyihalash, qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirish doirasida xorijiy tashkilotlar vakillari, investorlar hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Direksiya buyurtmanomalari asosida qisqa muddatda:
(a) Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
(b) Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi (muddati uzaytirilishi) hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini (muddati uzaytirilishini);
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy mutaxassislarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-440-son qarorining 14-bandi “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
15. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishning quyidagi tartibi belgilansin:
(a) qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov hamda Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov belgilansin;
(b) Turistik zonani rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, manzilli va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
(i) Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov), Turizm qoʻmitasi (A. Aqqulov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvonqulov) Turistik zona infratuzilmasini rivojlantirish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etishga;
(ii) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) manzilli va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga;
(iii) Markaziy bank (T. Ishmetov) va Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) Turistik zonaga tijorat banklari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning imtiyozli kreditlari va moliyaviy resurslarini manzilli jalb etishga;
(v) qaror ijrosi natijalarini har chorakda tanqidiy muhokama qilish va Turistik zonani rivojlantirish choralarini belgilab borish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
16. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi G.O. Umerova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-yanvar,
PQ-5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 1-ILOVA
“Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasi loyihalari
TARKIBI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 1.1-ILOVA
“Shohimardon — Yordon” umummavsumiy xalqaro kurort zonasi chegaralarining tavsifi
Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan “Shohimardon-Yordon” turistik markazi chegarasidagi avtomobil yoʻlining chap tomonida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalari tizimida shimoliy kenglik koordinatalari N40°00'28.7467'', sharqiy uzunlik koordinatalari E71°47'34.0190'').
1-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab “Shohimardon-Yordon” avtomobil yoʻlining chap tomoniga shimoli-sharqiy yoʻnalishda 874 metr masofadagi 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°0'11.35''S, sharqiy uzunlik 71°48'18.75''V).
2-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-sharqiy yoʻnalishda 940 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°59'45.33''S, sharqiy uzunlik 71°48'34.96''V).
3-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab shimoli-sharqiy yoʻnalishda 582,1 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°59'25.78''S, sharqiy uzunlik 71°48'37.73''V).
4-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab shimoli-sharqiy yoʻnalishda 604 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°59'6.61''S, sharqiy uzunlik 71°48'43.02''V).
5-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-janubiy yoʻnalishda 420,75 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N39°57'27.0957, sharqiy uzunlik E71°50'23.5924'').
6-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 493,5 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'54.97''S, sharqiy uzunlik 71°48'58.27''V).
7-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 134,1 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'51.72''S, sharqiy uzunlik 71°48'53.46''V).
8-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 112 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'49.04''S, sharqiy uzunlik 71°48'56.35''V).
9-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy gʻarbiy yoʻnalishda 326.7 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'47.65''S, sharqiy uzunlik 71°49'14.80''V).
10-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-shimoliy yoʻnalishda 560 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'38.18''S, sharqiy uzunlik 71°49'33.15''V).
11-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-shimoliy sharqiy yoʻnalishda 324,6 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'31.58''S, sharqiy uzunlik 71°49'23.15''V).
12-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 264 metr masofada togʻ choʻqqisidagi 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'25.79''S, sharqiy uzunlik 71°49'31.69''V).
13-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 161 metr masofada 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'27.91''S, sharqiy uzunlik 71°49'37.76''V).
14-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 175,2 metr masofada 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'23.59''S, sharqiy uzunlik 71°49'43.42''V).
15-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 96 metr masofada 16-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'20.89''S, sharqiy uzunlik 71°49'41.66''V).
16-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 205 metr masofada 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'15.63''S, sharqiy uzunlik 71°49'46.84''V).
17-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 329 metr masofada 18-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'15.15''S, sharqiy uzunlik 71°49'59.50''V).
18-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 224 metr masofada 19-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'8.99''S, sharqiy uzunlik 71°49'52.99''V).
19-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 782 metr masofada 20-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'3.16''S, sharqiy uzunlik 71°50'3.52''V).
20-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 200 metr masofada 21-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°57'41.26''S, sharqiy uzunlik 71°50'32.69''V).
21-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 260 metr masofada 22-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°57'36.42''S, sharqiy uzunlik 71°50'24.16''V).
22-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 290 metr masofada 23-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°57'27.00''S, sharqiy uzunlik 71°50'28.48''V).
23-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 523 metr masofada 24-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°57'31.79''S, sharqiy uzunlik 71°50'20.59''V).
24-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 340 metr masofada 25-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'4.64''S, sharqiy uzunlik 71°49'46.15''V).
25-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 730 metr masofada 26-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'15.59''S, sharqiy uzunlik 71°49'28.78''V).
26-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 253 metr masofada 27-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'20.71''S, sharqiy uzunlik 71°49'19.72''V).
27-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 800 metr masofada 28-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°59'2.31''S, sharqiy uzunlik 71°48'27.36''V).
28-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 020 metr masofada 29-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'29.07''S, sharqiy uzunlik 71°48'10.11''V).
29-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 677 metr masofada 30-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'6.19''S, sharqiy uzunlik 71°47'6.63''V).
30-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 329 metr masofada 31-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°57'43.26''S, sharqiy uzunlik 71°46'19.12''V).
31-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 533 metr masofada 32-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°57'0.13''S, sharqiy uzunlik 71°45'52.82''V).
32-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 2 104 metr masofada 33-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°56'11.95''S, sharqiy uzunlik 71°44'48.87''V).
33-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 430 metr masofada 34-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°56'59.73''S, sharqiy uzunlik 71°45'21.92''V).
34-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 783 metr masofada 35-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°57'17.66''S, sharqiy uzunlik 71°45'41.00''V).
35-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 807 metr masofada 36-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°57'36.73''S, sharqiy uzunlik 71°45'16.43''V).
36-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 993 metr masofada 37-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°58'10.76''S, sharqiy uzunlik 71°46'33.54''V).
37-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 3 010 metr masofada 38-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°59'8.68''S, sharqiy uzunlik 71°48'15.63''V).
38-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 223 metr masofada 39-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°59'40.75''S, sharqiy uzunlik 71°47'39.40''V).
39-nuqtadan chegara chizigʻi Shohimardon togʻlari yonbagʻridan toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 472 metr masofada 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40° 0'19.37''S, sharqiy uzunlik 71°47'28.15''V).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 1.2-ILOVA
“Chimyon” sanatoriy-kurort zonasi chegaralarining tavsifi
Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani “Langar” MFY hududida joylashgan “Chimyon” sanatoriy-rekreatsion kurort zonasi turistik markazi chegarasidagi avtomobil yoʻlining chap tomonida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalari tizimida shimoliy kenglik koordinatalari N40°15'59.5336'', sharqiy uzunlik koordinatalari E71°32'34.9147'').
1-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab avtomobil yoʻlining chap tomonidan gʻarbdan-sharq yoʻnalishda 4 781,2 metr masofadagi 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'59.00''S, sharqiy uzunlik 71°35'59.80''V).
2-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 788,2 metr masofadagi 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°16'12.20''S, sharqiy uzunlik 71°36'27.67''V).
3-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab shimoli-janubiy yoʻnalishda 1 685,3 metr masofadagi 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°15'28.3787'', sharqiy uzunlik E71°36'54.4050'').
4-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 530,2 metr masofadagi 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°16'2.06''S, sharqiy uzunlik 71°36'46.19''V).
5-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 853 metr masofadagi 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'30.75''S, sharqiy uzunlik 71°36'45.27''V).
6-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 413 metr masofadagi 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'22.76''S, sharqiy uzunlik 71°36'30.80''V).
7-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 831,2 metr masofadagi 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'19.42''S, sharqiy uzunlik 71°35'56.25''V).
8-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 370 metr masofadagi 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'7.76''S, sharqiy uzunlik 71°35'55.63''V).
9-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 296 metr masofadagi 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'6.15''S, sharqiy uzunlik 71°35'43.22''V).
10-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 284 metr masofadagi 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°14'57.34''S, sharqiy uzunlik 71°35'43.01''V).
11-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 242 metr masofadagi 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°14'53.55''S, sharqiy uzunlik 71°35'52.07''V).
12-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 250 metr masofadagi 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°14'45.46''S, sharqiy uzunlik 71°35'51.97''V).
13-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 475 metr masofadagi 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°14'56.58''S, sharqiy uzunlik 71°35'38.41''V).
14-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 802 metr masofadagi 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'5.73''S, sharqiy uzunlik 71°35'7.02''V).
15-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 164 metr masofadagi 16-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'0.56''S, sharqiy uzunlik 71°35'10.07''V).
16-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 463 metr masofadagi 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°14'57.57''S, sharqiy uzunlik 71°34'50.67''V).
17-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 85 metr masofadagi 18-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°14'54.69''S, sharqiy uzunlik 71°34'49.96''V).
18-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 145 metr masofadagi 19-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°14'54.55''S, sharqiy uzunlik 71°34'43.48''V).
19-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 172,3 metr masofadagi 20-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°14'58.74''S, sharqiy uzunlik 71°34'43.52''V).
20-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 310,1 metr masofadagi 21-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'0.44''S, sharqiy uzunlik 71°34'31.15''V).
21-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 608 metr masofadagi 22-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'19.12''S, sharqiy uzunlik 71°34'24.28''V).
22-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 1 540,1 metr masofadagi 23-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'12.64''S, sharqiy uzunlik 71°33'19.39''V).
23-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 512 metr masofadagi 24-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'28.95''S, sharqiy uzunlik 71°33'21.92''V).
24-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 492 metr masofadagi 25-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'35.02''S, sharqiy uzunlik 71°33'2.76''V).
25-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 449 metr masofadagi 26-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'39.59''S, sharqiy uzunlik 71°32'44.44''V).
26-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 209 metr masofadagi 27-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'40.10''S, sharqiy uzunlik 71°32'35.32''V).
27-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 574 metr masofadagi 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°15'58.89''S, sharqiy uzunlik 71°32'35.54''V).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 1.3-ILOVA
“Vodil” agroturizm klasteri chegaralarining tavsifi
Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani “Margʻilon” MFY hududida joylashgan “Vodil” malina agroturizm klasteri turistik markazi chegarasidagi avtomobil yoʻlining oʻng tomonida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalari tizimida shimoliy kenglik koordinatalari N40°11'23.3891'', sharqiy uzunlik koordinatalari E71°44'10.4812'').
1-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab shimoli-janubiy yoʻnalishda 567 metr masofadagi 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'23.15'', sharqiy uzunlik E71°44'10.86'').
2-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 696 metr masofadagi 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'0.68'', sharqiy uzunlik E71°44'5.59'').
3-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab shimoli-janubiy yoʻnalishda 82,3 metr masofadagi 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'0.39'', sharqiy uzunlik E71°44'9.11'').
4-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 812 metr masofadagi 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'33.87'', sharqiy uzunlik E71°44'6.36'').
5-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 678,5 metr masofadagi 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'14.55'', sharqiy uzunlik E71°43'53.08'').
6-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-gʻarbiy yoʻnalishida 237,2 metr masofadagi 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'6.82'', sharqiy uzunlik E71°43'54.12'').
7-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 185,7 metr masofadagi 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'5.70''S, sharqiy uzunlik E71°44'5.47''V).
8-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 268,3 metr masofadagi 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'24.7430'', sharqiy uzunlik E71°43'17.9803'').
9-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 156,3 metr masofadagi 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'1.57''S, sharqiy uzunlik E71°44'10.14''V).
10-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 594,2 metr masofadagi 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°9'42.72''S, sharqiy uzunlik E71°44'4.23''V).
11-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 188 metr masofadagi 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°9'43.52''S, sharqiy uzunlik E71°43'56.30''V).
12-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 66 metr masofadagi 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40° 9'42.02''S, sharqiy uzunlik E71°43'54.07''V).
13-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 291 metr masofadagi 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40° 9'32.80''S, sharqiy uzunlik E71°43'50.62''V).
14-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 337 metr masofadagi 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40° 9'22.01''S, sharqiy uzunlik E71°43'52.78''V).
15-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 135 metr masofadagi 16-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40° 9'22.53''S, sharqiy uzunlik E71°43'47.14''V).
16-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 247 metr masofadagi 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40° 9'14.84''S, sharqiy uzunlik E71°43'50.43''V).
17-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 220 metr masofadagi 18-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40° 9'8.58''S, sharqiy uzunlik E71°43'48.57''V).
18-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 195 metr masofadagi 19-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40° 9'9.29''S, sharqiy uzunlik E71°43'44.36''V).
19-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab soy hududidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 215 metr masofadagi 20-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°9'4.04''S, sharqiy uzunlik E71°43'35.14''V).
20-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 527 metr masofadagi 21-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°9'20.51''S, sharqiy uzunlik E71°43'28.76''V).
21-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 313 metr masofadagi 22-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'3.14''S, sharqiy uzunlik E71°43'33.94''V).
22-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 152 metr masofadagi 23-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'3.63''S, sharqiy uzunlik E71°43'25.38''V).
23-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 764 metr masofadagi 24-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'25.47''S, sharqiy uzunlik E71°43'10.18''V).
24-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 366 metr masofadagi 25-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'37.45''S, sharqiy uzunlik E71°43'6.43''V).
25-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 648 metr masofadagi 26-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'38.67''S, sharqiy uzunlik E71°42'39.09''V).
26-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 434 metr masofadagi 27-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'52.96''S, sharqiy uzunlik E71°42'39.50''V).
27-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 174 metr masofadagi 28-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'54.13''S, sharqiy uzunlik E71°42'46.84''V).
28-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 250 metr masofadagi 29-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°10'58.21''S, sharqiy uzunlik E71°42'38.16''V).
29-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 489 metr masofadagi 30-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'13.95''S, sharqiy uzunlik E71°42'35.96''V).
30-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 292 metr masofadagi 31-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'15.38''S, sharqiy uzunlik E71°42'23.65''V).
31-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 201 metr masofadagi 32-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'21.90''S, sharqiy uzunlik E71°42'20.63''V).
32-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 201 metr masofadagi 33-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'11.91''S, sharqiy uzunlik E71°42'50.42''V).
33-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 1 918 metr masofadagi 34-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'23.04''S, sharqiy uzunlik E71°44'10.57''V).
34-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 801 metr masofadagi 35-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'42.93''S, sharqiy uzunlik E71°42'53.96''V).
35-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 487 metr masofadagi 36-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'39.23''S, sharqiy uzunlik E71°43'14.76''V).
36-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 624 metr masofadagi 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°11'18.49''S, sharqiy uzunlik E71°43'31.84''V).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 1.4-ILOVA
“Avval” koʻngilochar turizm majmuasi chegaralarining tavsifi
Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani “Oqtepa” MFY hududida joylashgan “Avval” koʻngilochar klasteri turistik markazi chegarasidagi kanalning suv oqimiga qarshi oʻng tomonida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalari tizimida shimoliy kenglik koordinatalari N40°19'39.6910'', sharqiy uzunlik koordinatalari E71°49'27.5827'').
1-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab avtomobil yoʻlining chap tomonidan shimoli-janubiy yoʻnalishda 153 metr masofadagi 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°19'12.81'', sharqiy uzunlik E71°49'53.41'').
2-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 344 metr masofadagi 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°19'6.96'', sharqiy uzunlik E71°49'57.25'').
3-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 100 metr masofadagi 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°19'7.96,'' sharqiy uzunlik E71°50'11.93'').
4-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 168,8 metr masofadagi 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°19'1.20'' sharqiy uzunlik E71°50'7.69'').
5-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 296,3 metr masofadagi 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'05.3707'', sharqiy uzunlik E71°50'14.6558'').
6-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 134 metr masofadagi 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'58.21'', sharqiy uzunlik E71°50'11.36'').
7-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab sharqi-gʻarbiy yoʻnalishda 780 metr masofadagi 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'34.47'', sharqiy uzunlik E71°50'22.35'').
8-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 543,6 metr masofadagi 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'27.4627'', sharqiy uzunlik E71°49'43.1629'').
9-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 107 metr masofadagi 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'30.97'', sharqiy uzunlik E71°50'21.65'').
10-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab janubi-shimoliy yoʻnalishda 166,9 metr masofadagi 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'31.64'', sharqiy uzunlik E71°50'14.56'').
11-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 500 metr masofadagi 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'18.04'', sharqiy uzunlik E71°50'18.89'').
12-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 272,5 metr masofadagi 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'17.93'', sharqiy uzunlik E71°50'19.06'').
13-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 115,1 metr masofadagi 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'8.89'' sharqiy uzunlik E71°50'19.73'').
14-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 127,3 metr masofadagi 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'12.54'', sharqiy uzunlik E71°50'17.05'').
15-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning oʻng tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 200 metr masofadagi 16-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'10.19'' sharqiy uzunlik E71°50'9.16'').
16-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning oʻng tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 239 metr masofadagi 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'2.54'', sharqiy uzunlik E71°50'9.07'').
17-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning oʻng tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 271,3 metr masofadagi 18-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'3.01'', sharqiy uzunlik E71°49'57.40'').
18-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning oʻng tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 242 metr masofadagi 19-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'10.84'', sharqiy uzunlik E71°49'59.10'').
19-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 122,3 metr masofadagi 20-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'10.94'', sharqiy uzunlik E71°49'53.90'').
20-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 50 metr masofadagi 21-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'9.40''S, sharqiy uzunlik E71°49'53.12''V).
21-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 194,3 metr masofadagi 22-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'7.48''S, sharqiy uzunlik E71°49'45.32''V).
22-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 222,3 metr masofadagi 23-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'14.53''S, sharqiy uzunlik E71°49'47.24''V).
23-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 20 metr masofadagi 24-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'14.80'', sharqiy uzunlik E71°49'48.04''V).
24-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 204,3 metr masofadagi 25-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'21.36''S, sharqiy uzunlik E71°49'46.49''V).
25-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 112,5 metr masofadagi 26-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'22.22''S, sharqiy uzunlik E71°49'51.12''V).
26-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 842 metr masofadagi 27-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'48.72''S, sharqiy uzunlik E71°49'57.55''V).
27-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 69 metr masofadagi 28-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'48.87''S, sharqiy uzunlik E71°49'51.56''V).
28-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻylab mahalliy yoʻlning chap tomonidan gʻarbi-sharqiy yoʻnalishda 332 metr masofadagi 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik N40°18'57.68'', sharqiy uzunlik E71°49'52.21'').
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 2-ILOVA
“Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 3-ILOVA
2026 — 2028-yillarda “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasi uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish boʻyicha
MANZILLI DASTUR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 4-ILOVA
2026 — 2029-yillarda “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasi hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
Izoh. Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan mazkur loyihalar parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi, istiqbolsiz loyihalar yangi istiqbolli loyihalarga almashtirilishi, loyihalar qiymati va muddatlari muvofiqlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-son qaroriga 5-ILOVA
“Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish uchun yer fondi toifasi oʻzgartiriladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI
