Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (157-son)
06.07.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarorining 3-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-iyul,
157-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat teatr-tomosha muassasalarining maqomida:
kirish qismining toʻrtinchi va oʻn birinchi xatboshida, 2, 4-bandlarida, 10-bandning birinchi xatboshida, 11, 13, 15-bandlari, 17-bandning “b” kichik bandida va IV boʻlimning birinchi xatboshida “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport ishlari” soʻzlari qoʻshilsin;
18-bandning oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chetdan keladigan teatr-tomosha muassasalariga respublika hududida gastrolda boʻlish uchun guvohnoma berish huquqi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga (teatr jamoalariga), M. Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasiga (konsert-filarmoniya jamoalariga), “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasiga (estrada jamoalariga) beriladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston qoʻshiq bayrami toʻgʻrisida” 1996-yil 18-noyabrdagi 403-son qarorida:
a) 1, 5-bandlarga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin, shuningdek 5-banddagi “Ijtimoiy taʼminot” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston qoʻshiq bayrami toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “Ijtimoiy taʼminot” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek, “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 5-martdagi 98-son qarorining 3 va 5-bandlariga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin, shuningdek 5-bandda “Makroiqtisodiyot va statistika” soʻzlari “Iqtisodiyot” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti nizomining 4-bandiga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
