Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqani ifloslantiruvchi ayrim moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0095-25-son SanQvaN) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish to'g'risida (33-son)
15.12.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 5-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 381]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqani ifloslantiruvchi ayrim moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0095-25-son SanQvaN) (hisob raqami 365, 2025-yil 4-avgust) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu qarorga ilovaning 1, 2, 4 va 6-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirgandan soʻng amalga kiritiladi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-dekabr,
33-son
Kelishildi:
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
2025-yil 11-dekabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 7-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 05-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 15-dekabrdagi 33-son qaroriga ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqani ifloslantiruvchi ayrim moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0095-25-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu sanitariya qoidalari oziq-ovqat biznesi operatorlariga nisbatan qoʻllaniladi.”.
2. 3-banddagi “Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqa muomalasi bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar” degan soʻzlar “Oziq-ovqat biznesi operatorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 11-band quyidagi tahririda bayon etilsin:
“11. Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqalarni ifloslantiruvchi ayrim moddalarni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti reyestrida keltirib oʻtilgan usullar orqali amalga oshirilishi lozim.
Agar kerakli uslub reyestrda mavjud boʻlmasa yoki amalda qoʻllashga yaroqsiz deb topilsa, laboratoriyalarda xalqaro miqyosda tan olingan uslublardan (ISO, ISO/EN, AOAC OMA, Codex Alimentarius) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, bunda uslublarning mosligi ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq tasdiqlangan boʻlishi lozim.”.
4. 13-banddagi “oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqa muomalasi bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga” degan soʻzlar “oziq-ovqat biznesi operatorlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Saralash yoki ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytirish boʻyicha qoʻshimcha ishlov berishni (kimyoviy ishlov berish bundan mustasno) talab etuvchi mahsulotlarning har bir alohida partiyasi (birligi) tamgʻasida “mazkur mahsulot yakuniy isteʼmolchiga yetkazilishidan yoki oziq-ovqat mahsuloti tarkibiy qismi sifatida foydalanilishidan avval ifloslantiruvchi moddalarning miqdorini kamaytirish maqsadida saralanishi yoki boshqa fizik ishlovdan oʻtkazilishi shart” degan maʼlumot koʻrsatilishi zarur.”.
6. 21-banddagi “oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqa muomalasi bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar” degan soʻzlar “oziq-ovqat biznesi operatorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 1 va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqani ifloslantiruvchi ayrim moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0095-25-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqani ifloslantiruvchi ayrim moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0095-25-son SanQvaN) 1-ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqani ifloslantiruvchi ayrim moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajasi
