Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1419-son)
25.10.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankI boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 25-oktabrda 1419-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 31-avgustda 964-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarini chop etiladigan hisobotiga talablari toʻgʻrisida nizom” oʻz kuchini yoʻqotadi.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining oʻrinbosari R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi v.b. M. JUMAGALDIYEV
Toshkent sh.,
2-oktabr 2004-yil
21/1-son
