Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet xizmatlarini koʻrsatish Qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1417-son)
05.10.2004
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUgʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 5-oktabrda 1417-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi operatorlari, Internet xizmati provayderlari va foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganidan oʻn kun muddat oʻtgandan keyin kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-avgust,
285-son
