Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani (yangi tahrirda) tasdiqlash haqida (1416-son)
05.10.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 5-oktabrda 1416-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan, qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1998-yil 13-iyulda 37- va 98-105-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (1998-yil 8-oktabr, roʻyxat raqami 498-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1998-yil 13-avgust 37/98-105-son bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 8-oktabrda 498-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi”gi yoʻriqnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1999-yil 24-sentabrda 79 va 99-117-son bilan tasdiqlangan 1-son qoʻshimcha (1999-yil 28-sentabr, roʻyxat raqami 498-1-son).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
87-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
2004-36-son
