Oʻzbekiston Respublikasi Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (828-son)
25.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimizda Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish hamda respublika hududida yuritilayotgan davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarni Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasiga kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri boʻyicha tematik qatlamlarning atributiv maʼlumotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish tartibini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
828-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 828-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha
2-ilova quyidagi mazmundagi boʻlimi bilan toʻldirilsin:
“Togʻ-kon tarmogʻida, geologiya, neft va gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, konchilik, qattiq foydali qazilmalarni qayta ishlash hamda portlatish ishlarida xavfi yuqori boʻlgan zonalar” tematik qatlamining atributiv maʼlumotlari
JADVALI
8-jadvalT/rObyektning identifikatsiya raqamiYer uchastkasining kadastr raqamiObyekt nomiObyektning idoraviy mansubligiObyektning joylashgan joyi(mintaqa)Mintaqa (maʼmuriy-hududiy birliklar belgilash tizimi kodi)12345678-jadvalning davomiObyektning joylashgan joyi(tuman)Tuman(maʼmuriy-hududiy birliklar belgilash tizimi kodi)Obyekt vazifasiHujjat boʻyicha yer maydoni(ga)Ekspluatatsiyaga kiritilgan sanaSanitariya himoya zonasiUmumiy xodimlar soni8910111213148-jadvalning davomiObyektda xodimlarning (bir sutka davomida) ishlash vaqtiObyektdan aholi punktigacha boʻlgan masofa(km)Inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarObyektda yongʻin oʻchirish texnikasi(modeli)Texnogen xavf sodir boʻlganda zararlanish maydoni(m kv)Texnogen xavf rivojlanishida ustunlik qiluvchi turTexnogen xavfi yuqori zonadagi obyektning umumiy bahosi151617181920218-jadvalning davomiObyektdan tuman yongʻin xavfsizligi boʻlimigacha boʻlgan masofa(km)22
Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam maydonli shartli belgi bilan koʻrsatiladi”.
