“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3255-3-son)
25.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3255-3]
Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 12-iyundagi 26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3255, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3255/1031-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-dekabr,
313-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 18-dekabrdagi 313-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning yettinchi xatboshisidan “kasb-hunar maktablari, kollejlar va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 6-ilovada:
nomidan “kasb-hunar maktablari, kollejlar va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “kasb-hunar kollejlarida” degan soʻzlar “texnikumlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 16-ilovaning matnidagi “Suv isteʼmolchilari” degan soʻzlar “Suvdan foydalanuvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 22-ilovada:
“1940 — 1943-toifalar” pozitsiyalaridagi “kasb-hunar kollejlarida” degan soʻzlar “texnikumlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“9270-toifa” va “9280-toifa” pozitsiyalaridagi “suv isteʼmolchilari” degan soʻzlar “suvdan foydalanuvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“9272-toifa” va “9282-toifa” pozitsiyalaridagi “Suv isteʼmolchilari” va “suv isteʼmolchilari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Suvdan foydalanuvchilar” va “suvdan foydalanuvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 23-ilovaning matnidagi “kasb-hunar kollejlari” va “Kasb-hunar kollejlari” degan soʻzlar “texnikumlar” va “Texnikumlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
