Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida (362-son)
22.08.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanish ustidan nazorat qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son farmoyishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika koʻchmas mulk birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq toʻlash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaning 2, 3, 4 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. S. Hamidov va V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-avgust,
362-son
