“Nurli jol” gazetasi tahririyati” va “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1596-V-son)
24.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QARORI
[Koʻchirma]
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” va “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat korxonalarini davlat muassasalari sifatida qayta tashkil etish orqali ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, gazetalarning muntazam nashr etilishini taʼminlash hamda xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. “Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi “Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi sifatida, “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi sifatida qayta tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining ustavi 1-ilovaga muvofiq;
“Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining ustavi 2-ilovaga muvofiq;
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
“Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi xodimlarining shtat jadvali hamda mehnatiga haq toʻlash razryadlari 5-ilovaga muvofiq;
“Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi xodimlarining shtat jadvali hamda mehnatiga haq toʻlash razryadlari 6-ilovaga muvofiq;
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” va “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*7-ilova berilmaydi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” va “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasalarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda budjet mablagʻlari mazkur tahririyatlarning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi;
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” va “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari 2026-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritiladi.
4. “Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi (Gʻ. Yusupov), “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi (Sh. Vakilov) tahririyatlarning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganligi munosabati bilan belgilangan tartibda tahririyatlarning qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Nurli jol” gazetasi tahririyati” va “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasalarini Toshkent shahri Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy manzilidagi binoga (ushbu binodagi taʼmirlash ishlari yakunlangunga qadar vaqtincha Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy koʻchasi, 30-uy manzilidagi binoga) tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrsin.
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 5-iyundagi 801-I-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 5-iyundagi 484-I-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-iyundagi 130-sonli “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat korxonasining ustavi toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 6, 347-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 5-iyundagi 802-I-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 5-iyundagi 485-I-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-iyundagi 131-sonli “Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat korxonasining ustavi toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 6, 348-modda).
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-dekabr,
1596-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 24-dekabr,
KQ-285-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-dekabr,
816-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi 1596-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi KQ-285-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 816-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav “Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining (bundan buyon matnda Tahririyat deb yuritiladi) huquqiy maqomini, asosiy vazifalarini, Tahririyat muassislarining hamda Tahririyatning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, Tahririyat faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tahririyatning muassislari (bundan buyon matnda Muassislar deb yuritiladi) hisoblanadi.
3. Tahririyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
4. Tahririyat oʻziga operativ boshqarish huquqi asosida berilgan davlat mulki asosida tashkil etilgan davlat muassasasidir. Tahririyat oʻziga berilgan mulkdan qonunga, oʻz faoliyatining maqsadlari va vazifalariga, Muassislar topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qiladi, foydalanadi hamda uni tasarruf etadi.
5. Tahririyat yuridik shaxs boʻlib, oʻziga operativ boshqarish uchun berilgan mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisobvaragʻiga, shu jumladan valyuta hisobvaragʻiga, oʻz ramzi va logotiplariga, shtamplari va blankalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻzining toʻliq rasmiy nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
6. Tahririyatning rasmiy nomi:
oʻzbek tilida — “Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi;
qozoq tilida — “Nұrli jol” gazeti redaksiyasi” memlekettik mekemesi;
rus tilida — Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Redaksiya gazeti “Nurli jol”;
ingliz tilida — The state institution “Editorial office of the newspaper “Nurli jol”.
7. Tahririyat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz zimmasiga mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlar va majburiyatlar olishga hamda ularni amalga oshirishga haqli, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Tahririyat davlatning boshqa muassasasi muassisi boʻlishga haqli emas.
8. Tahririyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy, 100000.
9. Tahririyatning asosiy faoliyati — “Nurli jol” ijtimoiy-siyosiy gazetasini (ommaviy axborot vositasi) chiqarishdan iborat.
10. “Nurli jol” gazetasi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy nashr boʻlib, qozoq tilida, haftada ikki marta, A-2 bichimida, toʻrt (zarur hollarda, undan ham koʻp) sahifada chop etiladi.
2-bob. Tahririyatning asosiy vazifalari
11. Tahririyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
“Nurli jol” gazetasida materiallar chop etish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini xolis yoritish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining hamda ular organlarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, shuningdek ularning majlislari va yigʻilishlariga doir materiallarni chop etish;
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hayotida sodir boʻlayotgan demokratik oʻzgarishlar, islohotlar va yangilanishlar, dunyoda yuz berayotgan yangiliklar hamda voqealarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvchi materiallar hamda axborotlarni muntazam chop qilib borish.
12. Tahririyat oʻz asosiy vazifalariga muvofiq:
maqolalar va axborotlarning yuksak professional darajada tayyorlanishini, ularning xolisligi va toʻgʻriligini taʼminlaydi;
tarixiy, umuminsoniy, maʼnaviy, madaniy qadriyatlarga, milliy anʼanalarga qiziqish oʻsib borayotgani munosabati bilan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va yoʻnalishlarini keng yoritib boradi;
adabiy-badiiy ilovalar, albomlar chiqaradi, yuridik va jismoniy shaxslarning reklama hamda eʼlonlarini belgilangan tartibda eʼlon qiladi;
ijodiy jamoada qulay ish sharoitlarini yaratadi, xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan texnika vositalari va boshqa jihozlar bilan taʼminlaydi;
mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlaydi;
xodimlarning ijodiy muvaffaqiyatlarini maʼnaviy va moddiy jihatdan ragʻbatlantirib boradi, ularning kasbiy mahoratini oshirishga koʻmaklashadi, turmush sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
3-bob. Muassislarning huquqlari va majburiyatlari
13. Muassislar quyidagi huquqlarga ega:
Tahririyat faoliyatining turlari, maqsadi va predmetini belgilash;
Tahririyatning tuzilmasini va shtatlar jadvalini tasdiqlash;
Tahririyatning Ustavini tasdiqlash;
Bosh muharrir oʻrinbosari va masʼul kotibni tayinlashga rozilik berish masalasini koʻrib chiqish;
Tahririyat bosh muharriri bilan tuzilgan shartnomani mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin bekor qilish;
Tahririyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatuvchini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mulk bilan bogʻliq bitimlarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish;
Tahririyatga mol-mulkni tasarruf etish uchun ruxsat berish;
Tahririyatning ortiqcha yoki foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish yoki tasarruf etish;
Tahririyatga yetkazilgan zararlarni undirish toʻgʻrisida Tahririyat rahbariga nisbatan daʼvo taqdim etish;
bosma mahsulotning qonunchilik hujjatlari talablari va davlat standartlariga mosligini nazorat qilish;
Tahririyatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat muassasalari hamda chet davlatlar oldida himoya qilish;
Tahririyat faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
qonunchilik hujjatlari, ushbu Ustav, shuningdek Muassislar vakolatlari doirasida Tahririyat faoliyatini boshqarishda ishtirok etish;
Tahririyatdan oʻz vazifalarining lozim darajada bajarilishini, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining hamda ular organlarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini hamda matbuotda eʼlon qilish uchun moʻljallangan materiallarni belgilangan muddatlarda chop etilishini talab qilish.
Muassislar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
14. Muassislar:
Tahririyat bilan shartnoma tuzishi;
Tahririyat tomonidan ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashi;
Tahririyat bosh muharririni tayinlashi, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq u bilan mehnat shartnomasi tuzishi;
Tahririyatning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan belgilangan tartibda tekshirishlar va audit oʻtkazilishini, nazorat olib borilishini taʼminlashi;
Tahririyatga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning lozim darajada saqlanishini nazorat qilishi shart.
Muassislar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Tahririyatning huquqlari va majburiyatlari
15. Tahririyat oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
axborotni izlash, olish va tarqatish;
axborot olish uchun davlat organlari va tashkilotlariga, xoʻjalik birlashmalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, jamoat birlashmalariga, boshqa tashkilotlarga murojaat qilish;
eʼlon qilishga tayyorlangan materiallarni tekshirish uchun vakolatli tashkilotlarga va mutaxassis ekspertlarga murojaat qilish;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;
axborot, reklama, dizayn, matbaa xizmatlarini koʻrsatish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etish;
Muassislar bilan kelishgan holda mol-mulkni tasarruf etish, bunda bino va inshootlar (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar), shuningdek davlat muassasasiga tegishli aksiyalar (ulushlar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilangan tartibda sotiladi;
gazetani chiqarish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
oʻz foydasining bir qismini Tahririyat faoliyatini rivojlantirishga hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga belgilangan tartibda yoʻnaltirish.
Tahririyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Tahririyat:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
gazetadagi maqolalarning mazmunan yuksak saviyali va maʼnosi tushunarli boʻlishini, dolzarbligini taʼminlashi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining hamda ular organlarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, shuningdek ularning faoliyatini yorituvchi boshqa materiallarni bepul eʼlon qilishi;
Muassislarga Tahririyatning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etishi;
tasarrufidagi mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning lozim darajada saqlanishini taʼminlashi shart.
Tahririyat zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
17. Tahririyat oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi.
Tahririyat Muassislarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
5-bob. Tahririyat faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash tartibi
18. Tahririyatning mol-mulki:
Tahririyatga operativ boshqarish huquqi asosida berilgan mol-mulk;
Tahririyatning oʻz faoliyatidan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
19. Tahririyat mol-mulkining qiymati Tahririyatning balansida aks ettiriladi.
20. Tahririyat mol-mulki boʻlinmas boʻlib, u kiritilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʻyicha, shu jumladan Tahririyat xodimlari oʻrtasida ham taqsimlanmaydi.
21. Tahririyatning asosiy vositalarini sotish, ularni ijaraga berish Muassislar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Tahririyat rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.
22. Tahririyatni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda budjet mablagʻlari mazkur tahririyatlarning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi.
23. Tahririyat xodimlarining ish haqi mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida “Nurli jol” gazetasi tahririyati” va “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
24. Tahririyat xodimlarini boshqa tushumlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish Tahririyatning jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat shartnomasi asosida amalga oshiradi.
6-bob. Tahririyatning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi
25. Joriy masalalarni va istiqbolga moʻljallangan vazifalarni hal etish uchun tahrir hayʼati tuziladi. Tahrir hayʼati tarkibiga bosh muharrir, Muassislar vakillari, bosh muharrir oʻrinbosari, masʼul kotib, yetakchi boʻlimlarning muharrirlari, jurnalistlar va jamoatchilik vakillari kiradi. Tahrir hayʼatining shaxsiy tarkibi va aʼzolari soni Muassislar bilan kelishilgan holda bosh muharrir tomonidan tasdiqlanadi.
26. Tahririyatga bosh muharrir boshchilik qiladi. Bosh muharrir Muassislar qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh muharrir oʻrinbosari hamda masʼul kotib Muassislar bilan kelishgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bosh muharrirning buyrugʻi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh muharrir, uning oʻrinbosarlari va masʼul kotib Tahririyatning boshqaruv xodimlari hisoblanadi.
27. Bosh muharrir Muassislar oldida Tahririyat faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
28. Bosh muharrir oʻz vakolatlari doirasida:
oʻz oʻrinbosarlarini hamda masʼul kotibni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalasi boʻyicha Muassislarga takliflar kiritadi;
Tahririyat oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, tahrir hayʼati va Tahririyat mehnat jamoasi ishiga boshchilik qiladi, Tahririyat nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatadi, buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Tahririyat xodimlarining lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
29. Bosh muharrir oʻz vakolatlarini va mansab vazifalarini bajarishda Tahririyat manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar, xodimlarning ish haqi va ish haqiga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishini, mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan qonuniy talablarning qanoatlantirilishini, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq ehtiyojlar uchun pul mablagʻlari oʻtkazilishini taʼminlaydi.
30. Bosh muharrir oʻz harakatlari (harakatsizligi) uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
31. Bosh muharrir vaqtincha yoʻqligida oʻrinbosari uning vazifasini bajarib turadi.
7-bob. Tahririyat xodimlari
32. Tahririyat shtatida turgan, materiallarni toʻplash, tahrir va tahlil qilish, tayyorlash bilan shugʻullanuvchi ijodiy xodimlar, shuningdek texnik va xizmat koʻrsatuvchi personal Tahririyat xodimlari hisoblanadi.
33. Tahririyat xodimlari tarkibiga kiruvchi ijodiy xodimlarga bosh muharrir, uning oʻrinbosarlari, masʼul kotib, boʻlim muharrirlari, sharhlovchilar, oʻz muxbirlari va katta muxbirlar, muxbirlar, fotomuxbir hamda tarjimonlar, reklama boʻlimi va veb-sayt xodimlari kiradi.
34. Tahririyat jamoasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, ushbu Ustav, jamoa shartnomasi talablari asosida, ichki mehnat tartibi qoidalari va lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tartibga solinadi.
Tahririyat xodimlariga yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
35. Tahririyat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shakli, tizimi, miqdori, shuningdek qalam haqi miqdori tahririyat tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
8-bob. Gazetaning chiqarilishini toʻxtatib turish yoki tugatish tartibi
36. Gazetaning chiqarilishini toʻxtatib turish yoki tugatish “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
9-bob. Tahririyat faoliyatini nazorat qilish
37. Tahririyat hisobot davri tugagach, vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va roʻyxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Tahririyat hujjatlarning saqlanishini va ularning belgilangan tartibda davlat arxiviga saqlash uchun topshirilishini taʼminlaydi.
38. Tahririyatning xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatidagi faoliyatini nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Muassislar va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Tahririyatni qayta tashkil etish yoki tugatish
39. Tahririyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq Muassislar qaroriga koʻra qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
40. Tahririyat tugatilganda uning pul mablagʻlari, mol-mulki va boshqa aktivlari kreditorlar bilan barcha hisob-kitoblar qilinganidan soʻng belgilangan tartibda Muassislar tasarrufiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi 1596-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi KQ-285-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 816-sonli qaroriga 2-ILOVA
“Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining (bundan buyon matnda Tahririyat deb yuritiladi) huquqiy maqomini, asosiy vazifalarini, Tahririyat muassislarining hamda Tahririyatning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, Tahririyat faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tahririyatning muassislari (bundan buyon matnda Muassislar deb yuritiladi) hisoblanadi.
3. Tahririyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
4. Tahririyat oʻziga operativ boshqarish huquqi asosida berilgan davlat mulki asosida tashkil etilgan davlat muassasasidir. Tahririyat oʻziga berilgan mulkdan qonunga, oʻz faoliyatining maqsadlari va vazifalariga, Muassislar topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qiladi, foydalanadi hamda uni tasarruf etadi.
5. Tahririyat yuridik shaxs boʻlib, oʻziga operativ boshqarish uchun berilgan mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisobvaragʻiga, shu jumladan valyuta hisobvaragʻiga, oʻz ramzi va logotiplariga, shtamplari va blankalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻzining toʻliq rasmiy nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
6. Tahririyatning rasmiy nomi:
oʻzbek tilida — “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi;
tojik tilida — Korxonai davlatii “Idorai roʻznomai “Ovozi tochik”;
rus tilida — Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Redaksiya gazeti “Ovozi tojik”;
ingliz tilida — The state institution “Editorial office of the newspaper “Ovozi tojik”.
7. Tahririyat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz zimmasiga mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlar va majburiyatlar olishga hamda ularni amalga oshirishga haqli, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Tahririyat davlatning boshqa muassasasi muassisi boʻlishga haqli emas.
8. Tahririyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy, 100000.
9. Tahririyatning asosiy faoliyati — “Ovozi tojik” ijtimoiy-siyosiy gazetasini (ommaviy axborot vositasi) chiqarishdan iborat.
10. “Ovozi tojik” gazetasi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy nashr boʻlib, tojik tilida, haftada ikki marta, A-2 bichimida, toʻrt (zarur hollarda, undan ham koʻp) sahifada chop etiladi.
2-bob. Tahririyatning asosiy vazifalari
11. Tahririyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
“Ovozi tojik” gazetasida materiallar chop etish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini xolis yoritish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining hamda ular organlarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, shuningdek ularning majlislari va yigʻilishlariga doir materiallarni chop etish;
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hayotida sodir boʻlayotgan demokratik oʻzgarishlar, islohotlar va yangilanishlar, dunyoda yuz berayotgan yangiliklar hamda voqealarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvchi materiallar hamda axborotlarni muntazam chop qilib borish.
12. Tahririyat oʻz asosiy vazifalariga muvofiq:
maqolalar va axborotlarning yuksak professional darajada tayyorlanishini, ularning xolisligi va toʻgʻriligini taʼminlaydi;
tarixiy, umuminsoniy, maʼnaviy, madaniy qadriyatlarga, milliy anʼanalarga qiziqish oʻsib borayotgani munosabati bilan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va yoʻnalishlarini keng yoritib boradi;
adabiy-badiiy ilovalar, albomlar chiqaradi, yuridik va jismoniy shaxslarning reklama hamda eʼlonlarini belgilangan tartibda eʼlon qiladi;
ijodiy jamoada qulay ish sharoitlarini yaratadi, xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan texnika vositalari va boshqa jihozlar bilan taʼminlaydi;
mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlaydi;
xodimlarning ijodiy muvaffaqiyatlarini maʼnaviy va moddiy jihatdan ragʻbatlantirib boradi, ularning kasbiy mahoratini oshirishga koʻmaklashadi, turmush sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
3-bob. Muassislarning huquqlari va majburiyatlari
13. Muassislar quyidagi huquqlarga ega:
Tahririyat faoliyatining turlari, maqsadi va predmetini belgilash;
Tahririyatning tuzilmasini va shtatlar jadvalini tasdiqlash;
Tahririyatning Ustavini tasdiqlash;
Bosh muharrir oʻrinbosari va masʼul kotibni tayinlashga rozilik berish masalasini koʻrib chiqish;
Tahririyat bosh muharriri bilan tuzilgan shartnomani mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin bekor qilish;
Tahririyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatuvchini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mulk bilan bogʻliq bitimlarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish;
Tahririyatga mol-mulkni tasarruf etish uchun ruxsat berish;
Tahririyatning ortiqcha yoki foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish yoki tasarruf etish;
Tahririyatga yetkazilgan zararlarni undirish toʻgʻrisida Tahririyat rahbariga nisbatan daʼvo taqdim etish;
bosma mahsulotning qonunchilik hujjatlari talablari va davlat standartlariga mosligini nazorat qilish;
Tahririyatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat muassasalari hamda chet davlatlar oldida himoya qilish;
Tahririyat faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
qonunchilik hujjatlari, ushbu Ustav, shuningdek Muassislar vakolatlari doirasida Tahririyat faoliyatini boshqarishda ishtirok etish;
Tahririyatdan oʻz vazifalarining lozim darajada bajarilishini, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining hamda ular organlarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini hamda matbuotda eʼlon qilish uchun moʻljallangan materiallarni belgilangan muddatlarda chop etilishini talab qilish.
Muassislar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
14. Muassislar:
Tahririyat bilan shartnoma tuzishi;
Tahririyat tomonidan ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashi;
Tahririyat bosh muharririni tayinlashi, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq u bilan mehnat shartnomasi tuzishi;
Tahririyatning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan belgilangan tartibda tekshirishlar va audit oʻtkazilishini, nazorat olib borilishini taʼminlashi;
Tahririyatga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning lozim darajada saqlanishini nazorat qilishi shart.
Muassislar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Tahririyatning huquqlari va majburiyatlari
15. Tahririyat oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
axborotni izlash, olish va tarqatish;
axborot olish uchun davlat organlari va tashkilotlariga, xoʻjalik birlashmalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, jamoat birlashmalariga, boshqa tashkilotlarga murojaat qilish;
eʼlon qilishga tayyorlangan materiallarni tekshirish uchun vakolatli tashkilotlarga va mutaxassis ekspertlarga murojaat qilish;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;
axborot, reklama, dizayn, matbaa xizmatlarini koʻrsatish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etish;
Muassislar bilan kelishgan holda mol-mulkni tasarruf etish, bunda bino va inshootlar (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar), shuningdek davlat muassasasiga tegishli aksiyalar (ulushlar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilangan tartibda sotiladi;
gazetani chiqarish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
oʻz foydasining bir qismini Tahririyat faoliyatini rivojlantirishga hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga belgilangan tartibda yoʻnaltirish.
Tahririyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Tahririyat:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
gazetadagi maqolalarning mazmunan yuksak saviyali va maʼnosi tushunarli boʻlishini, dolzarbligini taʼminlashi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining hamda ular organlarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, shuningdek ularning faoliyatini yorituvchi boshqa materiallarni bepul eʼlon qilishi;
Muassislarga Tahririyatning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etishi;
tasarrufidagi mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning lozim darajada saqlanishini ma taʼminlashi shart.
Tahririyat zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
17. Tahririyat oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi.
Tahririyat Muassislarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
5-bob. Tahririyat faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash tartibi
18. Tahririyatning mol-mulki:
Tahririyatga operativ boshqarish huquqi asosida berilgan mol-mulk;
Tahririyatning oʻz faoliyatidan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
19. Tahririyat mol-mulkining qiymati Tahririyatning balansida aks ettiriladi.
20. Tahririyat mol-mulki boʻlinmas boʻlib, u kiritilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʻyicha, shu jumladan Tahririyat xodimlari oʻrtasida ham taqsimlanmaydi.
21. Tahririyatning asosiy vositalarini sotish, ularni ijaraga berish Muassislar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Tahririyat rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.
22. Tahririyatni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda budjet mablagʻlari mazkur tahririyatlarning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi.
23. Tahririyat xodimlarining ish haqi mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida “Nurli jol” gazetasi tahririyati” va “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
24. Tahririyat xodimlarini boshqa tushumlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish Tahririyatning jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat shartnomasi asosida amalga oshiradi.
6-bob. Tahririyatning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi
25. Joriy masalalarni va istiqbolga moʻljallangan vazifalarni hal etish uchun tahrir hayʼati tuziladi. Tahrir hayʼati tarkibiga bosh muharrir, Muassislar vakillari, bosh muharrir oʻrinbosari, masʼul kotib, yetakchi boʻlimlarning muharrirlari, jurnalistlar va jamoatchilik vakillari kiradi. Tahrir hayʼatining shaxsiy tarkibi va aʼzolari soni Muassislar bilan kelishilgan holda bosh muharrir tomonidan tasdiqlanadi.
26. Tahririyatga bosh muharrir boshchilik qiladi. Bosh muharrir Muassislar qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh muharrir oʻrinbosari hamda masʼul kotib Muassislar bilan kelishgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bosh muharrirning buyrugʻi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh muharrir, uning oʻrinbosarlari va masʼul kotib Tahririyatning boshqaruv xodimlari hisoblanadi.
27. Bosh muharrir Muassislar oldida Tahririyat faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
28. Bosh muharrir oʻz vakolatlari doirasida:
oʻz oʻrinbosarlarini hamda masʼul kotibni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalasi boʻyicha Muassislarga takliflar kiritadi;
Tahririyat oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, tahrir hayʼati va Tahririyat mehnat jamoasi ishiga boshchilik qiladi, Tahririyat nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatadi, buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Tahririyat xodimlarining lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
29. Bosh muharrir oʻz vakolatlarini va mansab vazifalarini bajarishda Tahririyat manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar, xodimlarning ish haqi va ish haqiga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishini, mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan qonuniy talablarning qanoatlantirilishini, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq ehtiyojlar uchun pul mablagʻlari oʻtkazilishini taʼminlaydi.
30. Bosh muharrir oʻz harakatlari (harakatsizligi) uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
31. Bosh muharrir vaqtincha yoʻqligida oʻrinbosari uning vazifasini bajarib turadi.
7-bob. Tahririyat xodimlari
32. Tahririyat shtatida turgan, materiallarni toʻplash, tahrir va tahlil qilish, tayyorlash bilan shugʻullanuvchi ijodiy xodimlar, shuningdek texnik va xizmat koʻrsatuvchi personal Tahririyat xodimlari hisoblanadi.
33. Tahririyat xodimlari tarkibiga kiruvchi ijodiy xodimlarga bosh muharrir, uning oʻrinbosarlari, masʼul kotib, boʻlim muharrirlari, sharhlovchilar, oʻz muxbirlari va katta muxbirlar, muxbirlar, fotomuxbir hamda tarjimonlar, reklama boʻlimi va veb-sayt xodimlari kiradi.
34. Tahririyat jamoasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, ushbu Ustav, jamoa shartnomasi talablari asosida, ichki mehnat tartibi qoidalari va lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tartibga solinadi.
Tahririyat xodimlariga yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
35. Tahririyat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shakli, tizimi, miqdori, shuningdek qalam haqi miqdori tahririyat tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
8-bob. Gazetaning chiqarilishini toʻxtatib turish yoki tugatish tartibi
36. Gazetaning chiqarilishini toʻxtatib turish yoki tugatish “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
9-bob. Tahririyat faoliyatini nazorat qilish
37. Tahririyat hisobot davri tugagach, vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va roʻyxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Tahririyat hujjatlarning saqlanishini va ularning belgilangan tartibda davlat arxiviga saqlash uchun topshirilishini taʼminlaydi.
38. Tahririyatning xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatidagi faoliyatini nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Muassislar va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Tahririyatni qayta tashkil etish yoki tugatish
39. Tahririyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq Muassislar qaroriga koʻra qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
40. Tahririyat tugatilganda uning pul mablagʻlari, mol-mulki va boshqa aktivlari kreditorlar bilan barcha hisob-kitoblar qilinganidan soʻng belgilangan tartibda Muassislar tasarrufiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi 1596-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi KQ-285-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 816-sonli qaroriga 3-ILOVA
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining
TUZILMASI
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 31 nafar,
shundan boshqaruv xodimlari soni — 4 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi 1596-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi KQ-285-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 816-sonli qaroriga 4-ILOVA
“Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasining
TUZILMASI
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 35 nafar,
shundan boshqaruv xodimlari soni — 4 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi 1596-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi KQ-285-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 816-sonli qaroriga 5-ILOVA
“Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi xodimlarining shtat jadvali hamda mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Izoh.
Mazkur shtat jadvaliga kiritilmagan tahririyatning boshqa ijodiy xodimlari mehnatiga haq toʻlash musahhih lavozimi mehnatiga haq toʻlash shartlariga tenglashtiriladi.
* Haydovchining mehnatiga haq toʻlash razryadi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi 1596-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-dekabrdagi KQ-285-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 816-sonli qaroriga 6-ILOVA
“Ovozi tojik” gazetasi tahririyati” davlat muassasasi xodimlarining shtat jadvali hamda mehnatiga haq toʻlash