Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida (3737-son)
27.12.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3737]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor B. YULDASHEV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-dekabr,
7-son
Kelishildi:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2025-yil 17-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2025-yil 19-dekabrdagi 7-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar
I boʻlim. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha INDIKATORLAR
Izoh:
1) mezonlarni majburiy va umumiy turlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
2) majburiy va umumiy indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi;
3) majburiy va umumiy indikatorlar boʻyicha mezonni baholash mazkur izohning 4-kichik bandining talablarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda aniqlanadi:
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq”;
50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “qisman muvofiq”;
50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
4) mezon tarkibidagi mavjud majburiy indikator (majburiy indikatorlardan biri) “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
5) indikatorlarda nazarda tutilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarini (tartib, nizom, qoidalar, chora-tadbir rejasi, monitoring va tahlil natijalari) birlashtirish (unifikatsiya qilish) mumkin;
6) *majburiy indikatorlar;
**faqat amaldagi taʼlim dasturlari uchun foydalaniladigan umumiy indikatorlar.
II boʻlim. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha INDIKATORLAR
Izoh:
1) mezonlarni majburiy va umumiy turlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
2) majburiy va umumiy indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi;
3) majburiy va umumiy indikatorlar boʻyicha mezonni baholash mazkur izohning 4-kichik bandining talablarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda aniqlanadi:
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq”;
50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “qisman muvofiq”;
50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
4) mezon tarkibidagi mavjud majburiy indikator (majburiy indikatorlardan biri) “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
5) indikatorlarda nazarda tutilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarini (tartib, nizom, qoidalar, chora-tadbirlar rejasi, monitoring, tahlil natijalari) birlashtirish (unifikatsiya qilish) mumkin;
6) *majburiy indikatorlar.
