5-modda. Respublika budjetining daromadlari prognozi va xarajatlari
2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-1105-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
2026-yil uchun respublika budjetining daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2026-yil uchun birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, sud va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga soliqlar, davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, maʼmuriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablagʻlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika budjetiga oʻtkazilishi mumkin.
