“351-modda. Tezkor xulosa
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1107-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari ijrosining choraklik hisobotlarini Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi va boshqa elektron manbalardan olingan statistik, moliyaviy hamda boshqa maʼlumotlarni oʻrganish asosida Hisob palatasi tezkor xulosa tayyorlaydi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-aprelda qabul qilingan “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-836-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 10, 1081-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) 36-moddasining toʻrtinchi qismiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-982-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 10, 1081-modda) 39-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasini Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi”;
ikkinchi — oʻn ikkinchi qismlar tegishincha uchinchi — oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 5-moddasi 5-bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etish shakllarini ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin olti oy ichida belgilasin;
ushbu Qonun 5-moddasi 5-bandining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish shakllarini ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin olti oy ichida belgilasin;
