“175-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1107-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari oʻz vakolatlari doirasida”;
ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
105) 177-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“davlat xaridlari boʻyicha tender (tanlov) savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi;
hisobot yili yakunlari boʻyicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi”;
106) 187-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha ijro etish navbatlariga rioya qilmaslik”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
107) 190-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
