“134-modda. Budjetlararo transfertlar”; — Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1107-son)
“134-modda. Budjetlararo transfertlar”;
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1107-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning” degan soʻzlar “soliqlarning, yigʻimlarning, davlat bojlarining va soliq boʻlmagan toʻlovlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Budjetlararo transfertlarni moliyalashtirish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, ushbu mablagʻlar oʻtkazib berilgan budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlarini shakllantirish manbasi hisoblanmaydi.
Budjetlararo transfertlar tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi, ularning hisobi alohida yuritiladi hamda ular Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi.
Budjetlararo transfertlarni hisobga olish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari va xarajatlarida alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettirilgan holda amalga oshiriladi”;
uchinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
oltinchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
71) 136-moddaning:
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
72) 138-moddaning uchinchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
73) 140-moddaning:
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — tegishli moliya yili yakunigacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda hamda bir moliya yilidan ortiq muddatga yillik ikki foizli miqdorda beriladi”;
beshinchi qismidagi “Moliya vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “hududiy moliya organlari va davlat soliq boshqarmalari” degan soʻzlar “hududiy iqtisodiyot va moliya organlari hamda soliq boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi qismidagi “moliya organi va budjet ssudasini oluvchi moliya organi” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organi va budjet ssudasini oluvchi iqtisodiyot va moliya organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma uchinchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
74) 142-modda:
birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari yuqori turuvchi budjetdan ajratiladigan budjetlararo transfertlarni hisobga olgan holda balanslashtirilgan boʻlishi lozim”;
ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi “budjetlar mablagʻlari” degan soʻzlardan keyin “hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining mol-mulki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
75) 143-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan tushgan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi, elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni realizatsiya qilishdan ushbu budjetlarga tushgan mablagʻlar hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan xarajatlar tegishli budjetlarga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi”;
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti daromadlari va xarajatlariga tasdiqlangan budjetlar doirasida uning ijrosi jarayonida qonunchilik hujjatlari asosida oʻzgartirishlar kiritish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olib boriladi”;
76) 145-modda:
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar tarkibida nazarda tutilgan qayta taqsimlanadigan mablagʻlar birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni, shuningdek Davlat maqsadli jamgʻarmalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlarni koʻpaytirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi. Bunda qayta taqsimlangan mablagʻlar hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10 va undan ortiq foiz miqdorda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda;
10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladi”;
77) 147-moddaning ikkinchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
78) 148-moddaning ikkinchi qismidagi “hokimliklarining moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
79) 149-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatiga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
80) 150-modda:
birinchi qismi:
birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasidagi “budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan xarajatlar smetasiga yiliga koʻpi bilan toʻrt marta kiritiladi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tegishli iqtisodiyot va moliya organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar mustasno”;
81) 152-modda quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlar tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanmaydi.
Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy qarz toʻlovlarini moliyalashtirish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish hisobidan amalga oshiriladi hamda tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlarida alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
Davlat qarzining hisobi alohida yuritiladi va Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi”;
82) 154-modda uchinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
83) 155-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
84) 156-modda:
birinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan emissiya qilingan davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini joylashtirishda”;
85) 157-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda ushbu berilgan budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar tegishli hisobotlarda alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi”;
86) 158-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
87) 159-moddaning birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
88) 161-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet hisobi va budjet hisobotining yagona uslubiyati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ushbu Kodeks, budjet hisobining standartlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Budjet hisobining standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“iqtisodiyot va moliya organlari”;
89) 162-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “hisobot” degan soʻz “yillik va choraklik hisobotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
90) 163-modda:
uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya boʻlimlariga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi”;
oʻn birinchi qismidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
91) 164-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlar va shaharlar soliq inspeksiyalari tegishli tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga hisobot davri uchun soliqlar va yigʻimlarning hisoblanishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga hisobot davri uchun soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari va soliq boʻlmagan toʻlovlarning hisoblanishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot davri uchun soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari va soliq boʻlmagan toʻlovlarning hisoblanishi hamda tushumi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Soliqlar, yigʻimlar, davlat boji va soliq boʻlmagan toʻlovlarning hisoblanishi va tushumi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllari hamda ularni taqdim etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar hamda muddatlarda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlarining tushumlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi”;
92) 165-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “134-modda. Budjetlararo transfertlar”; Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1107-son). neolex.uz/uz/laws/law-7953538/134 (lex.uz/docs/-7944412)