Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025-2028-yillarga moʻljallangan dasturining ijrosi, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksiga muvofiqlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida (1462-V-son)
18.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan dasturining ijrosi, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksiga muvofiqlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-noyabr,
1462-V-son
